Ta’lim24.uz
99.4K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Bugun Fizika, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi.

Fizika va Biologiya fanlaridan Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan esa Toshkent shahar Olmazor tumani 191-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilarga fizika fanidan - yozma ish uchun 10 ta masala, Biologiya fanidan -10 ta topshiriq berildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - 7 ta masala berildi va onlayn portalda bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun Fizika, Biologiya fanlariga 4 soat hamda Informatika va axborot texnologiyalari faniga 5 soat vaqt berildi .

Olimpiada yakuniga yetgach o‘quvchilarning ishlari Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti nazorati ostida hakamlar hay’ati tomonidan tekshiriladi.

Binoda Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan biriktirilgan maxsus xodimlar tomonidan navbatchilik tashkil etilgan. Olimpiada karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining esdalik sovg‘alari topshiriladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Forwarded from Sherzod Shermatov
Samarqand viloyatidagi qator yoshlarimiz maktabni bitirmasdanoq dunyoning nufuzli universitetlari (Columbia va Duke ham bor orasida) ning talabalari bo’lishganiga guvoh bo’ldik. Bu esa harakat qiladigan yoshlar uchun hozir imkoniyatlar ko’pligidan dalolat beradi.

Yoshroq o’quvchilarimiz bilan uchrashuvda ularning dasturlash bo’yicha loyihalarini berilib tushuntirishlarini ko’rib, bu farzandlarimiz harakati ularni kelajakda yanada yuqoriroq marralarga erishishiga yordam beradi deb umid qilamiz. Ularning orasida telegram kanallari orqali dizayn uchun buyurtma olib, hozirning o’zida oyiga 3-5 mln so’m topayotgani ham bor ekan.

Yana bir bor, yoshlarimiz vaqtini behuda o’tkazmay, kimdir nimadir qilib berishi kerakligini kutib o’tirmay, internetdan imkoni boricha unumli foydalanib, kelajaklari uchun imkoniyatlarini kengaytirib borishlari kerak.

#Yoshlar_kelajagimiz #IT_nation #English_speaking_nation
#Хушхабар

АНДИЖОНЛИК ЎҚУВЧИ ТОКИОДА БЎЛИБ ЎТАДИГАН ОЛИМПИАДА ЎЙИНЛАРИГА ЙЎЛЛАНМАНИ ҚЎЛГА КИРИТДИ

Андижон шаҳридаги 4-умумтаълим мактаби 11-синф ўқувчиси Элдорбек Усмонов спортнинг сузиш йўналиши бўйича олимпиада ўйинларига йўлланма берувчи квалификацион турнирда ғолибликни қўлга киритиб, Токиода бўлиб ўтадиган Олимпиада ўйинларига йўлланмани қўлга киритди.

Элдорбек Усмоновнинг зафарли одимлари бардавом бўлишини тилаб қоламиз.

Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Forwarded from Sherzod Shermatov
1,5 stavka dars soati olgan, oliy yoki birinchi toifali CEFRga ega ingliz tili o’qituvchisi olis hududdagi qizil maktabda ta’lim bersa oyligi 10 millionga yetishi bilan birga, yillar davomida ingliz tili o’qituvchisi bo’lmagan shunday maktablardagi o’quvchilarning kelajagiga juda katta yordam bo’lishi aniq.

Nurobod tumanining olis hududida yillar davomida ingliz tili darsi o’tilmagan qizil maktabga buxorolik er-xotin ingliz tili o’qituvchilari kelgani ushbu maktab o’quvchilari uchun ta’lim sifatini oshirishga ko’mak berishni boshlaganini guvohi bo’lib, ularga minnatdorchilik sifatida “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishonini topshirib keldik. Shunday fidoiy o’qituvchilarimiz ko’paysa, albatta, ta’lim sifati past maktablarda ham ijobiy o’zgarishlar tezroq bo’ladi.

Shuningdek, Nurobod tumanining olis hududlariga borib ishlayotgan boshqa qator, asosan yosh o’qituvchilar bilan ham uchrashdik. Ular ham o’zlari tug’ilib o’sgan mahallalarini tashlab kelib dars o’tishmoqda. Batafsil: https://bit.ly/32vnG5W