Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
875 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#maktablarda Kitob_yarmarkasi

Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim muassasalarida 2022 yilning  16-30 sentabr kunlari davomida kitob ko‘rgazmalari tashkil etilib kelinmoqda.

📚Ushbu kitob ko‘rgazmalarini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ommaviy kitobxonlikka jalb qilishdir.

❇️Tadbir doirasida, kitobxonlar mashhur asarlar va ularning mualliflari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, yoshlarni mutolaaga jalb qilish, kitobga, bilim olishga intilishlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida  qiziqarli adabiy tadbirlar tashkil etilmoqda.


Sherobod tumanidagi 38-umumta'lim maktabida 27-sentabr kuni ota-onalar va o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish,hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning 4-yo'nalishi doirasida "Kitob yarmarkasi o'tkazildi.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Amaliy-seminar
#kutubxonachiga yordam

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining  xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 12,15, 26-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonalarining ish faoliyati o'rganilmoqda.

📚Har bir maktab kutubxonasiga borilib mutaxassislar ishtirokida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda kutubxona sohasidagi yangiliklar haqida tushuncha va kerakli uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.           
                                     
#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi
1 Oktyabr- "Ustoz va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami bilan qutlaydi.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#maktablarda Kitob_yarmarkasi

Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim muassasalarida 2022 yilning  16-30 sentabr kunlari davomida kitob ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

📚Ushbu kitob ko‘rgazmalarini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ommaviy kitobxonlikka jalb qilishdir.


Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Xalq taʼlim boʻlimiga qarashli  44-sonli umumtaʼlim maktabida 2022 yil 26-sentyabr kuni oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish,hamda  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  beshta muhim  tashabbusning 4-yoʻnalishi doirasida  "Kitob yarmarkasi" oʻtkazildi.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

📚KITOBXON O‘QUVCHILAR TAQDIRLANDI

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faollar zalida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida "Yoz-2022" ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodkor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Yil hikoyasi”, “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri”, “Eng iste’dodli kitobxon” va “Mustaqillik madhi-bolalar ijodida” kabi mavzularda o‘tkazilgan 10 ta ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandi.

San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi. Ushbu taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib, unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
"Eng yaxshi kitobxon harbiy oila" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi...

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi janubiy operativ qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyati, kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy merosini, ularning noyob asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish uchun Janubi-G‘arbiy maxsus okrugi harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan kutubxonachilar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” ko‘rik tanlovi okrug bosqichi Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosida bo‘lib o‘tdi.



#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |