Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
875 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_festivali
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

📣“Kitobxonlik festivali” - Farg‘onada

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yil davomida omma o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etib kelinmoqda.

🎉Navbatdagi “Kitobxonlik festivali” 2022-yil 23-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Festival davomida
- kitoblar yarmarkasi,
- ma’naviy-ma’rifiy kecha,
- teatr tomoshalari tashkil etiladi.


🏆Kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar festival kuni tantanali ravishda taqdirlanadilar.

❇️Barchani ushbu kitobxonlik festivaliga taklif qilamiz!!!

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
# Sherobod  tumanidagi
# 15- sonli umumta‘lim  maktabi
#,,ERTAKLAR -YAXSHILIKKA  YETAKLAR"
  Sherobod tumanidagi   15- sonli  umumiy o'rta ta‘lim  maktabida  BOSHLANG‘ICH  SINFLAR  FAN OYLIGI  doirasida bir  qancha ishlar  amalga  oshirilmoqda.
 Maktab  kutubxonasining O‘QUV  ZALIDA  kutubxona  mudirasi D. Bo‘tayeva,  boshchiligida  darsdan  bo‘sh vaqtda  o‘quvchilar  o‘rtasida  ,,ERTAKLAR- YAXSHILIKKA  YETAKLAR  " mavzusida  ma‘naviy- ma‘rifiy  TADBIR  o‘tkazildi .Kutubxonachi  o‘quvchilarga  ERTAK  KITOBLAR va ularning tarbiyaviy  ahamiyati to‘g‘risida  batafsil  ma‘lumotlarni  berib  o‘tdi.O‘quvchilardan Safarova Elmira, Hayitmurodova  Shirin, Hakimova Osiyo, O‘ralov Bunyodbek  va Xudoyorov  Ma‘murjonlar  o‘zlari  o‘qigan  ertaklarini aytib  berishdi  hamda ertak  qahramonlari  obrazlari orqali hayotiy  xulosalar chiqarildi.





#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Maxsus maktab va maktab-internatlarning kutubxonalariga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarorining 1-band, 9-xatboshisi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-sentabr kunidan boshlab Viloyat bolalar kutubxonasining malakali xodimlari tomonidan Sho‘rchi tumanidagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtissoslashtirilgan maktab va maktab-internatlairning kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
✍️"KUN KITOBI"📗📕📘
loyihasi bo"yicha siz aziz
kitobxonlarga Jon Kexo
Nensi Fisherning
Bolalar tafakkur qudrati
nomli kitobini tavsiya etib
qolamiz.
📗📕📘📕📘📗📕📘📗📕📖
Maqsadimiz kitobxon
o'quvchilarni kitobga bo'lgan
qiziqishlarini uyg'otish.
📚Surxondaryo viloyat
Bolalar kutubxonasi kutubxonachisi.
M. Kobulova.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktab kutubxonalarida kitobsevarlar to'garagi

📝Viloyatdagi maktab kutubxonalarida "Kitobsevarlar" to'garagi faoliyat yuritmoqda to'garak a'zolari maktabdan tashqari bo'sh vaqtlarida kutubxonaga kelib kitob mutolaasi, she'rxonlik va boshqa adabiy badiiy tadbirlar bilan fikr almashmoqdalar

Uzun tumanidagi 14-sonli umumiy òrta ta'lim maktabining zukko kitobxon òquvchisi "Kitobsevarlar" to'garagining a'zosi Xidirova Nargiza ijodidan parcha


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#o'quvchi yoshlar o'rtasida kitob mutolaasi qanchalik muhim

Viloyatdagi maktab o'quvchilari o'rtasida yoshlar bo'sh vaqtida kutubxonadan unumli foydalanish va kitob mutolaa qilishi haqida davra suhbati bo'lib o'tdi




#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
# Kitobsevarlar to'garagining faoliyatidan fotolavha

Muzrabot tumanidagi 55-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi kutubxonasida Kitobsevarlar klubi a'zolari 7-sinf o‘quvchi yoshlari bilan yangi kelgan rus adabiyoti adiblari asarlarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook