Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasiđź“šđź“šđź“š
878 subscribers
26.2K photos
2.11K videos
13 files
4.49K links
Kitob mutolaasi,
Umr foydasi...!

Kanalimizga obuna bo'ling aziz kitobxonlar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@surxondaryobolalarkutubxonasi
Download Telegram
#TAVALLUDKAR KUN QAHRAMONI#

O'zbekiston va Qoraqalpog'iton xalq artisti Xudoyshukurov Otajon.

Xudoyshukurov Otajon (1944.4.10 – 1994. 22.12) – xonanda; O'zbekiston (1977) va Qoraqalpog'iston (1970) xalq artisti. Ashula aytishni amakisi xonanda Y. Olloshukurovdan o'rgangan, keyingi ustozlari K.Otaniyozov, Nazir qori, J.Bekchonov va boshqalar. 1963 yildan Qoraqalpoq filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar (“Feruz” I-II “, “Xorazm Segohi”, “Bozurgoniy”, “Qo'shchinor”, “Guluzorim”, “Kurd Eshvoyi”, “Samarqand ushshog'i”, “Toshkent irog'i” va boshqalar). Xorazm doston noma (qo'shiq)lari “Najab o'g'lon”, dostonidan “Kimni sevar yorisan”, “Bahrom va Gulandom” dan, “Ayriliq”, “Avazxon” dan “Qalandarim”), kompozitor va bastakorlar asarlari (“Ko'zlaring sening”, “O'zbekistonim”, “Ra'no bo'layin deb”, “Sog'inib keldim” va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq xalq qo'shiqlari o'rin olgan. Xudoyshukurov sozanda (torchi) va o'zi aytadigan (“Mujgonlaring”, “Olamda bir”, “Birinchi muhabbatim” kabi 300 dan ortiq ) qo'shiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. Uning qo'shiqlaridagi ehtiros, shijoat va jo'shqinlik, mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999 yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi o'tkazilmoqda. Ellik qal’a vaTo'rtko'ldagi ko'cha, xiyobon va bog'larga Xudoyshukurov nomi berilgan.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.




Madaniy ommaviy tadbirlar bòlimi:
Madaniyat ishlar bòyicha tashkilotchisi:
Xolida Raxmatullayevna