Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Islohotlar_samarasi

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida:

✅ Ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish hamda ta’limga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni olib kirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

🇹🇷 Turkiya bilan kelishuv doirasida Istanbul shahrida xorijdagi ilk O‘zbekiston davlat maktabi qurilmoqda. 600 o‘rinli mazkur muassasada ta'lim to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi, joriy yilning 30-yanvar kuni Prezident tashrifi doirasida maktab qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi.

🇺🇸 AQSh bilan hamkorlik doirasida 200 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi FLEX dasturi orqali AQShda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, joriy o'quv yilida ham 30 nafar o'quvchi AQShga yuborildi. ACCESS dasturi esa 9 ta viloyatdagi 11 ta maktabni qamrab olib, Ikki yillik intensiv ingliz tili kurslari yo‘lga qo‘yilib, joriy yilda ham qariyb 500 nafar o‘quvchi ushbu darslar bilan qamrab olindi.

🇫🇷 Fransiya bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun fransuz tili darsliklari mahalliy ta’lim muhitiga moslashtirilmoqda. 2027–2028-o‘quv yili uchun 190 ming nusxadan ortiq darslik va ish daftarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, joyil yilda 160 nafarga yaqin fransuz tili fani o'qituvchilarining malakasi Fransiyada oshirilmoqda.

🇷🇺 Rossiya bilan hamkorlik doirasida 2020-yildan buyon 1 500 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim pedagogi hamda 10 mingdan ortiq maktab o‘qituvchisi malaka oshirdi. Shuningdek, 600 nafardan ortiq rossiyalik pedagog va metodist O‘zbekistonda faoliyat yuritdi.

🇬🇧 Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda 100 dan ortiq maktabda ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishining yangi modeli yaratilmoqda. 2026-yilda 70 nafar o‘quvchini Buyuk Britaniyaga ta’limiy sayohatga yuborish rejalashtirilgan.

🇰🇷 Koreya bilan hamkorlikda har yili 15–30 nafar informatika o‘qituvchisi sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirmoqda. Shuningdek, 12 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan Toshkent shahrida innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti va malaka oshirish markazi qurilmoqda.

🇨🇳 Xitoy bilan hamkorlik doirasida joriy yilning iyun–avgust oylarida 100 nafarga yaqin ta’lim sohasi vakili xalqaro seminar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Shuningdek, sun’iy intellekt bo‘yicha 7 jildlik o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tiliga mahalliylashtirilmoqda.

🇯🇵 Yaponiya bilan hamkorlik doirasida JICA hamkorligida 2 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan “Ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim tadqiqotlari va baholash salohiyatini kuchaytirish (2025–2028-yillar)” loyihasi amalga oshirilmoqda.

💻 Raqamli ta’lim yo‘nalishida 10 mingdan ziyod maktabga “Canva for Education” platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Hamkorlik doirasidagi grantning umumiy qiymati 20 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

🌐 UNICEF, UNESCO, UNDP va UNFPA bilan hamkorlikda inklyuziv, raqamli va sifatli ta’limni rivojlantirish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yaqin kunlarda Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda UNESCO shafeligidagi II toifali Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochilishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasb tanlashda ilk qadam: maktabdagi imkoniyatlar

✅Bugun o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash hamda zamonaviy kasblar haqida tasavvurini kengaytirishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

📊2026-yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha 400 ta maktabda 23 mingdan ortiq o‘quvchi kasb-hunarga o‘qitildi. Shuningdek, 640 ta texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, qariyb 901 ming nafar bitiruvchi qamrab olindi.

➡️Shu o‘quv yilidan esa kasbga yo‘naltirish jarayoni yanada erta bosqichdan boshlanadi. Bog‘cha yoshidagi bolalardan tortib yuqori sinf o‘quvchilarigacha ularning yoshi va qiziqishiga mos uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlari joriy etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Namangan: "Sayyor qabul"da fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi


➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Temur Komilov ishtirokida Namanganda “Sayyor qabul” tashkil etildi.

🟢 Unda viloyatdagi ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan, jarayonlar davomida fuqarolar tomonidan 25 ta murojaat bildirildi.

Murojaatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish, ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda ularni zamonaviy jihozlash, pedagoglarning mehnat munosabatlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.


📊 Ularning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

⏰ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING

✅ Joriy yil davomida vazirlik tizimiga jami 36 650 ta murojaat kelib tushgan hamda ularning 17 306 tasi ijobiy hal etilgan, 16 mingtaga yaqin murojaatlarga huquqiy va boshqa turdagi tushuntirishlar berib oʻtilgan.

👉 Murojaatlarning asosiy qismi:

➖ taʼlim sohasi xodimlari kasbiy faoliyati;
➖ bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablariga joylashtirish;
➖ maktab faoliyati;
➖ xodimning ishga kirishi yoki oʻz ish oʻrniga tiklanishi;
➖ ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblash.

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati vakillari tomonidan hududlarda 17 ta sayyor qabul tashkil etildi va 521 nafar fuqaroning murojaatlari yuzma-yuz qabul qilindi.

👉 Vazirlik Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali ham fuqarolarning 42 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlariga tezkor javob berildi.

➖ Tizimdagi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha murojaat qilish uchun @mmtv_anticorbot maxsus telegram-boti, ishga joylashish va boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha ish.uzedu.uz, vacancy.argos.uz elektron platformalari faoliyat yuritmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozga_ehtirom

Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?

➖ 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.

🎥 Ustozingiz bilan bog‘liq unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz yoki ezgu tilaklaringizni qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.

📲 Videoda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy sahifalarida ulashiladi.

🎉 “Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤Telegram                   🌐 Facebook
🌐Youtube                     🌐Instagram
🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Uch avlod uchrashuvi: maktab kutubxonasiga 500 ta kitob sovg‘a qilindi


✅ Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi Orzuqul Soatov, ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, faol pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.


➖Uchrashuvda avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analarining ahamiyati, yoshlarni bilim va ezgu maqsadlar sari ruhlantirish masalalari haqida fikr almashildi.

🔰 Suhbat yakunida maktab kutubxona fondini boyitish maqsadida 500 ta kitob topshirildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

UNESCO tarixida ilk bor ustozlar vazirlar panelida: o‘zbekistonlik o‘qituvchi jahon pedagoglari nomidan so‘zga chiqdi

✅ Joriy yilning 8-11-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida “Sun’iy intellekt davrida ta’lim: Faktlar, muammolar, yangi ufqlar" mavzusida YUNESKOning Raqamli ta’lim haftaligi — 2026 bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning qator mamlakatlaridan kelgan pedagoglar, ekspertlar va ta‘lim sohasi xodimlari, xususan ISHONCH — Vision 2030 loyihasi mentorlari ishtirok etishdi.


🔰 Tadbirlar davomida sun‘iy intellekt, raqamli ta‘lim va kelgusi rejalarga bag‘ishlangan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

⏰ Unda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari so‘zga chiqib, ta'limdagi yangi tendensiyalar, sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta‘limga e‘tibor va ta‘limda sun‘iy intellekt yo‘nalishidagi tajribalar haqida so‘z yuritishdi.

🌐Ta‘kidlash joiz: 15 yildan beri UNESCOning Parijdagi Bosh qarorgohida o‘tkazib kelinayotgan Raqamli ta’lim haftaligi tarixida ilk bor maktab o‘qituvchilari ta'lim vazirlari bilan bir qatorda panel sessiyalarida ishtirok etishdi.

🔹Bunda o‘zbekistonlik ustoz — Durdona Boynazarova butun dunyo ustozlari nomidan so’zga chiqib, ta’limda sun’iy intellekt, bu boradagi siyosatni ishlab chiqishda ustozlarning roli haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Behruz Ruziyev va Sevara Shamsiyevalar tadbirda o‘z taqdimotlari bilan qatnashishdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nukusda “Muvozanat” loyihasi doirasidagi uch kunlik psixologik trening yakunlandi

➖ Qoraqalpog’istonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Muvozanat” loyihasi doirasidagi treninglar bo‘lib o‘tdi.

🟢 Mazkur loyiha pedagoglarning emotsional salomatligini mustahkamlash, kasbiy va hissiy charchashning oldini olish hamda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

⏰ Trening davomida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

➖ pedagoglar va psixologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish;
➖ o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash texnikalari;
➖ emotsional intellektni rivojlantirish va kasbiy motivatsiyani oshirish.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM