Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
879 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Sherobod tumanida "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman  bosqichi o‘tkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi tashkil etildi. Sherobod tumanida tanlovning tuman bosqichi  2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

"Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman  bosqichida 6-7-8-sinflar o‘rtasida faxrli I o‘rinni 58-sonli umumta’lim maktabining VII sinf o‘quvchisi Sharofiddin Jamg‘irov, II o‘rinni 37-sonli umumta’lim maktabining VIII sinf o‘quvchisi F.Fayzullayeva, III o‘rinni 14-sonli umumta’lim maktabining VIII sinf o‘quvchisi X.Hasanova egalladi.

"Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman  bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib va faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga tuman MMTB boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube
Forwarded from Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal| (GAVHAR JUMAYEVA I MATBUOT KOTIBI)
Jadidlar izidan

Bugun Angor tumanida "Jadidlar izidan" respublika koʻrik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda 6-8-sinf hamda 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Yakunda gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovgʻalar topshirildi.

Har ikki yo‘nalish bo‘yicha tuman bosqichida g‘olib deb topilgan o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

➡️Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter