Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚
878 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
Surxondaryo: ta'lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ayni damda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvlar davomida hududdagi ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, ustozlarni kasbiy rivojlantirish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, Oltinsoy tumani misolida maktablarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kelgusi yillarda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Sherzod Karimov Surxondaryodagi o‘rganish ishlar doirasida Oltinsoy tumanidagi qator ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 30-, 37-, 50-, 42-umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini yaqindan o‘rgandi.

Maktablar jamoasi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda pedagoglar ChSB, BSB baholash tizimlari haqida o’z fikrlarini bildirib, ushbu baholash tizimining foydali jihatlari haqida aytib o’tishdi.

Xususan, ushbu tizim o’quvchilarda kreativlikni shakllantirish barobarida ularning bilimini to’g’ri baholashga yordam berayotganligi hamda o’qituvchilarni o’z ustida ko’proq ishlashiga undayotganligi ta’kidlab o’tildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov ishtirokida 30-maktab faoliyatini o‘rganish davomida ushbu maktab va hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari hamda boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

Oʻzaro muloqotlar davomida taʼlim maskanlari faoliyati, bu yerdagi taʼlim sifatini oshirish va oʻquvchilarning darslarga qiziqishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha oʻqituvchilarning fikrlari bilan ham qiziqdi.

Joriy yilda umumta’lim maktabi bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ta’lim sifatini oshirishda Oltinsoy tumani tajribasini yanada kengaytirish, hamkorlikning mazmunan yanada boyitish, o‘quvchilarga bilim olishi bilan birgalikda xorijiy til, kasb-hunarlarga o‘rgatish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Sariosiyo maktablarida "Kitob marafoni" qizg‘in pallada

🎓Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan umumta'lim maktablarida "Kitob marafonlari" tashkil etilmoqda. Navbatdagi marafon hududdagi 89-maktabda o‘tkazildi.

🔔Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Tojiddin O‘zbekov, ota-onalar, o‘quvchilar va maktab jamoasi ishtirok etdi.

✏️Tadbirda ota-onalar tomonidan maktab kutubxonasini boyitish maqsadida kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

📌Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad maktab kutubxonalari fondini boyitib borish va o‘quvchilar, maktab jamoasi, shuningdek, ota-onalarni kitobxonlikka keng jalb qilishdan iborat.

🌎#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🌐Telegram
▶️You tube
🌐Facebook   Bizni ijtimoiy
🌐Instagram   tarmoqlardan
🌐Web site      kuzating!
📖Bayramga tuhfa: Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi

📍Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining 1972-yilda qurilgan eski binosi o‘rnida joriy yilning iyul oyida mukammal ta'mirlash ishlari boshlangan edi. 1 milliard 455 million so‘m mablag‘ evaziga mazkur kutubxona bugun zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida mazkur ko‘rkam binoning foydalanishga topshirilishi bayramga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i, tuman, shahar hokimlari, nuroniylar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

⭐️Viloyat bolalar kutubxonasi fondi bugungi kunda 105 ming 400 nusxani, elektron adabiyotlar soni 10 ming 520 tani tashkil qiladi. Kutubxonaga joriy yilda 22 ming 400 nafar kitobxon a'zo bo'lgan. Manzilda adabiyotlarni saqlash, ma'lumot va bibliografiya, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish hamda kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo'limlari mavjud.

🔹Telegram   🔹Facebook
🔹Instagram 🔹You tube
📍Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Fotoreportaj: viloyat bolalar kutubxonasi zamonaviy ko‘rinishda

📚Kutubxonada xodimlar va kitobxonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Endilikda bolalar ko‘rkam va shinam xonalarda o‘zlari sevgan kitoblarni mutolaa qilishadi.


🔹Telegram   🔹Facebook
🔹Instagram 🔹You tube
📍Twitter       Veb-sayt