Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

✅ Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari davom etmoqda.


➖ Bugun tashkil etilgan asosiy sessiya tadbirlarida qator strategik yoʻnalishlarda taqdimot hamda psixologik treninglar oʻtkazildi.

➖ Xususan, “Mehrli maktab” faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, “har bir bola muhim” tamoyili asosida taʼlim muassasalarida inklyuziv madaniyatni qaror toptirish, xavfsiz oʻquv muhitini shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi.

🔰 Shuningdek, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, taʼlim jarayonida individual yondashuvni taʼminlash, inklyuziv taʼlimni sifatli tashkil etishning ilmiy-amaliy jihatlari, maxsus pedagoglarni kompleks qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar tilga olindi.

👉 Interaktiv tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida hududlardagi mavjud amaliyot, tizimdagi muammolarning innovatsion yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, inklyuziv muhitni kengaytirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_hujjatlari
#eslatma

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi “Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida:

👉 2027-2028-oʻquv yilidan boshlab:

➖ nogironligi boʻlgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish boʻyicha imtihon (sinov)da belgilangan vaqt meʼyorining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha vaqt beriladi;

➖ nogironligi boʻlgan pedagog kadrlarga brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi;

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi har bir koʻzi ojiz pedagog uchun bir nafardan shaxsiy assistent (tarjimon-kotiba) shtat birligi ajratiladi.

👉 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:


➖ korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga ushbu sinfda taʼlim oladigan har bir oʻquvchi uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

📍 Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari;
📍 viloyatlar markazi va Nukus shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 9,5 baravari;
📍 boshqa tuman (shahar)larda — bazaviy hisoblash miqdorining 8,5 baravari.

➖ har yili kamida 50 ta davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼlim sifatini yaxshilash, shuningdek, taʼlimga jalb etilmagan bolalarning maktabga borishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha "Inklyuziv taʼlim muhiti" granti ajratiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’lim — barcha uchun teng imkoniyatlar

Har bir bolaning kelajakka bo‘lgan ishonchi maktab ostonasiga qo‘yilgan ilk qadamdan boshlanadi. Ta’lim muassasalarimizda yaratilayotgan moslashtirilgan muhit har bir o‘quvchiga erkin va mustaqil harakat qilish imkonini bermoqda. O‘quv dargohida samimiy qarshi olingan bola o‘zini doimo qadrli va dadil his qiladi. Mehr bilan berilgan ta’lim hamda ko‘rsatilgan e’tibor esa hech qanday to‘siqlarsiz har bir bolaning qalbiga yo‘l topadi.

Inklyuziv ta’lim — bu shunchaki yondashuv emas, balki har bir bola uchun munosib va teng imkoniyatlar yaratish demakdir.


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Eco_schools

✅ Bugun “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi yozgi ta’lim oromgohining yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiyev so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritishdi.


🔰 Ta'kidlash joiz, Vazirlik va "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan to‘rt kunlik dasturga mamlakatning barcha hududlaridan jami 128 nafar ishtirokchi - hududiy koordinatorlar, ularning yordamchi o‘quvchilari, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - loyihadagi a’zo maktablar o'rtasida tajriba almashish va o'zaro qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mentorlik tizimini joriy etishdan iborat.

📍Ishtirokchilar loyihaning xalqaro “7 qadam” metodologiyasi bilan chuqur tanishdi, jamoada samarali ishlash, liderlik va mentorlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi hamda o‘z tuman va shaharlarida loyihani tizimli boshqarish, muvofiqlashtirish va barqaror rivojlantirish boʻyicha bilim olishdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Samarqandda bo'lib o'tayotgan “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari jarayonlaridan lavhalar

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM