Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
868 subscribers
26.2K photos
2.12K videos
13 files
4.5K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyatidagi_Umumiy òrta ta'lim maktab _kutubxonalarida_tadbir

Muzrabot tumani   21-46 umumiy òrta ta'lim maktablari òrtasida   5 tashabbus olimpiadasida sportning shaxmat-shashka bellashuvi turidan lavhalar.

Shu bilan birgalikda Maktab kutubxonalarida o'quvchi yoshlar ishtirokida tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

Telegram| Facebook|Instagram |
Forwarded from Deleted Account
#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi

Qumqo'rg'on tumani 80-umumiy òrta ta'lim maktab kutubxonasida Yoshlar agentligi tamonidan taqdim etilgan "Jadidlar" nomli adabiyotlar to'plami yuzasidan o'quvchilarga davra suhbat  tashkil etildi.

Shu bilan birgalikda Maktab kutubxonalarida òquvchi yoshlar ishtirokida tadbirlar bòlib òtmoqda.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
📢📢📢DIQQAT, TANLOV!

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Unutmas mening bog‘im” mavzusida insholar tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARI QANDAY

Joriy yilning 10-20-sentabr kunlari quyidagi tartib asosida mavzuga oid insholar qabul qilinadi:

1️⃣ Tanlovda umumta’lim maktablarining 7-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

2️⃣ Insholar 2 varaqdan kam bo‘lmasligi, Times New Roman shriftida, 14 hajmga ega bo‘lishi kerak.

3️⃣ Ishtirokchi A4 formatda #Usmon_Nosir_dillar_kuychisi xeshtegini yozgan holda rasmga tushib ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradi.

4️⃣ Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan rasmi va yozgan inshosini @beshtashabbusbeshkun_botga yuboradi.

5️⃣ Inshoda ishtirokchi yashaydigan viloyat, tuman (shahar), maktab, sinfi hamda ismi-sharifi aniq ko‘rsatilishi shart!

TANLOV G‘OLIBLARI QANDAY ANIQLANADI

Tanlov natijalari 100 ballik tizimda baholanadi:

Asarni to‘liq ochib berilganligi – 30 ballgacha;
Inshoni yozishda so‘z boyligining kengligi – 20 ballgacha;
Inshoda mustaqil ijodiy firklash, dalillar asosida, ravon va grammatik qoidalarga rioya qilinganligi – 20 ballgacha;
Insho mazmuniga adabiy-badiiy, publitsistik va boshqa materiallarning singdirilganligi – 30 ballgacha.

G‘oliblar Tashkiliy qo‘mita tomonidan 2022-yil 15-oktabr sanasida https://t.me/besh_tashabbusuyimizda telegram kanalida e’lon qilinadi.

🎁TANLOV G‘OLIBLARIGA QANDAY MUKOFOTLAR BERILADI

🥇🥈🥉 Tanlovda 1, 2, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Xalq ta’limi vazirligining Maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Quyidagilar taqiqlanadi
1. Tanlovga mos bo‘lmagan ijodiy ishlar.
2. Bitta o‘quvchi tomonidan bir necha insholar.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Amaliy-seminar
#kutubxonachiga yordam

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasining ish faoliyati o'rganilmoqda.

📚Har bir maktab kutubxonasiga borilib mutaxassislar ishtirokida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda kutubxona sohasidagi yangiliklar haqida tushuncha va kerakli uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


| Telegram | Instagram | Facebook |
#Zakovat intellektual turnerining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

Mazkur Zakovat turnerida Termiz tumanidagi 12-IDUMning ThE BEST jamoasi ZAKOVAT intellektual o‘yininig tuman bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo'lishdi.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


| Telegram | Instagram | Facebook |
#Amaliy-seminar
#kutubxonachiga yordam

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining  xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasining ish faoliyati o'rganilmoqda.

📚Har bir maktab kutubxonasiga borilib mutaxassislar ishtirokida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda kutubxona sohasidagi yangiliklar haqida tushuncha va kerakli uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.                                                
| Telegram | Instagram | Facebook |

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
Ҳурматли воҳадошлар ҳамда вилоятимиз меҳмонлари!

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 9 сентябрь кунидан бошлаб вилоятимиздаги маҳалла фуқаролар йиғинларида пойтахтдан ташриф буюрган 160 га яқин таниқли олим ва шоирлар, қўшиқчи санъаткорлар, театр ва кино арбоблари иштирокида “Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз” шиори остида концерт дастурлари, театрлаштирилган томошалар, ижодий учрашувлар, энг сара кинофильмлар намойиши бўлиб ўтмоқда.

Эртага, 14 сентябрь куни соат 19:00 да Термиз шаҳридаги Санъат саройи амфитеатрида ушбу дастурнинг якунига бағишланган гала-концерт бўлиб ўтади.

Унда воҳамизда бўлиб турган 30 га яқин Ўзбекистон халқ артистлари ва хизмат кўрсатган артистлар ҳамда халқимиз кўнглидан жой олган меҳмон санъаткорлар иштирок этишади.

📌Манзил: Ҳаким ат-Термизий шоҳ кўчаси, Термиз шаҳри
Мўлжал: Термиз шаҳридаги Президент мактаби
📍Локация
❗️Кириш 18-30 да тўхтатилади.

Барчаннгизни “Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз” шиори остида бўлиб ўтадиган гала-концерт дастурига таклиф этамиз.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Web-site