Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
875 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#maktablarda Kitob_yarmarkasi

Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim muassasalarida 2022 yilning 16-30 sentabr kunlari davomida kitob ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

📚Ushbu kitob ko‘rgazmalarini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ommaviy kitobxonlikka jalb qilishdir.

❇️Tadbir doirasida, kitobxonlar mashhur asarlar va ularning mualliflari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, yoshlarni mutolaaga jalb qilish, kitobga, bilim olishga intilishlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida qiziqarli adabiy tadbirlar tashkil etilmoqda.


Joriy yilning 16-sentyabr kuni Sherobod tumanidagi 67- sonli umumiy òrta ta'lim maktabida. Kitob yarmarkasi tashkil etilib,O'quvchi yoshlar òzlari uchun qiziqarli bòlgan kitoblar bilan tanishmoqda.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Maxsus maktab va maktab-internatlarning kutubxonalariga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarorining 1-band, 9-xatboshisi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-sentabr kunidan boshlab Viloyat bolalar kutubxonasining malakali xodimlari tomonidan Sho‘rchi tumanidagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtissoslashtirilgan maktab va maktab-internatlairning kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.


#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Yosh ijodkorlar_kelajagimiz

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 25-sonli umumiy òrta ta'lim maktabining 4-sinf òquvchisi Qodirova Farangiz òzining   "Yoruģ yòl" she'riy tòplam kitobini Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasiga sovģa qildi.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
Forwarded from Deleted Account
#Zakovat

Surxondaryo viloyati Sherobod tuman 56-IDUM da 2022-yil 19-sentyabr kuni maktabning MMIBDO' hamda  ijodiy madaniy masalalar boʻyicha targ'ibotchisi hamkorligida maktabning 9-10 sinf oʻquvchilaridan tarkib topgan "Everis" va "Tafakkur" jamoalari ishtirokida "Zakovat" intellektual oʻyini o'tkazildi.

#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi 31-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari O.Chorshanbiyeva hamda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha maktab targʻibotchisi M.Choriyeva ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.Mavzu yuzasidan har bir oʻquvchi oʻz fikrlarini bayon etdi.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |