Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
882 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Xalqaro qishloq ayollari kuni

Qumqo‘rg‘on tumanida 15-oktabr-"Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktyori Mehriddin Rahmatov hamda aktrisa Ra’no Shomirzayevalar ishtirok etishdi.

Dastlab, san’atkorlar bilan samimiy suhbat oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shundan soʻng, tadbir kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan monolog, she’r hamda kuy-qoʻshiqlar ayollarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.



Xolida Raxmatullayevna
#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi

  Surxondaryo viloyati Termiz shahar
21-umumiy òrta ta'lim maktabida "Nuroniylarni e'zozlash haftaligi" doirasida davra suhbati bòlib òtdi. Suhbatga "Yurtim jamoli" MFY da yashovchi mehnat faxriylari va onaxonlari taklif qilindi.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi

Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘linmasi tomonidan taklif etilgan "Har haftada bir asar" loyihasi ham o‘quvchilarni kitobga yanada yaqin bo‘lishida xizmat qiladi. Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan "Har haftada bir asar" loyiha kitobxon yoshlar uchun juda quvonchli bo‘ldi. Loyiha nizomiga ko‘ra o‘quvchilar har xafta tavsiya etilgan asarlarni o‘qishadi, hafta ohirida ularning bilimlari sinovlardan o‘tkaziladi.  Loyihaning navbatdagi haftasida Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asarini o‘qish tavsiya etildi. Huddi shu maqsadda Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar asar haqidagi o‘zlarining fiklari bilan o‘rtoqlashishdi. O‘quvchilar tomonidan asar asosida kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |
#maktablarda_tadbir

  Surxondaryo viloyati Termiz shahar
23-umumiy òrta ta'lim maktabida "Til - bebaho xazina kòzgusi" mavzusida tadbir bòlib òtdi.

Jarayondan lavhalar

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

| Telegram | Instagram | Facebook |