Muhammad Temur A’zam
2.33K subscribers
499 photos
250 videos
2 files
522 links
Шахсий канал
Download Telegram
Forwarded from Shohruxbek Alibek
Tibbiyot xodimlariga hijob va boshqa diniy liboslarda yurishga taqiq olib tashlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining «Odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlariga «hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish» bo‘yicha taqiq olib tashlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 20-yanvardagi 34-buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlari hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishlari taqiqlangan edi. Ushbu buyruq bekor qilingan.

Eslatish o‘rinli, O‘zbekistonning amaldagi qonunlarida fuqarolarga hijob va boshqa diniy kiyimlarda yurish bo‘yicha cheklovlar mavjud emas.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Forwarded from Shohruxbek Alibek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ro‘molingga oyog‘imni artaman” yohud yangiyerlik “botir” direktor
 

Yangiyer tumanidagi maktablarning biridan kelgan xabarda direktor ro‘molga ochiqchasiga qarshi ekanligini, musulmon bo‘lsa ham sipo-iffatli kiyingan qizlar ko‘ziga yomon ko‘rinishini aytib, bundaylarga tupurishini, ro‘molga oyog‘ini artishini aytmoqda.

Bunday o‘qituvchilarning kamida psixologik sog‘lomligini tekshirish lozim. Bunday maʼnan va aqlan charchagan insonlar jamiyatdagi barqaror muhitga raxna soladi va xalqning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiradi.

Qolaversa, nimaga qonun ustuvorligini taʼminlab, fuqarolarning istak va mayllarini hurmat qilgan o‘qituvchi-sinf rahbari jazolanishi, ishdan olinishi kerak?

Xotima o‘laroq Malayziya, Indoneyziya, Turkiya, BAA hattoki AQSh va Germaniyada ham ro‘molli yoki hijobli ayollar ham jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishyapti, davolashyapti. Ro‘mol ularning faoliyatiga yoki oddiy qilib aytganda bilimini amaliyotda qo‘llashiga to‘sqinlik qilmayapti.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ИСЛОМГА БАҒИШЛАНГАН УМР
Ҳужжатли фильм

Ўзбек халқининг атоқли фарзанди, етук аллома, фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг ибратли ҳаёт йўли ҳақидаги «Исломга бағишланган умр» номли ҳужжатли фильм.

Фильм бутун умрини, куч-қувватини Ислом динига, мўмин-мусулмонларга, эл-юрт тинчлиги, Ватан равнақи йўлида хизмат қилишга бағишлаган буюк олимнинг синов ва машаққатларга тўла шонли ҳаёти ҳақида ҳикоя қилади.

1-қисм

2-қисм
Forwarded from Shohruxbek Alibek
So‘xda bolalarning tarovih namoziga borishini cheklash qonunan xato hisoblanadi

Xalq deputatlari So‘x tumani kengashida tarovih namozlarida 12 yoshga to‘lmagan bolalarni huquqlarini vaqtincha cheklashni Adolat SDPdan saylangan deputat Subhonali Nishonov taklif qilgan. Hamkasbim bilan shaxsan gaplashdim.

Deputatning aslida maqsadi unaqa bo‘lmagani, boshqa mutasaddilar tomonidan ham bosim bo‘lgani aytildi. Masala aslida masjiddan haydash emas, balki faqat tarovih namozidagi huquqini cheklash bo‘lsa ham, qonunan xato hisoblanadi. Hech kim, hech qanaqasiga, hech qaysi huquqni cheklashi mumkin emas.

Bu masalada boshqa dinlarda ham yosh bolalarni ibodatxonalarga olib borish amaliyoti bor. Aynan shu bo‘yicha esingizda bo‘lsa, Tramp ma’muriyati davridagi AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo ham O‘zbekistondagi bolalarning masjidlarga chiqish masalasida inson huquqlarini cheklanishidan xavotirda ekanligini aytgandi. Har qanday kengash qarori mavjud qonunchilikdan ustun bo‘lolmaydi.

Mazkur qaror “Vijdon erkinligi haqida”gi mavjud qonunga zidligi sababli har qanday kengashning qarori mavjud qonundan ustun bo‘la olmaydi. Bugungi kunda qaror amalga tatbiq qilinmay turib bekor bo‘lgani haqida ma’lumotlar chiqmoqda.

Hozirda mahalliy kengash kotibiyatlarida ham ishlar noto‘g‘ri tashkil etilgan. Yuridik savodxonlik juda past. Kengash va kotibiyatni ijro organidan ajratilmas ekan, hamma shunday chalkashib, adashib yuraveradi. Bugun yangi normativ qarorni qoralamasini e-qaror saytiga chiqarilmasa, u qonuniy hisoblanmaydi.

Deputat bilan telefon suhbatimiz yozib olingan bo‘lib, deputat bu taklif uning shaxsiy tashabbusi emas ekanligini taʼkidladi va uning o‘zi ham besh vaqt ibodatda ekanligini, qolaversa bir musulmon sifatida masjidlarda iftorlik marosimlarini tiklaganini ham aytdi.

Biz ham musulmon o‘laroq uning barcha aybini ochishni, sha’niga nomaqbul so‘zlar aytishni istamaymiz.

Ammo har qancha bosim bo‘lsa ham, Konstitutsiya va mavjud qonunchilik muvofiq kelmaydigan qoidani kun tartibiga qo‘ymasligi shart edi.

Biz So‘x tuman hokimligidan qonunga zid bo‘lgan ushbu qaror bekor qilingani yuzasidan tez orada bayonot berilishini kutib qolamiz.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Forwarded from Azon Global | Tezkor
Камолиддин Раббимов 15 суткага қамалди

“Таҳлил” кўрсатувининг ижодкорларидан бири таниқли сиёсатшунос, Azon.uz сайтининг сиёсий эксперти Камолиддин Раббимовдан кеча кеч соат 18:30 лардан буён хабар йўқ. Камолиддин Раббимов келмаганлиги сабабли режалаштирилган “Таҳлил” кўрсатуви ҳам кечиктирилган эди.

Батафсил: https://azon.uz/content/views/46065

© AzonUZ ахборот-таҳлилий портали
Forwarded from Shohruxbek Alibek
Ro‘mol o‘ragan va soqol qo‘yganlarni kamsitish qonun buzilishidir

Bizga Termiz davlat universitetida talaba va o‘qituvchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat audiosi kelib tushdi. Mavzu vijdon erkinligi haqida ekanligi bilan e’tiborga molik.

Munozara davomida o‘qituvchi ham vijdoni borligini, milliy mafkurasi butunligini o‘zining so‘zlarida isbotlayapti. Hatto Rossiya Federatsiyasi, Chechenistonda qizlar ro‘mol bilan darsga qatnayotganligiga hech qanday to‘sqinlik yo‘qligini va havas qilishini aytyapti. Lekin, bu yerda qaysidir rahbar yoki aynan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifat ishlar bo‘yicha prorektorning shu masalalar bo‘yicha  biriktirilganligini, xalqni maʼnaviyat va maʼrifatdan uzoq tutish uchun aslimizga tegishli bo‘lgan ro‘mol yoki bobolarimiz yuziga ko‘rk bag‘ishlagan soqolga qarshi kurashgancha amaliy ish sifatida taʼlimdagi korrupsiya jarayonlariga, darslarning sifatiga, talabalarning maʼnaviyatini boyitishga sarflasa, davlat rahbari aytayotgan 3-renesans qurilishiga asos vazifasini o‘tagan bo‘lar edi.

Taʼbir joiz bo‘lsa, o‘sha yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifat ishlar bo‘yicha prorektor shu masalalar bo‘yicha prorektor qaysi universitetda qaysi talabaning muammolari bilan qiziqdi? Kunday ravshan bo‘lib turgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalari qolib, bugun 10-darajali ham bo‘lmagan, ta’lim sifariga umuman ahamiyati yo‘q ro‘mol va soqol masalasi kun tartibidan sira ham tushmayapti.

Gapning indallosini oladigan bo‘lsak, hech qaysi tashkilotning ichki tartib qoidasi u joylashgan davlatning Konstitutsiyasi tomonidan belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklarni cheklashga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi belgilangan. 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonuni talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy taʼlim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qatʼi nazar taʼmin etiladi.

O‘quvchi va talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash O‘zbekistonning Taʼlim to‘g‘risidagi qonuniga zid hisoblanadi. Chunki “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi Taʼlim olish huquqi deb nomlanadi. Unga ko‘ra, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

Ayol va qizlarning hijob o‘rashi yoki yigitlarning soqol qo‘yishi ularning taʼlim olishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, ular ham boshqalar bilan bir xil bilim olish huquqiga ega.

Yuqorida turgan baʼzi mansabdorlar uchun eslatma: vijdon erkinligi barcha uchun kafolatlangan davlatda insonning tashqi ko‘rinishini har qanday ko‘rinishda tahqirlash qonun buzilishidir.

https://youtu.be/7ZjYLPTITdc
Forwarded from M
#eslatma

Assalomu alaykum!
Bugun Muhammad Temur A’zam bilan suhbatimiz 17:30 da boshlanadi.

Barchangizni suhbatda qatnashishga va savollar yozib qoldirishga chorlaymiz.

🤩 Eng yaxshi savol egasi uchun sovg‘a hozirlab qo‘yganmiz. Faol bo‘ling.

📌 Suhbat ko‘pchilikka manfaatli bo‘lishi uchun yaqinlaringizga ham ulashing!

@ilmistab_tv – ilm istab yo'lga chiqqan loyiha
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

​​​​​​​​​​🕋УМРА Зиёрати🕋

ШОШИЛИНГ!

ҲАЖ МАВСУМИ ЯҚИНЛАШГАНЛИГИ САБАБ ОХИРГИ УМРА ГУРУҲ УЧУН ҚАБУЛ ДАВОМ ЭТЯПТИ.

18 МАЙ, 2022 йил.

14 кунлик.

2300$

🗂Дастурга қуйидагилар киритилган:
✈Авиабилетлар
🧾Виза хизматлари, ЎЗБ ВИЗА
🏨Меҳмонхона:
- «Мадина Руал ҳижро» 4 кун
- «Макка мередиан» 7 кун хоналарда 3-4 кишидан жойлашади
🍽 Швед столда 2 маҳал таом, нонушта ва кечки овқат. Этибор беринг, бу ҳамма килиб берадиган таомланиш эмас.
🚍Транспорт хизматлари;
🧔Йўлбошчи;
🕌Зиёратлар: (Мадина ва Макка)

📜Қабул учун зарурий ҳужжатлар;
- Хорижга чиқиш (загран) паспорт.
- Ковидга: Модерна, Астразенека, Файзр, Жонсон вакцинаси билан эмланганлик ҳужжати.

Энг муҳими, ўз паспортингиз билан хотиржам, хавотирсиз бориб келасиз 😊

Мурожаат учун: 📲
+998901472047
+998902580225
+998936308530

Сурхондарё учун:
+998975502299

👤 Админ: @salaam_uz

🏇Шошилинг!🏇

📍Манзил: Андижон шаҳар, Бобур шох кўчаси, 145-уй. Собиқ ХБК фабрикаси рўпарасида.

Бизга қўшилинг!⤵️
@salaam_travel
Forwarded from Shohruxbek Alibek
Noqonuniy harakatlarni to‘xtatish zarur

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qator faol shaxslarning soqoli olingani aks etgan rasmlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular tuman IIB bo‘limlarida shu ishga majburlangan. Ijrochilar “To‘g‘ri tushuning, bu siyosat. Bizni ham shunga majburlashdi” degani aytilmoqda.

Deputat sifatida shuni aytamanki, bu siyosat emas. Qonunchilikda soqol qo‘yish taqiqlanmagan, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ham soqol qo‘yish har kimning shaxsiy ishi ekanini aytgandi. Demak, bu harakatlar noqoqnuniydir.

Ichki ishlar vazirligi 2019-yilda ham shu kabi tadbirni o‘tkazib, poytaxtdagi Malika savdo markazidagi sotuvchilarning soqolini majburlab oldirgan, vaqt o‘tib mazkur ish xato bo‘lganini mas’ullar ma’lum qilgandi.

Nahot o‘zlari xato deb tab olgan ishdan xulosa qilmadilar? Nahot davlatimiz rahbari yurtimizda ochiqlik siyosati ortga qaytmasligi aytsa ham bu kabi ishlar to‘xtamaydi.

Deylik, o‘sha muayyan soqol qo‘ygan odamning siz diydiyo qilayotgandek ekstrimistik g‘oyasi bor ekan, soqolini qirib tashlaganingiz bilan uning fikri yoki dunyo qarashi o‘nglanib qoladimi? Battar nafrati oshmaydimi?

Xalqaro hamjamiyat ko‘z tikib turgan, inson huquqlari tashkilotlari faoliyati tobora kuchayib borayotgan bir davrda kim bu ishlarga jur’at qilmoqda? Mamlakatimiz obro‘sini to‘kayotganlar kimligini bilishga haqqimiz bordir?

Shu kabi ishlar tepasida turganlar, toki qonunchilikda “soqol o‘stirish taqiqlanadi” degan band (agar shunaqa band paydo bo‘lsa butun dunyo ustimizdan kuladi) yozilmas ekan, noqonuniy harakatlarni to‘xtatinglar. Aybdorlarni ko‘rsatib, yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uzr so‘ranglar. Fuqarolarni bu tarzda tahqirlashga haqli emassiz!

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Айбимиз фақат шуми?

Соқолимиз қирилса «экстремистик» ғоялар миямиздан ўчиб кетадими?

Демократик жамият соқолни қирдириш эвазига қуриладими?

Осмонга учаётган ракета бизнинг соқолимизга илашиб қолиб учмай қолиб кетдими?

Исломофоблар мусулмонларни демократияга тайёр эмасликда айблайдилар. Аслида коммунистлар демократияга тайёр эмас!

P.S. Ушбу постни 2019 йилда ёзган эдим. Ҳамон долзарблиги ачинарли!

Камчиликлар ҳақида ёзганларни «давлат имижини ерга уряпсан» деб айблашни қойиллатасизлар!

Аммо ҳеч қандай ҳуқуқий асоси йўқ бўлган ишни қилиш орқали мамлакатнинг халқаро миқёсдаги обрўсини юксалтиряпман деб ўйласаларинг, хато йўлдасизлар!

Бошқарувга нисбатан ишончсизлик уйғотадиган ишлар қилишни қачон тўхтатасизлар?

@temurazam
🕋УМРА ЗИЁРАТИ🕋

ЖОРИЙ МАВСУМНИНГ ЭНГ СЎНГГИ ГУРУҲИ УЧУН ҚАБУЛ БОШЛАНДИ.
АКЦИЯМИЗ ДАВОМ ЭТАДИ.

ШОШИЛИНГ ВА УЛГУРИБ ҚОЛИНГ!

12 кунлик ❌2150$ эмас

✅2000$ жойлар чегараланган

Учиш санаси 27 МАЙ 2022

🗂Дастурга қуйидагилар киритилган;
✈️Авиабилетлар:
🧾Виза хизматлари, ЎЗБ ВИЗА:
🏨Меҳмонхона:
- Мадина Руал ҳижро 4 кеча
- Макка мередиан 8 кун хоналарда 3-4 кишидан жойлашади
🍽 Швед столда 2 маҳал таом;
🚍Транспорт хизматлари;
🧔Йўлбошчи;
🕌Зиёратлар: (Мадина ва Макка)


📜Қабул учун зарурий ҳужжатлар;
- Хорижга чиқиш (загран) паспорт:
- Ковидга: Модерна, Астразеник.

Ўз паспортингиз билан хавотирсиз бориб келасиз 😊

Мурожаат учун: 📲
+998901472047
+998902580225
+998936308530

Тошкент учун:
+998996026742

Сурхондарё учун:
+998975502299

👤 Админ: @salaam_uz

Шошилинг!🏃‍♂️

📍Манзил:Тошкент Чилонзор 20кв 31-уй 1-хонадон

📍Манзил:Андижон шаҳар, Бобур шох кўчаси, 145-уй. Собиқ ХБК фабрикаси рўпарасида.
Шахсий бренд бу — лафзингиз

Март ойида асосан Самарқандда бўлдим. Онлайн савдо платформасидан ташқари бир хизматни ҳам сотишимиз керак эди.

Ўша хизматни сотиш менга бириктирилди. Хизмат эгаси билан доимий алоқада бўлиб туришим, мижозлар топишим ва музокара ўтказишим зарур эди.

Хизмат дастур бўлгани учун IT йўналишига қизиқувчи йигитлар топиб, уларга платформа ўрнатишни ўргатишимиз кўзда тутилганди.

Шундан кейин Самарқанддан шу ишга қизиқадиган йигитлар топдим. Ўзимнинг танишларим билан боғланиб, мижоз излай бошладим.

Шу билан бирга хизматни водийда ҳам сотиш бўйича иш бошладик. Бир яқин укахоним билан гаплашдим. У дастурни ўрганиб, ўрнатиш билан шуғулланишга рози бўлди.

Самарқандда платформанинг тадимотини ўтказдик. Яхшигина пул сарфланди. Тадбиркорларни йиғдик.

Ўша пайтда ижтимоий тармоқларда бу ҳақда ёзганим сабабли, икки киши менга мурожаат қилди ва хизмат эгаси уларга берган ваъдаларини бажармаганлигини, индамай йўқ бўлиб қолганини айтишди.

Яна бир яқиндан биладиган одам «Бу йигит пул пайдо бўлиши билан ўзгаради, аҳдга вафо қилмайди», деб огоҳлантирди.

Мен ҳамма нарсани келишволдик, муаммо чиқмаса керак деб ўйлаб, ишни давом эттиравердим.

Самарқанддаги тақдимот эълонини яқинларга илтимос қилиб, пуллик каналларида текинга чиқартирдим. Ҳам моддий, ҳам маънавий «вклад» қилинди.

Тақдимот тугагач платформа раҳбари билан гаплашиб, хизмат ўрнатишни йигитларга ўргатиш кераклигини айтдим. У қизиқувчилар Тошкентга борса, ўргатаверишини билдирди.

«19-23 кунлари дам олиш кунлари экан, беш кунда ўргатасизми? Наврўзда уйга кетаман демайсизми», деб сўрадим.

У: «Йўқ, Тошкентда бўламан. 19-санада йигитлар етиб борсин», деди.

Ўша кунга Фарғонадан укахонимни ҳам чақирдим, Самарқанддаги йигитга қўлига йўлкира учун пул бердим. Бир йигит воҳадан, бири водийдан пойтахтга қараб йўлга чиқди.

Хизмат эгасига телефон қилдим. Жавоб бермади. Лекин телеграмда онлайн эди. Ана ҳурмату, мана ҳурмат.

Охири телеграм орқали овозли хабар юбориб, йигитлар Тошкентда эканини айтдим. У эса вилоятдаги уйига кетаётганини, 21-санада ҳамма дам олишини, 22-санадан бошлаб дастурни уларга ўргатишини айтди.

Мен унга «дам олиш кунлари ҳеч қаёққа кетмайман дегандингиз, сизга ишониб мен йигитларни юбордим, шу даражада аҳдлагувга жиддий қарамайсизми», деб жавоб бердим.

Шундан кейин «узр, шунақа бўпқолди, огоҳлантириш ҳам эсимдан чиқибди» деди деб ўйлайсмзми? Қаёқда. Шунчаки узр ҳам сўрамади.

Мен ҳисоблай бошладим: агар 21 март куни кечки пайт Тошкентга қайтса, 22-санадан ўргата бошлайди. Икки кунда ҳам ҳеч бўлмаса бошланғич билимни олишади деган ўйда сабр қилдим. Водийдан келган йигит ўз ҳисобидан, Самарқанддан келган йигит эса бизнинг ҳисобдан яшади.

22 март куни йигитлар билан гаплашдим. «Ваъдабоз» машинасини устага берганини айтиб, кечроқ гаплашамиз дебди. Кечроқ ҳам, эртаси куни ҳам телефонларга жавоб бермаган.

Хуллас йигитларнинг 5 кун умри бекорга ўтди, камига харажат ҳам қилинди.

Ҳеч бўлмаса шу воқеадан кейин «узр ака, шунақа бўпқолди» деди деб ўйлайсизми? Йўқ, у ўзининг платформаси энг зўри эканини айтиш билан банд.

Самарқандда биз тавсия қилган тадбиркорлар дастурни ўрнатмоқчи эканлигини айтиб, бунинг учун кимга алоқага чиқиш кераклигини сўрашди. Мен «у яҳудлардек аҳдга вафо қилмайди, хато қилганда узр ҳам сўрамайди, ўзини ҳақиқий молдек тутади, тавсия қилмайман», деб жавоб бердим.

Биз хатоларда тобланамиз, тажрибамиз ошади. Умримнинг бир қисмида шунақа ваъдабоз, аҳдга вафо қилмайдиган, на мусулмон, на инсоний туйғулардан узоқ бўлган бир нусха билан йўлим кесишиши керак бўлган экан.

Хуллас, дастуримни ароқхона, банк ва кредит уюшмаларига ўрнатмайман деб, ўзи мажбур бўлгандагина намоз ўқийдиган, ибодатига бепарво одамларнинг сохта тақвосига алданишдан паноҳ сўраб қўяверамиз.

P.S. Сарлавҳадаги иқтибос дўстим Хуршидбек Муҳаммадрозиқовга тегишли. Юқоридаги воқеа мисолида бунга яна бир бор амин бўлдим.

@temurazam
40 йилдан кейин.

Корхона директори кадрлар бўлими раҳбари билан ходимлардан бири ҳақида гаплашяпти.

- Мана бу одамни қаранглар, ўзини тутиши ғалати, руҳияти ҳам жойида эмас... Сабабини ўргандингми?

- Ҳақсиз ўртоқ бошлиқ, бунинг сабаби ўрганилди. Хуллас бу ходимимизнинг отаси жуда бой бўлган. Машинаси тонировкали бўлган. Боғчага, мактабга ўша машинада олиб борган. Бу одам атрофни бор ранглари билан кўролмаган... Натижада айни пайтдаги руҳий ҳолати шунақа...

- Отасиям пул топиб ақл топмаган экан! Ўша пайтларда бизнинг машинамизда ҳам тонировка бўларди. ТВда бир ака чиқиб, «бу болаларнинг руҳиятига салбий таъсир қилиши мумкин» деганидан кейин дадам шилиб ташлагандилар... Булар қулоқ солмаган экан, аттанг... Шунақа, олимларнинг қадрига етмай, кейин ғафлатда қоладиган миллатмиз!

@temurazam
Forwarded from Temurbek Adhamov
Hozirgina o'qib qoldim, O'zLiDeP konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish tashabbusi bilan yig'ilish o'tkazibdi.

Iltimos, shu konstitutsiya to'liq ishlashi, qonun va qonunosti hujjatlar ayni konstitutsiyaga muvofiqligi haqida ham gaplashamizmi yoki faqat o'zgartiramizmi?

Juda ko'p dardli masalalarimiz bor, mustaqil sud tizimi eng katta dardimiz deb hisoblayman. Rostini aytaman, shu maqolani ham qo'rqib yozyapman, sud oldida emas, shu gap uchun kim meni so'roq qilar ekan, deb.

Oddiygina misol aytaman, qizlarning ro'molini yechish, ayni ro'moli uchun alohida qaydga olish, maktab yoki universitetda o'qishga kiritmaslik konstitutsiyaga muvofiqmi? Mana shu demokratiya deyiladimi? Iltimos sog'lom aql bilan shu savolimga javob bersangiz? Qaysi mezonga ko'ra buni to'g'ri deb hisoblaysiz?

Bu gaplarim uchun mendan o'pkalashga urinmang, millatimni, vatanimni yaxshi ko'raman. Shunchaki bitta "aybim bor", qonun ustuvor bo'lishini, shunday davlatda yashashni, kimlarnidir oldida emas, agar aybim bo'lsa ham faqatgina adolatli (!) sud oldida hisob berishni istayman...

O'zimni erkin his qilolmaganimdan, bo'g'zimga kelgandan buni yozdim...
Ҳамма тренерлар қаллобми?

Муҳаммадали Эшонқулов, Иброҳим Гулямов ва Алишер Исаев ҳақида.

«Субъектив» кўрсатувидан кейин тренинг мавзуси яна трендга чиқди. Ушбу видео Хуршид Марозиқовнинг Фейсбук саҳифасидаги лайв видеодан ёзиб олинган.

https://www.youtube.com/watch?v=vRzTb1ofUX4&t=2s
Абдулазиз Муборак ёзяптилар:

Устозимиз Mubashshir Ahmad ни ҳозиргина Ички ишлар органлари (республика терроризм ва экстремизмга қарши курашиш бошқармаси) ходимлари уйларидан олиб кетибди.

Қаёққа ва нима учун?

Шу саволларга жавоб қидиряпмиз.

Тафсилотларни очиқлаймиз, иншааллоҳ.

Катта эҳтимол жума намози ҳақидаги мурожаатлари сабаб бўлиши мумкин.

Дуо қилиб туринглар... Илтимос...
Мубашшир Аҳмад домла ИИВ терроризмга қарши курашиш биносидан чиқдилар.

Ҳозирча шу, тафсилотларни ўзлари ёзсалар керак. Энг асосийси кайфиятлари яхши.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklamada quruq gaplar emas, hammasini ochiq oydin raqamlar bilan ko‘rsatdik!

Maqsad bozorda ochiq raqobat qilib kuchlilarni o‘zimizning TRIDMO platformamizga ishga olish va MDH davlatlardidan tashqari jahon bozorini ham egallash.

Qabul 1-iyunga qadar davom etadi.

👉 Ro’yxatdan o’tish

Murojaat uchun:
+998994008800
@dizipro_edu

Kanal 👉 @dizipro
Инсонда «виждон эркинлиги» ва «шахсий танлов» номли сенлар дахл қила олмайдиган чегаралар борлигини қачон тушунасанлар?

@temurazam