Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturi taqdim etildi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta‘lim markazi va qator xorijiy tashkilotlar hamkorligida Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturini rasman taqdim etishga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo’linmasi loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov so'zga chiqib, mazkur loyiha doirasida erishilgan natijalar va rejalar haqida so‘z yuritishdi.

Tadbirda shuningdek, UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Mariya Kastijio, Respublika Ta‘lim markazi direktori Dilshoda Norboyeva hamda hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.


🔰 Ma‘lumot o‘rnida: Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturida barcha o‘quvchilar uchun aniq o‘quv maqsadlari belgilangan bo‘lib, qariyb ikki yil davomida 147 nafar milliy va 30 nafar xalqaro mutaxassis ishtirokida ishlab chiqildi.

Jarayon dalillarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etilib, uning doirasida 260 dan ortiq ishchi uchrashuv va maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

🌐 Ilg‘or xalqaro tajriba va ekspert salohiyatiga tayangan holda tashkil etilgan mazkur jarayonning muhim jihati shundaki, ilk bor barcha fanlar bo‘yicha milliy ishchi guruhlar xalqaro fan ekspertlari bilan tizimli va uzluksiz hamkorlik qildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida ta’kidlanganidek, Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.

Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi.

Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_sovgasi

1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” yetkazib berilmoqda

✅ Mazkur sovg‘alar bolajonlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi hamda ta’lim olishlari uchun zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-2027-oʻquv yilida 795 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.


📍 Foto va videolavhalarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Xorijiy_tillar

🔴 "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" Respublika tanlovi davom etmoqda.

✅ Bugun ishtirokchi o‘quvchilar tinglab tushunish (listening), o‘qish (reading), yozish (writing) ko‘nikmalari va gapirish (speaking) bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🌐 Ma’lumot uchun, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi.

1-bosqichda Respublika bo‘yicha jami 8 721 ta maktab ishtirok etgan bo‘lib, jami o‘quvchilar soni 43 605 nafarni tashkil etdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM