Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova “Efekta” kompaniyasining Hukumatlar bilan aloqalar bo‘yicha prezidenti Stefaniya Djannini bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.


🔰 Tomonlar “Efekta” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosidagi ingliz tilini o‘rgatish platformasini “Kelajak” markazlari tarmog‘i orqali bosqichma-bosqich joriy etish imkoniyatlari muhokama qilishdi.

➖ Uchrashuv yakunida pilot loyihalar tashkil etish va platformani “Kelajak” markazlari faoliyatiga moslashtirishga kelishib olishdi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida "Kelajak" markazi va “Efekta” tashkiloti o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

⏰ Ma’lumot uchun: "Efekta Education" sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida ta’lim yechimlari ustida ishlovchi xalqaro ta’lim-texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion o‘qitish platformalarini ishlab chiqadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sohaga_doir_hujjatlar

📣 Umumtaʼlim tashkilotlari oliy toifali oʻqituvchilarining magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi


✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Unga koʻra:

➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan hamda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish tizimi joriy etiladi.

👉 Bunda:

➖ oʻqish jarayonlari ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi;

➖ pedagoglar maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;

➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

❗️ Bu muhim: oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish shartlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yozgi_oromgohlar

Yoz — o‘tmoqda soz!

🔴 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yurtimiz bo’ylab yozgi oromgohlar faoliyati davom etmoqda.

Mazkur oromgohlarda ingliz tili, matematika, mental arifmetika, rus tili hamda sport yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.


🔰 Shuningdek, turli sport musobaqalari, ijodiy mashg‘ulotlar va jamoaviy o‘yinlar orqali bolalarning bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📍 Jarayonlar Qarshi tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabi misolida.

Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2026
#Xorijiy_tillar_maktabi

🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish imtihonlari

✅ Ayni damda Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-, 6-, 7-sinflariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligida “O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi mas’ullari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot berildi.


◀️Shuningdek, Agentlik tomonidan giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.

⬇️Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga batafsil javob berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM