Ta’lim24.uz
99.9K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul

✅ Avval xabar berilganidek, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Andijon viloyati, Andijon shahridagi 13-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

🔴 Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar ishtirok etishdi va o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.


Xususan, “Sayyor qabul” davomida:

➖nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish,
➖nodavlat MMT xodimlarining oylik ish haqlarini o’z vaqtida to’lash,
➖ta’lim muassasalari xodimlarining kasbiy faoliyati va mehnat munosabatlari kabi yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi.

🌐 Vazir boshchiligida har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganish va hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026
#Ishtirokchilar_fikri

📚 IChO 2026: Nufuzli olimpiada mentorlari Samarqandda boʻlishdi

Batafsil videolavhada.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Yoz — o’tmoqda soz!

✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 566-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Quvnoq suv” tadbiri tashkil etildi.

🫥Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar suv bilan bog‘liq qiziqarli o‘yinlar, sport estafetalari va jamoaviy bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi boshlanmoqda

➖ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi joriy yilning 28-30-iyul kunlari o‘tkaziladi. Unda respublikamizning 208 ta tuman va shahridan kelgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etadi.

🔰 Mazkur bosqichda jami 208 nafar ustoz tanlovda g‘olib bo‘ladi va ularning har biri Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravari (576 million 800 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📝 Uchinchi bosqichda nomzodlar jami 100 ballik tizimda, quyidagi 2 ta yoʻnalish bo'yicha baholanadi:

➖ Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat (20 ball) — nomzodning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, shuningdek, ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari yuzasidan taqdimoti e'tiborga olinadi;
➖ Kitobxonlik bo‘yicha test sinovi (80 ball) — ushbu qism tasdiqlangan adabiyotlar asosidagi 40 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan taqdim etiladi.


📃 Maʼlumot uchun: Uchinchi bosqich qaysi adabiyotlar ro‘yxati asosida o‘tkazilishi vazirlikning rasmiy kanali orqali xabar berilgan edi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XavfsizYoz

⏰ Suv havzalarida amal qilish kerak bo‘lgan 🍉 QOIDA

Yozning issiq kunlarida suv havzalarida dam olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, eng avvalo xavfsizlik qoidalariga e’tibor qarating.


🔰 Kichik ehtiyotsizlik ham ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun tavsiya etilgan qoidalarga qat’iy rioya qiling.

🌐 Bu haqda batafsil VIDEOLAVHAda.


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_sovrini

Kitob o‘qigan o‘quvchilar ta’lim sayohatiga yuboriladi
 
✅ Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning may oyida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, kitobxon millat genafondini yaratish maqsadida Milliy kitobxonlik harakatiga start berilgan edi.

➖ Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 91-maktabda “O‘quvchilar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sovrini uchun kitobxonlik tanlovi”ga start berildi.


🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, mas’ullar va o’quvchi yoshlar qatnashdi.

🔰 Ma’lumot uchun: Mazkur tanlov joriy yil avgust oyida Toshkent shahridagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📊 Unda ishtirokchilar ikki yosh toifasi — 7-8-sinf va 9-10-sinf yosh toifasi asosida ikki shart — insho yozish hamda “Men o‘qigan kitob” taqdimoti bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

✈️ Tanlov yakunlariga ko‘ra, ikkala yosh toifasidan jami 10 nafar (7-8-sinf yosh toifasidan 5 nafar, 9-10-sinf yosh toifasidan 5 nafar) g‘oliblar xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishadi.

🌐 Shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar bilan turli loyihalarni amalga oshirish orqali hududlarga bo‘lgan holda Milliy kitobxonlik harakati targ‘ibotchilari klublari faoliyati yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#ICHO_2026

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv va Ilmiy qo‘mitalari vakillari bilan uchrashdi.

🔰 Unda yurtimiz mezbonlik qilayotgan mazkur nufuzli olimpiada yakunlari, sinov jarayonlari hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🔹Shuningdek, olimpiadani tashkil etishda ko‘rsatilgan hamkorlik uchun Boshqaruv hamda Ilmiy qo‘mitalar vakillariga minnatdorlik bildirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM