Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi qardosh Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.


❗️ Ma’lumot uchun: 1996-yilda ta’sis etilgan “Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#QoʻshimchaTaʻlim  
  
🤖 Robototexnika to'garaklari
   
⚙️ Respublikamizdagi "Kelajak" markazlarida 130dan ortiq robototexnika to'garaklari mavjud bo'lib, unda 3 000ga yaqin bola zamonaviy soha sirlarini o'rganmoqda.
 
📷 Videorolikda Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tuman “Kelajak” markazidagi robototexnika to‘garagi faoliyati

 
 Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Finlandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi
.

➖ Uchrashuv avvalida vazir E'zoza Karimova Yoxanna Mariya Ogrenni Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga qayta tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, yangi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlik, jumladan "Finnish Inspired Education System Development in Uzbekistan (FIESDU)" loyihasi doirasidagi natijalar, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, raqamli ta'lim yechimlarini joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


🔹 Ma'lumot uchun: FIESDU loyihasi doirasida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, ta'lim sifatini baholash, ta'lim boshqaruvini takomillashtirish va inklyuziv ta'limni rivojlantirish yo‘nalishlarida Finlyandiyaning ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda.

Shuningdek, YUNISEF ko‘magida O‘zbekistonda "Eduten" raqamli ta'lim platformasi sinovdan o‘tkazilib, 200 nafar o‘qituvchining raqamli platformalardan foydalanish salohiyati oshirildi.

🔰Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z yuritishdi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

📣 Hurmatli pedagoglar!

➖ 2026-yil 1-avgust kuni
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

➖ Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

👉 Murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;

➖
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tabiatga mehr bog‘chadan boshlanadi” — bolalarni yashil olam bilan bog‘lovchi ezgu harakat!

Farzandlarimiz qalbida ona tabiatga mehr uyg‘otish, ularni atrof-muhitni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ta’lim jarayonining ajralmas qismidir. Bejizga “Tabiatga mehr bog‘cha va maktabdan boshlanadi”, demaymiz. Sababi, aynan shu murg‘ak yoshda olingan tarbiya va kattalardan ko‘rilgan ibrat insonning butun umriga muhrlanadi.

Yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktablarda Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Ta’lim dargohlarini yanada fayzli qilish, hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu amaliy ishlar jamoalarning o‘z xohishi va shaxsiy tashabbusi bilan, ko‘tarinki kayfiyatda amalga oshirilmoqda. Ustoz va tarbiyachilarimiz o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan maskanlarni mehr bilan obod etib, bolajonlar uchun ekologik muhit yaratilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar bolalarning tabiatni his etishi, unga masʼuliyat bilan yondashishi hamda kelajakda mamlakatimizni yanada obod qiladigan, ekologik madaniyati yuksak insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Toshkent shahridagi 482-MTT


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#qabul_2026

✅ 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-AVGUST kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan.


📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Namangan viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent shahri
📍
Toshkent viloyati
📍
Xorazm viloyati

👉 Shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#видеоқўлланма
#Qabul_2026

✅ 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#видеоинструкция

✅ Видеоинструкция о приёме вне микроучастка в регионах, где внедрён электронный приём в 1 класс.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

🟡 Hurmatli ota-onalar!

🔰 Tasdiqlangan Reglamentga ko‘ra (01.06.2026-y. 295-son) joriy yilning 1-avgustidan:


➖O‘quvchilarni bir davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish;

➖Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish;

➖ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish
boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi boshlanadi.

➖ Ota-onalar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) hamda Yagona Davlat elektron xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaatlarini yuborishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔1
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’lim: Mehr, ishonch va teng imkoniyatlar muhiti

Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida har bir bolaning qalbida o‘ziga nisbatan kuchli ishonch uyg‘otish va ularni ijtimoiy hayotga to‘laqonli moslashtirish inklyuziv ta’limning asosiy negizidir. Jismoniy imkoniyatidan qat’i nazar, hech bir farzandimiz ta’lim-tarbiya jarayonlaridan, sinfdoshlari davrasidan va jamoaviy mashg‘ulotlardan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilardagi mavjud iqtidor va qobiliyatlarni yuzaga chiqarish uchun teng va munosib shart-sharoitlarni yaratish ta’lim tizimimizning eng ustuvor maqsadlaridan sanaladi.

Pedagoglarning to‘g‘ri yondashuvi va tengdoshlarining samimiy qo‘llab-quvvatlashi orqali bolalarda o‘zlarini jamoaning ajralmas, qadrli a’zosi ekanliklarini anglash hissi shakllanadi. Kichik bir rag‘bat va e’tibor tufayli ulkan to‘siqlarni yengib o‘tish, bolajonlar ko‘zlaridagi hayotga bo‘lgan quvonchni ko‘rish barchamizni ruhlantiradi. Zero, har bir o‘yinda barchaga o‘rin bor. Ba’zan buning uchun faqat qoidalarni emas, qarashlarni ham birgalikda o‘zgartirish kifoya!


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

✅ Avval xabar berilganidek, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova boshchiligida Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 45-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

🔴 Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.


Xususan, "Sayyor qabul" davomida:

➖nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish,
➖pedagoglarning mehnat munosabatlari, ish bilan ta’minlash,
➖ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari,
➖ta'lim tashkilotlari direktorlarining mansab vakolatlariga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

🌐 Jarayonlar davomida 30 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Har bir murojaat vazir boshchiligida atroflicha o'rganildi.

⏰ Xususan, murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi, qolganlarini esa ularni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Vazirning Samarqanddagi uchrashuvlari davom etmoqda

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqand shahridagi 67-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Jarayonlar davomida muassasada inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun to‘siqsiz va qulay muhit yaratish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda ta’lim sifati va qamrovini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


🔰 Shuningdek, 67-son DMTTni inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch bog‘cha sifatida tashkil etish belgilandi.

🌐 Bu yerda inklyuziv ta’limning ilg‘or tajribalari joriy etilib, pedagoglar malakasini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy amaliyot maydoni yaratiladi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: mazkur muassasa 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 399 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM