Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda MIT RAISE hamkorligida amalga oshirilayotgan “Day of AI” loyihasi doirasida The Hong Kong University of Sciyence and Technology (HKUST) universitetidagi malaka oshirish kursida qatnashish uchun saralash imtihon boʻlib oʻtdi.


🔹 Unda sunʼiy intellekt boʻyicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan informatika fani oʻqituvchilari orasidan saralab olingan qariyb 400 nafar pedagog ishtirok etdi.

➖ Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 50 nafar oʻqituvchi The Hong Kong University of Sciyence and Technology (HKUST) universitetida bir haftalik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi (mazkur universitet QS World University Rankings 2026 reytingida dunyoning TOP-50 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan).

👉 Ushbu tashabbus mamlakatimizda sunʼiy intellekt sohasida yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash, xalqaro tajribani ommalashtirish va zamonaviy AI taʼlimini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon
#maktab_maslahatchilari

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18-iyul kunlari respublikamiz boʻylab maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning ikkinchi mavsumi suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi.


➖ Unda yurtimizdagi 7 695 ta umumtaʼlim maktabi uchun maslahatchilarni saralash jarayonlari oʻtkazildi.

🔹 Maktab maslahatchisi lavozimi uchun oʻtkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari bugun tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

➖ Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlaydi.

👉Ma’lumot uchun:
tanlovning ikkinchi mavsumiga jami 42 932 ta ariza kelib tushgan. Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor testda ishtirok etdi. Test sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan 19 294 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti ish boshladi: @uzedu_taklif_bot

➖  Mazkur bot orqali tizim faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan barcha taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin. Barcha takliflar vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

👉 Takliflar joriy yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#Chellenj

✅
Xabaringiz bor, joriy yilning 28-30-iyul kunlari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi oʻtkaziladi.

⏰ Yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega ustozlarning oʻzaro mahorat maydoniga aylanib borayotgan mazkur tanlov ishtirokchilari navbatdagi bahslarga puxta tayyorgarlik koʻrishmoqda.

➖ Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi 20-umumtaʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi Nafisa Togʻayeva ham “Yil oʻqituvchisi” tanlovining soʻnggi bosqich ishtirokchilaridan biri.

👉 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, mazkur bosqich yakunlari boʻyicha 208 nafar ishtirokchi pedagog gʻolib, deb topiladi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravari (hozirda 576 million 800 ming soʻm) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔹 Eslatma: “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati

Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
#Ёз_ўтмоқда_соз 

✅Namangan viloyati, Namangan shahridagi 69-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan yozgi sogʻlomlashtirish oyligi jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Mehrdan bunyod boʻlgan maskan: kelajak poydevori qanday yaratiladi?

Bolalarni eshitish, ularning begʻubor olamini tushunish uchun insonda faqatgina kasbiy malaka emas, balki cheksiz mehr boʻlishi zarur. Maktabgacha taʼlim sohasining chinakam fidoyilari uchun bu shunchaki ish emas, balki qon-qoniga singib ketgan hayot mazmunidir. Ular bogʻcha yanada fayzli va chiroyli boʻlishi uchun nafaqat oʻz mehnatini, balki yon-atrofdagi eng chiroyli gullarni ham bolajonlar koʻz oʻngida undirishga intiladigan qalbi daryo insonlardir.

Murgʻak qalbning bogʻchaga ilk qadam qoʻygan kunidan boshlab, uning yangi muhitga muvaffaqiyatli moslashishi bevosita tarbiyachining eʼtiboriga bogʻliq. Shu bilan birga, bolajonlarning sogʻlom ulgʻayishi uchun “Aqlvoy oshpaz” tizimi asosida yoshiga mos, eng foydali va xilma-xil taomnomaning yoʻlga qoʻyilgani – doimiy gʻamxoʻrlikning yana bir amaliy isbotidir.

Dilnoza Samigova, Toshkent shahar Yunusobod tumani 35-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitob_oʻqish_soati

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparati xodimlarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi “Kitob oʻqish soati” tashkil etildi.

🔹 Jarayonda ishtirokchilarning belgilangan badiiy adabiyotlar boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

👉 Kitobxon xodimlar pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BizningPrezident

Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va zamonaviy imkoniyatlar yaratish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim tizimi, xususan, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning mehnatini qadrlash, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari mamlakatimiz kelajagiga qaratilgan muhim qadamlar sifatida e’tirof etiladi.

Hurmatli Prezidentimizni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, Hurmatli Prezident!

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📣 Navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi

✔️ Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul!

🔤Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi.

✨ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi!


🔹 Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:

➖ Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali
➖
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

👉 Ma'lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31-iyulgacha davom etadi.

➖ Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

“Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda

✅ Loyiha doirasida Sirdaryo viloyatidagi pedagogika oliy ta’lim tashkiloti, hududiy Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagoglari uchun “O'yinga asoslangan ta'lim metodikasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

👉 Seminar-trening davomida ishtirokchilarga o‘yinga asoslangan ta’limning zamonaviy usul va yondashuvlari, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM