Потребитель Бухара🇺🇿
48.2K subscribers
69.5K photos
12.9K videos
155 files
15.1K links
Рекламы и обращения
@Uzpotrebiteladmin
@tahririyati
@Bukharapotrebadmin
☝️ Единственное Сообщество Потребителей в Бухаре. Для грамотных потребителей, будь в курсе новостей и событий. Первый народный !
Группа @potrebitelbukhara_official
Download Telegram
#JARAYON

Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan "Piridastgir kommunal servis" boshqaruv kompaniyasi xodimlari ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholining talab va takliflarini inobatga olib, yoz oylarida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va hasharotlarga qarshi kurashish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Buxoro shahar bo‘limi hamkorligida ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari va bolalar maydonchalarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqdalar.
#JARAYON

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida ishlab chiqilgan dasturga asosan BSK lar kesimida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minoti tarmoqlarini yuqori suv-havo bosimi ostida yuvish ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan "Gold Rohat Gulira’no" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi xodimlari tomonidan issiqlik tizimi quvurlari va aholi xonadonlaridagi isitish batareyalarini yuqori suv-havo bosimi ostida yuvish barobarida tizimda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar ham bartaraf etilayotganligi viloyatda 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlariga jiddiy kirishilganligidan dalolat beradi.
#JARAYON

So‘nggi yillarda Buxoro shahridagi ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan aholi farzandlarining sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun ko‘p kvartirali uylar oldida zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan ko‘plab bolalar maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hozirgi paytda ana shunday bolalar sport maydonchalarida hududlardagi Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan nazoratdan o‘tkazilib,mavjud kamchiliklarni bartarf etish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan "Buxoro Polizol servis " boshqaruv kompaniyasi tomonidan ham ko‘p kvartirali uylarga yondosh bo‘lgan bolalar o‘yin maydonchalarini bolajonlarning yozgi ta’tili oldidan tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari boo‘lab yuborildi.
@potrebitelbukhara_official
#JARAYON

Buxoro tumanidagi "Galaosiyo" MFY hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklari "New ideal sity" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilishi bilan bir qatorda bu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida o‘rindiqlar o‘rnatib berilmoqda.

@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi farzandlarining sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun so‘nggi yillarda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan ko‘plab bolalar maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hozirgi paytda ana shunday bolalar sport maydonchalari Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan nazoratdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan "Quruvchi SHermuhammadali " boshqaruv kompaniyasi tomonidan ham "Qorovulbozor shohko‘chasi" dagi ko‘p kvartirali uylarga yondosh bo‘lgan bolalar maydonchalarini yozgi ta’til oldidan tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
#JARAYON
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari mutasaddilari hamkorligi va bevosita nazorati ostida joylardagi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklarini ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Peshku tumanining "Navro‘z" ko‘chasida joylashgan 1- ko‘p kvartirali uyning kirish yulaklarini ta’mirlash ishlari "Bentley" Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan nihoyasiga yetkazilmoqda.
@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Buxoro shahrining markaziy ko‘chalaridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Muhammadjon Nozima tamir qurilish" Boshqaruv servis kompaniyasi ma’muriyati aholi murojaatlarini inobatga olgan holda hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan "Mustaqillik" kúchasidagi 82-ko‘p kvartirali uyning kirish yo‘laklariga ham beton qoplamasi yotqizilib ta’mirlanmoqda.
#JARAYON

Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirilgan ma’lum hududlarning obodonligiyu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lari evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar.
Jumladan Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Davronova Malika" boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari tomonidan ham hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, kirish yo‘laklari oldida chiqindi quttilari va o‘rindiqlar o‘rnatib berilayotganligi hudud aholisini mamnun etmoqda.

@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan "Diyora Gulnora Qurilish" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklarini joriy ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratilyapti.
Jumladan M.Torobiy ko‘chasidagi 105-ko‘p kvartirali uyning fasad qismini tamirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, "Zobitlar" ko‘chasida joylashgan 9-ko‘p kvartirali uyning ichki elektr ta’minoti tizimi mukammal ta’mirlandi.
#JARAYON

Romitan tumanidagi A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari oldida fuqarolarning yoz oqshomlarida dam olib, suhbatlashishlari uchun o‘rindiqlar hamda chiqindi quttilarining o‘rnatilishi jarayoni.
#JARAYON

Buxoro tumanidagi "Galaosiyo" MFY hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklari "New ideal sity" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilishi bilan bir qatorda bu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida o‘rindiqlar o‘rnatib berilmoqda.
#JARAYON

Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan aholi farzandlarining sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun viloyatimizda so‘nggi yillarda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan ko‘plab bolalar maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Bolajonlarning yozgi ta’til davomida miriqib hordiq chiqarishlari va sport bilan shug‘ullanishlari uchun hududlardagi Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan sport maydonchalari nazoratdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartarf etish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan "Piridastgir kommunal servis" hamda "Buxoro kommunal servis" boshqaruv kompaniyalari tomonidan ham shahrimizdagi ko‘p kvartirali uylarga yondosh bo‘lgan bolalar maydonchalarini o‘t-o‘lanlardan tozalab tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
#JARAYON

Buxoro shahridagi "Buxoro Tashabbus Servis" Boshqaruv servis kompaniyasi elektrik-xodimlari tomonidan "Piridastgir" ko‘chasidagi 9/8 ko‘p kvartirali uying kirish yo‘laklariga zamonaviy energiyatejamkor tungi yoritgichlar o‘rnatilishi jarayoni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Kogon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Kogon Bunyodkor Kommunal" MCHJ Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan "SHo‘robod " aholi punktida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash, va hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
#JARAYON
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 10-iyun kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida soha mas’ullari oldiga qo‘yilgan aniq vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon va Buxoro shaharlaridagi ko‘p kvartirali uylarni markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi korxonalarda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan joriy yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan Kogon shahridagi "Arabxona" MFY hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi qozonxonalarni rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda issiqlik trassalari quvurlarini energotejamkor penopoliuretan qoplamali quvurlarga almashtirish ishlari viloyat "Issiqlik manbai" DUK mutaxassislari tomonidan jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.


@potrebitel_bukhara
#JARAYON

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 10-iyun kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida soha mas’ullari oldiga bir qator aniq vazifalar belgilab berildi.
Ana shu kechiktirib bo‘lmas vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yanada kuchaytirildi.
Jumladan Romitan tumanidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Aslon Islom qurilish" Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan "Zarafshon" MFY hududidagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi hamda kirish yo‘laklarini joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
#JARAYON

Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Quruvchi Shermuhammadali" Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan "Qorovulbozor" shohko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari oldida yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlar va umuman aholining yozning issiq kunlarida hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlar o‘rnatib berish jarayoni davom etmoqda.
#JARAYON

Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan " Kogon shahridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan "Baxshillo kamoliddin" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklarini joriy ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratilyapti.
Ayniqsa yaqinda Mamalakatimiz Prezidenti tomonidan energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan selektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bu yerda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklarida temir eshiklar o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Hozirda ana shunday kodli temir eshiklar peshma pesh o‘rnatish uchun olib kelinmoqda.
https://t.me/buxorovilujkxkb