Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

✅ Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Teach for Uzbekistan” birinchi yetakchilarining bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi.


➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

➖ Taʼkidlanganidek, oʻtgan vaqt davomida vazirlik hamda “Teach for Uzbekistan” oʻrtasida taʼlim sohasida qator hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

👉 Xususan,  olis va chekka hududlarda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning zamonaviy bilim olishlari, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash hamda ularning qiziqishlarini qoʻllab quvvatlash boʻyicha koʻplab loyihalar yoʻlga qoʻyilgan.

➖ Tadbirda tashkilot bilan hamkorlikda 2024-2026-yillar davomida mamlakatimizning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining olis va chekka hududlaridagi maktablarda koʻngilli asosda dars mashgʻulotlari olib borilganligi, oʻquvchilarning koʻnikma va malakalarni egallashlariga koʻmak berilganligi qayd etildi.

✅ Tadbir doirasida “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkilotining 12 nafar ilk bitiruvchi pedagoglariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026
#Eslatma

🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan.

Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:


📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Namangan viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent shahri
📍
Toshkent viloyati
📍
Xorazm viloyati

👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IqtidorMaktabAnsambli

🏆 Gʻoliblar aniqlandi!

🪕 “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Respublika bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.


➖ Yakuniy natijalarga koʻra:

🥇Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar 14-maktabning “Navo” jamoasi 1-o’rin,

🥈Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonliko‘l tumani
1-maktabning
“Nihol” jamoasi 2-o’rin,

🥉Namangan viloyati, Namangan shahri 31-maktabning “Shodiyona” jamoasi 3-o’rinni qoʻlga kiritdi.

“Kelajak” markazlari

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)?

➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi.

🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak?

Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l...

Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal?
➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti!
➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin.
➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir.
➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi.


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi.

Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima?

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Qozog‘iston Respublikasi Maorif vaziri Juldiz Suleymenova bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar O’zbekiston va Qozog’iston rahbarlari tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat natijasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdilar.


➖ Xususan, maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishidagi aloqalar tobora mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat vakillarining fan olimpiadalari, forumlar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar kabi nufuzli tadbirlardagi faol ishtiroki e’tirof etildi.

🔰Uchrashuvda kelgusida pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 14-21— IYUN, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_tadbiri

✅ Poytaxtimizda “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🔰Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazir o’rinbosarlari, Respublika “Kelajak” markazi direktori Indira Xoldorova va mas’ullar ishtirok etdi hamda g‘oliblarni samimiy tabriklashdi.

Ma’lumot o’rnida, yakuniy natijalarga ko‘ra, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovida:


🥇Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar 14-maktabning “Navo” jamoasi 1-o’rin,

🥈Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonliko‘l tumani
1-maktabning
“Nihol” jamoasi 2-o’rin,

🥉Namangan viloyati, Namangan shahri 31-maktabning “Shodiyona” jamoasi 3-o’rinni qoʻlga kiritdi.

“Turon” maktab teatri tanlovida esa:


🥇 Samarqand viloyati, Samarqand shahri 80-maktabning “Turon” jamoasi 1-o’rin,

🥈 Buxoro viloyati, Kogon shahri 3-maktabning “Elegant” jamoasi 2-o’rin,

🥉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani 55-maktabning “Tan nuri” jamoasi 3-o’rinni egalladi.

✈️ G’olib jamoalar xorijga ta’lim
sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM