Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasiπŸ“šπŸ“šπŸ“š
882 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#Ustozlar_forumi
#Ochilish_marosimi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bugun Termiz shahridagi 26-maktabda "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida β€œIkkinchi ustozlar milliy forumi” o'tkazildi. Forumda boshqarma xodimlari, shahar va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari boshliqlari, viloyatning barcha hududlaridan o'qituvchilar va boshqalar ishtirok etishdi.

Forumning ochilish marosimida dastlab boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev so'zga chiqib, bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritdi.

Shundan so'ng sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o'qituvchilar, shuningdek, Ispaniyada yosh musiqachilar oβ€˜rtasida o'tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibasi boβ€˜lgan Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf oβ€˜quvchisi Charos Absoatova boshqarma boshlig'i tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube