Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul

✅ Toshkent viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Sayyor qabuli” bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, markaziy apparat bo’linmalari rahbarlari qatnashdi.


🔰 O‘rta Chirchiq tumanida tashkil etilgan ushbu “Sayyor qabul” davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifati, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda fuqarolarni qiziqtirayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

🌐 Murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy yechimlar berildi.

⏰ Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Turkiyada tashkil etilgan qator xalqaro tadbirlar va hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Xususan, vazir maslahatchisi Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan TETZ-2026 ta’lim texnologiyalari sammitida qatnashib, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajribani taqdim etdi.


🔰 Shuningdek, Turkiya, Qirg‘iziston va Eron ta’lim vazirliklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim texnologiyalari, xalqaro olimpiadalar, o‘qituvchilar stajirovkasi va pedagog kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

➖ Anqara shahrida TOKİ rahbariyati bilan Istanbulda o‘zbek maktabini qurish loyihasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

🌐 Tomonlar loyihalashtirish, moliyalashtirish va qurilish muddatlari bo‘yicha dastlabki takliflarni ko‘rib chiqib, texnik guruhlar darajasida ishlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VazirKubogi
#Final

Vazir kubogi mezboni — Namangan!


✅ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning ayol xodimlari o‘rtasida VOLEYBOL bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining FINAL bosqichi 1-4-IYUL kunlari Namanganda o‘tkaziladi.

Unda hududiy bosqichda g’oliblikni qo‘lga kiritgan 112 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashadi!


🔰 Eslatib oʻtamiz, musobaqa gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-oʻrin — 150 mln soʻm;
🥈2-oʻrin — 100 mln soʻm;
🥉3-oʻrin — 70 mln soʻm.

⏰ Shuningdek, gʻolib maktab jamoalari "Damas" avtomobilini qoʻlga kiritishadi!

#Voleybol #Namangan

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 21-28-IYUN, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Oliy toifali oʻqituvchilar uchun magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi

➖ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarni maqsadli magistraturaga qabul qilish tizimi joriy etiladi.

📝 Yangi tartibga ko‘ra:
➖ oʻqish jarayonlari ustozlarning ishidan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida yoʻlga qoʻyiladi;
➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
➖ pedagoglar magistraturani tugatgandan so‘ng 3 yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladilar.


❗️ Eslatma: Oliy toifali o‘qituvchilar hukumatning 2026-yil 24-iyunidagi 322-sonli qaroriga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulini davlat budjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026
#Eslatma

🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan.

Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:


📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Namangan viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent shahri
📍
Toshkent viloyati
📍
Xorazm viloyati

👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#KelajakCamp

📍 Qashqadaryo viloyatidagi “Kelajak” markazlarida tashkil etilgan “KelajakCamp” sog'lomlashtirish oromgohlarida bolajonlar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘z qiziqish va iste’dodlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

⚒ Qarshi shahridagi 7- sonli umumtaʼlim maktabida o'quvchilar uchun festival o'tkazilib, unda viloyat "Kelajak" markazida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati namoyish etildi.

🖊 Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi hamda hudud mas'ullari ishtirok etdi. Bolalarning yozgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish, "Kelajak"markazlaridagi to'garaklar soni va qamrovini ko'paytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XavfsizYoz

⏰ Suv havzalarida amal qilish kerak bo‘lgan 🍉 QOIDA

Yozning issiq kunlarida suv havzalarida dam olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, eng avvalo xavfsizlik qoidalariga e’tibor qarating.


🔰 Kichik ehtiyotsizlik ham ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun tavsiya etilgan qoidalarga qat’iy rioya qiling.

🌐 Bu haqda batafsil VIDEOLAVHAda.


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#1_sinfga_qabul

❓Biz yaqinda boshqa shaharga koʻchib keldik. Farzandimni 1-sinfga joylashtirish uchun uyimiz qaysi maktabga biriktirilganligini qanday bilsam boʻladi?


✅ Amaldagi belgilangan tartibga muvofiq tuman, shahar hokimliklari qarori bilan maktablar uchun mikrohudud belgilanadi hamda maktablarga yaqin hududlar (mahalla, koʻcha, koʻp qavatli uylar) oʻsha maktablarga biriktiriladi.

➖
Siz my.maktab.uz elektron portaliga yashash manzilingiz boʻyicha tegishli maʼlumotlarni kiritgan holda yashash uyingiz qaysi maktabga biriktirilganligi bilib olishingiz mumkin.

❓Men farzandimni 1-sinfga joylashtirish uchun mikrohudud boʻyicha onlayn ariza berdim, ammo bu maktab yashash uyimizga uzoqroq. Agar uyimiz yonidagi maktabda joy boʻlsa, 1-avgustdan keyin ushbu maktabga ariza bersam boʻladimi?


✅ Albatta, 1-avgustdan keyin my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun boʻsh oʻrinlar boʻyicha ariza topshirishingiz mumkin.

📍Agar farzandingiz boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan holda ushbu maktabga qabul qilinsa, mikrohudud boʻyicha avval yuborilgan arizangiz asosiy maktabga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soglomlashtirish_maydonchalari

◀️Xabaringiz bor, yozgi mavsumda oʻquvchilarning maroqli hordiq chiqarishi uchun umumtaʼlim maktablarida sogʻlomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan.

➖ Ayni vaqtda mazkur maydonchalarda sport musobaqalari va turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

➡️Videolavhada Andijon shahridagi 52-umumtaʻlim maktabida tashkil etilgan "Shabboda" sogʻlomlashtirish maydonchasidagi toʻgarak va mashgʻulot jarayonlari aks etgan.

#Yozgi_oromgohlar

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov
#VazirKubogi

✅Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari jamoalari VOLEYBOL bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining FINAL bosqichiga tayyor!


🔰 Eslatib oʻtamiz, musobaqaning Respublika bosqichi 1-4-IYUL kunlari Namanganda bo‘lib o‘tadi.

#Voleybol

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM