Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
868 subscribers
26.2K photos
2.12K videos
13 files
4.5K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#Zakovat intellektual turnerining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

Mazkur Zakovat turnerida Termiz tumanidagi 12-IDUMning ThE BEST jamoasi ZAKOVAT intellektual o‘yininig tuman bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo'lishdi.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


| Telegram | Instagram | Facebook |
#Amaliy-seminar
#kutubxonachiga yordam

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining  xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasining ish faoliyati o'rganilmoqda.

📚Har bir maktab kutubxonasiga borilib mutaxassislar ishtirokida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda kutubxona sohasidagi yangiliklar haqida tushuncha va kerakli uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.                                                
| Telegram | Instagram | Facebook |

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
Ҳурматли воҳадошлар ҳамда вилоятимиз меҳмонлари!

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 9 сентябрь кунидан бошлаб вилоятимиздаги маҳалла фуқаролар йиғинларида пойтахтдан ташриф буюрган 160 га яқин таниқли олим ва шоирлар, қўшиқчи санъаткорлар, театр ва кино арбоблари иштирокида “Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз” шиори остида концерт дастурлари, театрлаштирилган томошалар, ижодий учрашувлар, энг сара кинофильмлар намойиши бўлиб ўтмоқда.

Эртага, 14 сентябрь куни соат 19:00 да Термиз шаҳридаги Санъат саройи амфитеатрида ушбу дастурнинг якунига бағишланган гала-концерт бўлиб ўтади.

Унда воҳамизда бўлиб турган 30 га яқин Ўзбекистон халқ артистлари ва хизмат кўрсатган артистлар ҳамда халқимиз кўнглидан жой олган меҳмон санъаткорлар иштирок этишади.

📌Манзил: Ҳаким ат-Термизий шоҳ кўчаси, Термиз шаҳри
Мўлжал: Термиз шаҳридаги Президент мактаби
📍Локация
❗️Кириш 18-30 да тўхтатилади.

Барчаннгизни “Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз” шиори остида бўлиб ўтадиган гала-концерт дастурига таклиф этамиз.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
#Mànaviyat_festivali

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tayotgan "Ma’naviyat festivali"ning bu galgi manzili 45-umumta’lim maktabi bo'ldi. Toshkent shahridan tashrif buyurgan san’at hamda ma’daniyat xodimlari, aktrisalar hamda O'zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayid ishtirokida aholi vakilari va yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Tadbir doirasida mehmonlar o'quv jarayonlari bilan tanishib maktab fondiga va o'quvchilarga kitoblar jamlanmasi taqdim etdi.

Tadbirda san’at hamda ma’daniyat hodimlari, aktrisalar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Festival ko‘tarinki kayfiyat, bayramona shukuh bilan tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

🍀Кирилча

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

👉 https://t.me/sariosiyohokimligi

Sariosiyo.uz|Facebook|Instagram|YouTube
#Kitob karvoni maktab kutubxonasida

📚Sariosiyo tumaniagi 32-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ahtamqul Karim hamda bir qator ijodkor mehmonlar tashrif buyurishdi.

Maktab oʻquvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

❇️Shoir Sirojiddin Sayyid tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar toʻplami sovg‘a qilindi.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


| Telegram | Instagram | Facebook
TERMIZ ShАHRIDА ZАBАRDАST IJODKOR ShАVKАT RАHMON IJODIGА BАGʼIShLАNGАN IJODIY KEChА TАShKIL ETILDI

📚 Termiz shahar xalq taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida zabardast shoir, mohir tarjimon Shavkat Rahmonning 72 yilligi munosabati bilan "Farzandlar qalbida barhayot shoir" mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirda oʼquvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida keng maʼlumotlarga ega boʼlishdi. Shuningdek, davra suhbatida adibning sheʼrlari, tarjima asarlariga ham toʼxtalib oʼtishdi.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


| Telegram | Instagram | Facebook