Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
878 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

📚KITOBXON O‘QUVCHILAR TAQDIRLANDI

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faollar zalida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida "Yoz-2022" ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodkor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Yil hikoyasi”, “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri”, “Eng iste’dodli kitobxon” va “Mustaqillik madhi-bolalar ijodida” kabi mavzularda o‘tkazilgan 10 ta ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandi.

San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi. Ushbu taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib, unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
"Eng yaxshi kitobxon harbiy oila" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi...

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi janubiy operativ qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyati, kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy merosini, ularning noyob asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish uchun Janubi-G‘arbiy maxsus okrugi harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan kutubxonachilar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” ko‘rik tanlovi okrug bosqichi Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosida bo‘lib o‘tdi.



#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
"Eng yaxshi kutubxonachi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi...

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi janubiy operativ qo‘mondonligi bilan hamkorlikda kitob targ‘ibotchilari, xususan kutubxonachilar va ular faoliyatining samaradorligini oshirish, kasbiy bilimlarini rivojlantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi qo‘shinlarda mafkuraviy ishlar yo‘nalishida tanlovlar o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 386-buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Janubi-G‘arbiy maxsus okrugi harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan kutubxonachilar o‘rtasida “Eng yaxshi kutubxonachi” ko‘rik tanlovi okrug bosqichi Termiz shahridagi "Yoshlar markazi" binosida bo‘lib o‘tdi.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |