Ta’lim24.uz
104K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from A.Avloniy nomidagi ITI
ДИҚҚАТ!

‼️👨‍🏫👩‍🏫Ҳурматли халқ таълими педагог ходимлари!

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти томонидан 12-23 январь кунлари 27 та фан доирасида умумтаълим мактаблари педагог-ўқитувчилари учун онлайн малака ошириш курслари ташкил этилмоқда.

Мазкур малака ошириш курсларини ташкил этишда телеграм ижтимоий тармоғи орқали 27 та фан учун алоҳида каналлар очилди. Бу курслар чат шаклида мутахассислар томонидан зарурий тьюторлик маслаҳатлари асосида соат 9:00 дан 18:00 га қадар олиб борилади.

Шунингдек, 12 январдан бошлаб барча умумий ўрта таълим мактаб директорлари, ихтисослаштирилган мактаб-интернати, ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактаблари директорлари ва уларнинг кадрлар заҳираси ҳамда фан методистлари учун “Узлуксиз касбий таълим” махсус электрон платформаси орқали узлуксиз касбий ривожлантириш курслари ташкил этилмоқда.

👇👇Қуйидаги рўйхатдан сизни қизиқтираётган фанни танлаб, каналга аъзо бўласиз ва у ердаги видео курс билан танишасиз. Сизда қўшимча саволлар бўлса, изоҳларда қолдирасиз. Масъуллар саволларингизга ўз вақтида жавоб берадилар.
Forwarded from IT taʼlim
Milliy o'quv dasturi asosida dars berishga tayyorlanamiz!

🔹Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining qishki taʼtil muddatini uzaytirish toʻgʻrisida” gi buyrugʻi asosida umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi asosida fanlarni oʻqitish metodikasi boʻyicha onlayn-treninglar tashkil etiladi.

🔹Qishki taʼtil davrida oʻqituvchilarga xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan Milliy oʻquv dasturining mazmun -mohiyatini yetkazish hamda yangi darsliklar asosida dars oʻtish boʻyicha koʻrsatmalar berish maqsadida o'tkazilayotgan onlayn mashgʻulotlar 22- yanvarga qadar davom etadi.

Jami 58 soat davom etadigan mashg'ulotlar 5 nafar fan doktori, 18 nafar Respublika ta'lim markazi metodistlari hamda 17 nafar maktab o'qituvchilari tomonidan olib boriladi.

📌 12-yanvar kuni bo'lib o'tadigan onlayn mashg'ulotlar dasturi bilan tanishing.

Mashg'ulotlarni Respublika ta'lim markazining You Tube kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram
Forwarded from IT taʼlim
Qardosh tillar bo'yicha boshlang'ich va yuqori sinf o'qituvchilari uchun o'tkazilayotgan onlayn olimpiadalar marafonida ishtirok eting!

🗓Olimpiada
12-yanvar kuni Qoraqalpoq tilidan;
13-yanvar kuni Qozoq va qirg'iz tilidan;
14-yanvar kuni Turkman va tojik tilidan,

🕰Soat 12:00 dan 22:00 ga qadar khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

📝
Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling!

Saytdan foydalanish bo‘yicha qo'llanma👉 https://t.me/khisofaq/2

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
III чоракдан “Жисмоний тарбия” фани барча мактабларда ҳафтасига 2 соатдан ўқитилади

Хабарингиз бор, 2020-2021 ўқув йилидан бошлаб спорт зали мавжуд бўлмаган умумий ўрта таълим муассасаларида қишки давр (декабрь, январь, февраль ойлари)да ўтиладиган "Жисмоний тарбия" фани дарслари ўқув соатларини 10 ҳафта давомида 5-10-синфларда ҳафтасига 2 соатдан 1 соатгача камайтирилган эди.

11 январь куни мазкур тартибни бекор қилиш ҳамда умумий ўрта таълим муассасаларида жисмоний тарбия фани ўқитилиши жараёнларини такомиллаштириш тўғрисида Халқ таълими вазирининг буйруғи имзоланди.

Унга кўра ўқувчиларда жисмоний тарбия ва оммавий спорт билан мунтазам шуғулланиш, соғлом турмуш тарзи бўйича ҳаётий кўникмаларни шакллантириш мақсадида умумтаълим мактабларида қишки даврда ҳам “Жисмоний тарбия” фани барча синфларда ҳафтада 2 соатдан ўқитилиши белгиланди.

2021-2022 ўқув йилининг 3-чорагидан бошлаб спорт зали мавжуд бўлмаган умумтаълим муассасаларида ҳам “Жисмоний тарбия” фани барча синфларда ҳафтада 2 (икки) соатдан ўқитилади.

Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистонда 2245 та мактабда спорт зали мавжуд эмас.
#Diqqat_ochiq_muloqot

Xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT)da yuqori natija qayd etgan o'quvchilarning imtihon xarajatlari qanday qoplanadi?

Xabaringiz bor, ingliz, arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushgan.

👆Ushbu xarajatlarning qoplanishi tartibi bilan bog’liq savollarga Xalq ta'limi vazirligining Facebook sahifasida tashkil etiladigan jonli efirdagi ochiq muloqotda javob olishingiz mumkin.

Ochiq muloqot o’tkazilishi vaqti: 1️⃣3️⃣-yanvar soat 1️⃣0️⃣:0️⃣0️⃣da

Xalq ta'limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi vakillari jonli efirda Sizning savollaringizga batafsil javob beradi.

O’tkazib yubormang!

Havola:
https://www.facebook.com/events/1074002793334917/?ref=newsfeed

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Диққат_танлов

🌈 12-dan 22-yanvarga qadar Respublika "Kamalak” bolalar tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag‘ishlangan II Respublika insholar tanloviga start beriladi.

☝️️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
🥇Sardorlar Anjumani(oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka(128gb);
🥈Power bank(20 000mah) va 10 ta kitob;
🥉Termos va 5 ta kitob.

Undan tashqari tanlovda g'olib bo‘lgan ishtirokchilarning insholari "Gulxan" jurnalida chop etiladi.

Tanlov yo’riqnomasi bilan quyidagi havola orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!

@Uzedu
FARG‘ONALIK O‘QUVCHI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI

Toshloq tumanidagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida iqtidorli o‘quvchilar safi kendaymoqda.

Mazkur maktabning 11-"A" sinf o'quvchisi Saidamir Egamberdiyev ana shunday izlanuvchan, a'lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilardan biridir. U yaqinda muddatidan oldin birdaniga 3 ta nufuzli xorij OTMga talaba sifatida qabul qilindi.

Jumladan, AQShning Drake universitetining 100.000 AQSh dollarlik grant, Buyuk Britaniyaning Aberystwyth universitetining 2.500 dollar va Buyuk Britaniyaning Ulster universitetining 2000 dollarlik grantlarini qo‘lga kiritib, o'qishga qabul qilindi.

Qizig‘i shundaki, Saidamir bulardan tashqari, yana 10 dan ortiq rivojlangan davlatlardagi eng mashhur OTMlarga hujjatlar topshirgan.

Iqtidorli o‘quvchimiz yuqoridagi natijalardan balandroq yutuqlarni qo‘lga kiritib, ustozlari va yaqinlarini xushnud qilishida ishonch bildiramiz.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
DIQQAT!

⚡️Fan o‘qituvchilarini shartnoma asosida ishga taklif qilamiz!

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “STesting” platformasida o‘quvchilar tomonidan bajarilgan (PIRLS, PISA va TIMSS) topshiriqlarni tekshirish va baholash uchun fuqarolik shartnomasi asosida barcha fan pedagog-mutaxassislarni jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qilinadi.

✅Vazifalar:

➖“STesting”
platformasida PIRLS, PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan kiritilgan javoblarni tekshirish;

➖O‘quvchilarning javoblarini belgilangan mezonlar asosida baholash va natijalarni kiritish.

Ishlash istagidagilar rezyume (CV) (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), pasport nusxasini 2022 yil 15 yanvarga qadar avloniy@xtv.uz (yoki telegram orqali
@SXAzimov manziliga yuborishlari so‘raladi.

❗️A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlaynresurslar #qiziqarli #innovatsionloyihalar

❄️🧸Qishki ta’tilda bolajonlar oʻz vaqtlarini qiziqarli va maroqli oʻtkazishlari uchun Xalq ta’limi vazirligi bir qator foydali onlayn ta’lim resurslarini tavsiya etgan edi

❓Ushbu onlayn ta’lim resurslari bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi ?

✅Loyihalar haqida tayyorlangan qisqa videorolikni tomosha qiling hamda ular haqida batafsil ma’lumotga ega boʻling!

✅Mobil ilovalarini yuklab oling va bolajonlar ta’tilda maroqli ta’lim olishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Bizni ITSM ning rasmiy sahifalarida kuzatib boring🔻
Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

#zamonamiz_qahramonlari
❇️MEHNATI MUNOSIB QADR TOPIB, MING DOLLARDAN ORTIQ MAOSH OLAYOTGAN BUXOROLIK ODDIY MAKTAB MUALLIMI

🔹Gʻijduvon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Hoshim Raximov ilg‘or tajribaga ega salohiyatli pedagog sifatida viloyatda o‘z o‘rniga ega.

🔹Qariyb 38 yillik pedagogik faoliyatga ega bo‘lgan fidoyi ustoz hamisha zamon bilan baqamti bo‘lib, o‘z ustida tinimsiz izlanib kelmoqda.

🔹O‘quvchilarining respublika va Xalqaro fan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganligi, uning muallifligida 21 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 30 dan ziyod elektron dars ishlanmalarining yaratilganligi ana shu izlanishlarning samarali mahsulidir.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-01-13-2

✅Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Азиз Ватанимиз ҳимоячилари!

Сизларни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан чин қалбимиздан самимий муборакбод этамиз.

Ўз ҳаётини Ватанимиз ҳимоясига бағишлаган ҳарбий хизматчиларимизнинг машаққатли меҳнатларини қадрлаймиз. Ватанимиз тинчлиги ва хавфсизлиги йўлидаги хизматлари учун чуқур миннатдорчилигимизни изҳор қиламиз.

Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт, тинчлик ва хотиржамлик тилаймиз. Машаққатли меҳнатингизда ютуқ ва зафарлар ҳамиша ёр бўлсин!

Ватанимиз равнақи йўлида хизмат қилишдан ҳеч қачон чарчаманг!

Чексиз эҳтиром билан Халқ таълими вазирлиги жамоаси

****

Дорогие защитники нашей Родины!

Сердечно поздравляем вас с 30-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Отечества.

Выражаем Вам глубокую признательность за Ваши заслуги перед миром и безопасностью нашей страны.

Желаем Вам крепкого здоровья, семейного счастья, мира и спокойствия. Пусть успех и победы всегда будут с вами в вашем нелегком труде!
#Diqqat_Ochiq_muloqot

Ҳурматли синф раҳбарлари ва директорлар!

Халқ таълими вазирлиги умумтаълим мактабларида ўқувчи-ёшлар ўртасида ташкил этиладиган тарбиявий жараёнларни янада такомиллаштириш, иқтидорли ўқувчилар билан тизимли ишларни ташкил этишга бағишланган очиқ мулоқот ўтказмоқда.

Очиқ мулоқотда:

✅Умумтаълим мактабларида ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштиришда мактаб директорининг ўрни;

✅Ўқувчиларнинг дарс жараёнларида иштирок этиши давоматини самарали ташкил этиш жараёнида синф раҳбарларига юклатиладиган вазифалар юзасидан маълумот берилади.

Очиқ мулоқотни Халқ таълими вазирлигининг расмий Фейсбук саҳифасида жонли кузатиш мумкин.

Очиқ мулоқотнинг ўтказилиш вақти:
1️⃣4️⃣ январь, соат 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ да

Ўтказиб юборманг!


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Rustam Karimjonov
👩🏻‍💻Respublika bo'ylab 6,5 ming umumta'lim maktablarining Informatika fani o‘qituvchilari - Python, C++ va Scratch dasturlash tillarini o'rganishdi!

💻 O'qitish jarayoni respublikamizning barcha 207 ta tumanlarida tashkil etildi.

🎥 Har bir hudud bo'yicha Siz uchun maxsus video intervyu va lavhalar tayyorlandi.

👇👇👇Videolavhalarni ko'rish uchun hudud nomiga bosing!

🔹
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🔹Andijon
🔹Buxoro
🔹Jizzax
🔹Qashqadaryo
🔹Navoiy
🔹Namangan
🔹Samarqand
🔹Sirdaryo
🔹Surxondaryo
🔹Toshkent viloyati
🔹Fargʻona
🔹Xorazm
🔹Toshkent shahri

Facebook | Telegram | Web-site
Замонавий дарсликларни ўқитиш методикаси юзасидан семинар ўтказилмоқда

2022 йилнинг 13-14 январь кунлари Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманидаги “Ёшлар оромгоҳи”да ўқитувчилар учун ўқув-семинари ташкил этилди.

Халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов Миллий ўқув дастури асосида тайёрланган дарсликларни тажриба синовдан ўтказиш ҳамда ўтган йили 1-2- синфлар учун яратилган янги дарсликларни ўқитиш методикаси юзасидан маҳорат дарсларини олишга республикамизнинг барча ҳудудларидан пойтахтга келган ўқитувчилар билан учрашди.

Батафсил: https://bit.ly/33Q3Bvm


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram