Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
875 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyatidagi_Umumiy òrta ta'lim maktab _kutubxonalarida_tadbir


Joriy yilning 17-sentyabr kuni Sherobod tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta'limi maktabida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilaridan 8 ta jamoa g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Savollarga berilgan javoblar adolat mezonlari asosida munosib baholandi.

Shu bilan birgalikda Maktab kutubxonalarida òquvchi yoshlar ishtirokida tadbirlar va zakovat o‘yinlari bo‘lib òtmoqda

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#jarayon

Qumqo'rg'on tumanidagi 1 -sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 1-sinflar uchun audio kitob eshitirish ertalik tashkil etildi.

Kitobxon o'quvchilar bilimli bo'lishni kitobxonlikdan boshlash kerak.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
“O‘zbek tilim-iftixorim”
#Insholar_tanlovi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 10-iyundagi 01-205-sonli chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim-iftixorim” mavzusida respublika insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘quvchilar qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarini uyg‘otish va o‘zbek tilining qadrini yuksaltirishdan iborat.

🗓Insholar ko‘rik-tanlovi Bolalar kutubxonalari mas’ulligida sentabr-oktabr oylari davomida (15-sentabrdan 15-oktabrga qadar) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika) o‘tkaziladi.

Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishing!

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
⚡️ ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ МУЗРАБОТ ТУМАНИДАГИ ЯНА БИР ҚАТОР ТАЪЛИМ МАСКАНЛАРИНИ КЎЗДАН КЕЧИРДИ

⚡️ Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири ўринбосари Ваҳобжон Ражапов тумандаги 2-,14-,25-сонли ҳамда 40-сонли умумтаълим мактабларида бўлиб, ушбу таълим муассасаларидаги ўқув жараёнлари, маънавий-маърифий соҳалар бўйича амалга оширилаётган ишлар, ўқувчилар давомати шунингдек, мактаб кутубхоналаридаги дарсликлар таъминоти ва улардан ўқувчиларнинг фойдаланиши борасида амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишди.

Батафсил:👉

✍🏻Сурхондарё вилоят Халқ таълими бошқармаси Матбуот хизмати

Расмий саҳифаларимиз
Telegram | Facebook | You Tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_festivali
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

📣“Kitobxonlik festivali” - Farg‘onada

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yil davomida omma o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etib kelinmoqda.

🎉Navbatdagi “Kitobxonlik festivali” 2022-yil 23-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Festival davomida
- kitoblar yarmarkasi,
- ma’naviy-ma’rifiy kecha,
- teatr tomoshalari tashkil etiladi.


🏆Kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar festival kuni tantanali ravishda taqdirlanadilar.

❇️Barchani ushbu kitobxonlik festivaliga taklif qilamiz!!!

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site