Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from E’zoza Karimova
Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni ulug‘ va fayzli ayyom — muborak Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman! Ushbu qutlugʻ kunlarning barakoti ila yurtimizga Allohning bitmas-tuganmas rahmati yog‘ilsin, diyorimizda hamisha tinchlik va ahillik barqaror bo‘lsin.

Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish hamda yurtimiz ravnaqini yuksaltirish yo‘lidagi sharafli mehnatlaringizda barchangizga bitmas-tuganmas kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilayman.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, cheksiz baxt, xonadonlaringizga esa osoyishtalik va fayzu baraka tilayman.

Qurbon hayiti ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar!
Aziz hamkasblar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi barchangizni bugungi mehr-oqibat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlug‘ ayyom barchamizni ezgulikka, inson qadrini ulug‘lashga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga chorlaydi.

Ayniqsa, xalqimizga xos mehr-muruvvat, yaxshilik va shukronalik kabi azaliy qadriyatlar bugungi kunda yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Mana shunday muborak kunlarda sizlarga mustahkam sog’lik-salomatlik, oilalaringizga qut-baraka va ezgu niyatlaringiz ijobatini tilab qolamiz!

Qurbon hayiti ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin!


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari tartibi, manzillari va kunlari tasdiqlandi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni aniqlash uchun oʻtkaziladigan saralash sinovlari 2-bosqichi – kasbiy mahoratni baholash boʻyicha suhbat oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

➖ Ikkinchi bosqich suhbat jarayonlari joriy yilning 2-6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikga muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi belgilandi.

📊 Nomzodlar suhbat jarayonida tasodifiy tanlangan 4 ta savol boʻyicha maksimal 20 ballik tizimda baholanadi. Har bir nomzod bilan suhbat oʻtkazish uchun 12 daqiqa vaqt ajratiladi.

➖ Suhbat davomida har bir nomzod baholash mezonlarining har bir bandi boʻyicha alohida-alohida baholanadi.

Suhbat komissiyasining yakuniy qarori belgilangan tartibda bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

➖ Agar kvota chegarasida oxirgi oʻrinlar boʻyicha nomzodlarning yakuniy ballari teng kelib qolsa, ustunlik belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi hamda unda ham ballar teng boʻlib qolgan taqdirda tegishli nomzodlar bilan qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi.

👉 Barcha suhbat jarayonlari toʻliq videoyozuvga olinadi.


Suhbat natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Eslatma: nomzodlarning 2-bosqich suhbat jarayonlarida ishtirok etish kuni va vaqti bo‘yicha vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xabardor qilinadi

👉 Suhbat oʻtkaziladigan manzillar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#йўқлов_тадбири

✅  Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan sohada uzoq yillar mehnat qilgan hamda hozirda qarilik gashtini surayotgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olindi.


🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning masʼul xodimlari vazirlik markaziy apparatida ishlagan:

➖ Gulyamov Shuxrat Bakiyevich;
➖ Goleva Galina Fyodorovna;
➖ Akramov Raximjon Axmedovich;
➖Tashmatov Abdurashid Badriddinovich
larning yashash xonadonlariga yoʻqlab borishdi hamda bayram bilan tabriklashdi.

👉 Samimiy ruhda oʻtkazilgan suhbat davomida faxriylarning kasb faoliyatiga doir xotiralari tinglandi hamda ularga bayram sovgʻalari topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʻchaopamgarahmat

📣 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ajoyib chellenj eʼlon qilamiz!

✅ Begʻubor bolaligimiz xotiralari boʻlmish mehribon tarbiyachilarimizni yoʻqlash, farzandlarimizga oʻz bolasidek qarayotgan bogʻcha opalarimizning mehnatini biroz boʻlsa-da eʼtiborga olish va qadrlash vaqti keldi.

➖ Buning uchun oʻz minnatdorchiligingiz va dil izhorlaringizni qisqa videoga oling hamda #bogʻchaopamgarahmat heshtegi ostida oʻz sahifangizga joylang. Bizning rasmiy sahifalarimizni belgilashni ham unutmang!

📆 Muhimi — chellenj qatnashchilari uchun muddat chegaralanmagan! Mehr ulashish faqatgina 1-iyun bilan cheklanib qolmasligi kerak, shu sababli chellenjimiz davom etadi.

👉 Eng sara videolar bizning sahifalarimizda ulashiladi va sizning sevimli bogʻcha opangiz haqida butun respublikamizdagi soha vakillari bilib olishi mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablardagi imtihonlar haqida nimalarni bilishimiz kerak?
 
Imtihon – bu faqat baho emas, balki sizning bilim, sabr va masʼuliyatingizni sinovdan oʻtkazadigan jarayondir. Qoidalardan xabardor boʻlsangiz, ortiqcha vahima kamayadi va oʻzingizni ancha erkin his qilasiz.

 
🌐 Batafsil

👉 Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Kelajak soati

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oromgohlar

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Samarqand viloyatidagi “Qaldirg‘och” va “Xumor” sog‘lomlashtirish oromgohlarining mavsumga tayyorgalik holatini ko‘zdan kechirdi.


➖ Unda mas’ullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar ko’rib chiqilib, mavsum davomida dam oluvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔰 Shuningdek, o‘rganishlar davomida o‘quvchilar uchun turli sport musobaqalar, kitobxonlikka oid tanlovlar, qiziqarli to‘garaklar tashkil etish yuzasidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy
#xalqaro_olimpiada

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

⚡️ Olimpiada 1-7-iyun kunlari "Renessans" sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tadi.

🫂 Olimpiadada:
🇮🇷 Eron
🇲🇾 Malayziya
🇲🇳 Mo‘g‘uliston
🇰🇬 Qirg‘iziston
🇰🇿 Qozog‘iston
🇹🇯 Tojikiston
🇹🇷 Turkiya
🇹🇲 Turkmaniston
🇧🇾 Belarus
🇧🇩 Bangladesh
🇨🇺 Kuba
🇻🇪 Venesuela
🇯🇴 Iordaniya
🇦🇿 Ozarbayjon
🇺🇿 O‘zbekiston davlatlaridan jami 219 nafar ishtirokchi qatnashadi.

✅ Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga Belarus, Eron, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston hamda Rossiya davlatlardan yuqori malakali ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

✅ Buxoro viloyatidagi pedagoglarni yozgi ta’til oldidan mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida madaniy-ma’rifiy sayohat tadbirlari tashkil etildi.


Unda o‘quv yilini munosib natijalar bilan yakunlagan, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali faoliyat olib borgan maktab direktorlari hamda fidoyi pedagoglar ishtirok etdi.


Dastur doirasida dastlab ishtirokchilar uchun Toshkent shahrida madaniy-ma’rifiy bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Unda taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

📍 Sayohatning ikkinchi kunida ustozlar Islom sivilizatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

➖ Shuningdek, sayohat dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev pedagoglar bilan muloqot qildi.

🔹 Unda mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Buxoro viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM