Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
881 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram

#Termiz_shahar
#16_maktab
#Jarayon

asarlarning “Audio varianti yozib olindi…”

Ba’zan shunday sharoit bo‘ladiki, kitob o‘qish sevimli mashg‘ulotimiz bo‘lsa-da, mutolaa qilishning imkoni bo‘lmaydi. Ana shunday paytlarda badiiy asarlarning, hikoya va ertaklarning audio, ya’ni ovozli variantini tinglash foyda berib qoladi. Tunda uyqu oldidan, yo‘lda ketayotib va shunga o‘xshash holatlarda quloqchinlarni taqib, butun vujudimiz ila tinglaymiz.
Ana shunday kitobxon tinglovchilarning ko‘ngil istaklarini amalga oshirish maqsadida “Ijod gulshani” to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlarida o‘zbek adiblarining hikoyalari hamda jahon xalq ertaklaridan namunalarning audio varianti yozib olindi.
Yozib olish avvalida to‘garak a’zolariga badiiy asarlarni ta’sirli va tushunarli o‘qish qoidalari tushuntirildi. Quyida ana shunday audio hikoya va ertaklardan namunalar taqdim etamiz.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📱InstagramWeb site