Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#tanlov

“Soliq bilimlari — yosh avlodga» tanlovi gʻoliblari aniqlandi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Soliq bilimlari — yosh avlodga» ijodiy ishlar koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi.

➖ Tanlovning asosiy maqsadi, oʻquvchilar oʻrtasida soliq madaniyatini shakllantirish va ularning bu boradagi ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tashkil etildi:

➖ “Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” — eng yaxshi rasm (5-7-sinflar uchun);
➖ “Soliq: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi eng yaxshi insho (8-9-sinflar uchun);
➖ “Soliqlar nimaga toʻlanadi va nimalarga sarflanadi?” mavzusidagi eng yaxshi videorolik yoki reels (10-11-sinf oʻquvchilari uchun).

🔹 Toshkent shahrida oʻtkazilgan tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

👉 “Eng yaxshi rasm” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Xorazm viloyati, Xiva tumani, 39-maktab oʻquvchisi Dilnura Kamolovaga;
2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani, 23-maktab oʻquvchisi Adana Ikmetovaga;
3-oʻrin — Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, 1-maktab oʻquvchisi Asilbek Safarovga;

👉 “Eng yaxshi insho” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Fargʻona viloyati, Beshariq tumani, 54-IDUM oʻquvchisi Diyoraxon Sharifovaga;
2-oʻrin — Namangan viloyati, Namangan tumani, 25-maktab oʻquvchisi Ziynatxon Ibrohimjonovaga;
3-oʻrin — Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, 32-maktab oʻquvchisi Shahzoda Holiddinovaga;

👉 “Eng yaxshi viderolik” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Jizzax viloyati, Jizzax shahri, 22-maktab oʻquvchisi Boʻron Silliyevga;
2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahar, 27-maktab oʻquvchisi Miyirbek Bekbergenovga;
3-oʻrin — Andijon viloyati, Izboskan tumani, 5-maktab oʻquvchisi Hosyatxon Ibrohimovaga nasib etdi.

➖ Gʻoliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Attestatsiya_2026

🔴 Xabaringiz bor, ayni damda yurtimiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun testlar davom etmoqda. Shu kunlarda Boshlang‘ich ta‘lim fani pedagoglari o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.


Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova poytaxtimizda tashkil etilgan attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.


🔰 Ustozlar bilan pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar xususida ham suhbatlashdi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

🌐 Shuningdek, vazir jarayonlar tahlili taqdimoti bilan tanishib, mas‘ullar bilan kutilayotgan natijalar haqida fikr almashdi va o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

📊Ma‘lumot o‘rnida: joriy yilda attestatsiya sinovlarida 214 ming nafardan ortiq pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM