Forwarded from Saida Mirziyoyeva
O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan boshlangan o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.
Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.
Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.
Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!
—
Очень рада видеть, что программа узбекских исследований, запущенная нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.
Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.
Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.
Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной!

Forwarded from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from "KELAJAK SOATI" rasmiy
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Hurmatli bayram ishtirokchilari!
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.
Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.
Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!
Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!
Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎉1
Forwarded from E’zoza Karimova
Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!

#Биринчи_қўнғироқ
🔴 Bugun yurtimiz bo‘ylab barcha umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi
🔰 Jonajon O‘zbekistonimizning 35 yillik mustaqillik ayyomi bilan birgalikda kechayotgan ushbu unutilmas kunda 795 ming nafardan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari katta hayotga qadam qo‘ymoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: 2026-2027-o‘quv yilida mamlakatimizdagi mavjud 10 225 ta umumta’lim maktablarida 550 mingdan ortiq o‘qituvchilar 6,7 mln. nafardan ortiq o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beradi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Yurtimizdagi barcha umumtaʼlim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbirlari yuqori surʼatda tashkil etildi.
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga hamohang ravishda oʻtkazilgan bayram shodiyonalarida vazirlik rahbariyati vakillari hamda masʼul xodimlari ham ishtirok etdi va oʻquvchilarga oʻz tilaklarini bildirishdi.
➖ Tadbirlar davomida Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz maktablari oʻquvchilari va ustoz-murabbiylariga bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.
👉 Foto: joylarda boʻlib oʻtgan tadbir jarayonlaridan.
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Fargʻona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Toshkent shahri
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM