Потребитель Бухара🇺🇿
48.2K subscribers
69.6K photos
13K videos
155 files
15.1K links
Рекламы и обращения
@Uzpotrebiteladmin
@tahririyati
@Bukharapotrebadmin
☝️ Единственное Сообщество Потребителей в Бухаре. Для грамотных потребителей, будь в курсе новостей и событий. Первый народный !
Группа @potrebitelbukhara_official
Download Telegram
#JARAYON
Buxoro viloyati "Issiqlik manbai" DUK tarkibidagi qozonxonalarni investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda
Jumladan Kogon shahridagi 12 ta ko‘p kvartirali uylar va 2 ta ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik energiyasini yetkazib berayotgan "Hamza" markazlashgan qozonxonasida rekonstruksiya ishlari yakuniga yetgach yana 13 ta ko‘p kvartirali uylardagi 162 ta xonadonni qamrab olish imkoniyati yuzaga keladi. Hozirda bu yerda demontaj ishlari poyoniga yetkazilib, qozonlarning asos poydevorlarini betonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
25 ta ko‘p kvartirali uylar va 500 dan ortiq xonadonlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan Kogon shahar "RK-3" qozonxonasida ham qurilish- montaj ishlari davom etmoqda.
2024/2025 yillar kuz-qish isitish mavsumigacha foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan energiyatejamkor qozonxonalarda jami 10 MVtdan ko‘proq issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib beriladi.