Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф

✅ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi Jalol Rahmatov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

🔰 Mazkur davlat mukofoti ustozning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy faoliyati va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bryusselda TIMSS 2027 milliy tadqiqot koordinatorlarining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

✅ Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullari qatnashdi.


IEA, Boston College TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (ISC) ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir doirasida:

➖ TIMSS 2027 tajriba-sinovi natijalari;
➖ baholash materiallari va so‘rovnomalar;
➖ maktablarni tanlab olish;
➖ ma’lumotlarni boshqarish;
➖ asosiy tadqiqotga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

🔰 Shuningdek, IEA va ISC ekspertlari bilan O‘zbekiston kesimida alohida konsultatsiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Zamin Education loyihasi doirasida har yili o‘tkaziladigan yozgi inklyuziv IT-oromgoh o‘z nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafar iqtidorli yoshlar axborot texnologiyalari, ijod va yangi kashfiyotlar olamiga sho‘ng‘idi. Yana 4100 nafar o‘quvchi mashg‘ulotlarga onlayn tarzda qo‘shildi.

Besh kun davomida ekspert-murabbiylar ishtirokchilarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishtirib, ularning veb-sayt yaratish, 3D-modellashtirish, robototexnika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashdilar.

Barcha ishtirokchilarni oromgohni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilishini tilaymiz!

—

В рамках проекта Zamin Education прошёл ежегодный летний инклюзивный IT-лагерь.

150 талантливых ребят из разных уголков страны погрузились в мир информационных технологий, творчества и новых открытий, а ещё 4100 школьников присоединились к занятиям онлайн.

На протяжении пяти дней эксперты-преподаватели знакомили участников с возможностями искусственного интеллекта, развивали их технические навыки в создании сайтов, 3D-моделировании, робототехнике и цифровых технологиях.

Поздравляем ребят с успешным завершением лагеря и желаем, чтобы полученные знания стали драйвером для реализации новых возможностей!

#ZaminEducation

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Audiochat

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida yangi oʻquv yilidagi yangiliklar va maktablarda dars taqsimoti masalasiga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tdi.

📊 Unda vazirlik mutaxassislari, 600 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga real vaqt rejimida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda javob olishdi.

Muloqot davomida:

➖Yangi oʻquv yilida kutilayotgan yangiliklar va rejalar,
➖pedagoglar oʻrtasida dars taqsimotini nizom talablariga muvofiq amalga oshirish boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj

⏰ “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — ezgu tashabbus davom etmoqda!

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab kutubxonalarini yangi adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning bilim olishi va dunyoqarashini kengaytirishga ko‘maklashish hamda ma’rifat ulashish an’anasini rivojlantirishdan iborat.


🔰 Mazkur chellenj doirasida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov o‘zi tahsil olgan Termiz shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 300 dan ortiq badiiy va adabiy kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.
__________

🌐 Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilarining yoshiga mos tavsiyaviy adabiyotlar RO‘YXATI e'lon qilingan.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Мактабгача_таълим

Surxondaryolik metodistlar uchun seminar-trening tashkil etildi


✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyati tuman va shaharlarining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga mas’ul metodistlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
 
➖ Unda quyidagi mavzularda so‘z bordi:

🔹“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining uchinchi nashrini amaliyotga joriy etish: mazmuniy yangilanishlar, ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar;
🔹Bolalarning beshta tayanch kompetensiyasini shakllantirish: zamonaviy yondashuvlar va amaliy yechimlar;
🔹 “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi: maktabgacha ta’limda o‘yinga asoslangan ta’limni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari va amaliy natijalari;
🔹 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pullik xizmatlarni yo‘lga qo‘yishning huquqiy asoslari: tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari.


📍Shuningdek, trening ishtirokchilari Toshkent shahridagi 201-, 43- hamda 122-DMTTda bo‘lib, Reggio Emilia yondashuvi va o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan tajriba almashishdi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Sietl shahri 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B.Uilson 2026-yil 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.


🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.

🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi

🔴Ayni daqiqalarda davlat rahbari tabrik nutqini so‘zlamoqda. Bayramni Prezident matbuot xizmatining Telegram, Youtube va Facebook sahifalari haqida jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM