Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

❓ Men оlis hududdagi maktabda ishlayman. Bu yerda 4 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi bor. Biri 1-toifa, biri 2-toifa, birida faqat milliy sertifikat bor. Menda esa ham milliy sertifikat (B+), ham 2-toifa bor.

Bunday holatda, ustozlar o‘rtasida dars taqsimotini amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratiladi?


✅ Mazkur holatda dars taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 15-bandi bilan tartibga solinadi.

Unga ko’ra, dars soatlari maktabning joylashgan o‘rni (olis hududda yoki shaharda ekanligi) bo‘yicha emas, balki o‘qituvchilarning malaka toifasi va fan sertifikatining mavjudligi kabi kasbiy ko‘rsatkichlarining ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilangan.

❗️Shu sababli, dars soatlari hududning maqomiga qarab emas, balki 3271-sonli qarorning 15-bandida ko‘rsatilgan toifa va mavjud sertifikat asosida taqsimlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Рақамли_таълим

📊 24 ta interaktiv davlat xizmati, maktablarni internetga ulashdagi 100 foizlik koʻrsatkich va ustozlar malakasini oshirish — AKT va sun'iy intellekt yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar RAQAMLARda

✅ Bugungi kunda Respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablariga Internet tarmogʻi infratuzilmasi olib kelindi hamda internetdan foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

🔹“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yoshlarni xalqaro ta’lim platformalari orqali o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, “Coursera” platformasida 401 236 nafar, omp.aistudy.uz platformasida esa 493 300 nafar yoshlar o‘qitildi.

Bu o‘quvchilar va yoshlarning sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


⏰ "Yangi O'zbekiston" universitetida 1 400 nafar Informatika oʻqituvchilari mentor sifatida tayyorlandi.

📍 “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari uchun “InfoTeach-2026” forumi tashkil etib kelinmoqda. Unda 6 000 dan ortiq oʻqituvchilar va 150 dan ortiq AKT mutaxassislar ishtirok etishdi. 

📊Bugungi kunda interaktiv davlat xizmatlari soni 24 taga yetkazildi.

✔️Umumtaʼlim maktablaridagi 15 906 ta kompyuter sinfi mavjud boʻlib, ulardan 14 253 tasi (90%) zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlangan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Milliy_tarbiya

Maktabgacha ta’limda milliy tarbiya modeli amaliyotga joriy etilmoqda


✅ Bugun Olmazor tumanidagi 441-sonli DMTTda “Maktabgacha taʼlimda milliy tarbiya modeli – kelajak avlod tarbiyasining strategik yoʻnalishi” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva soʻzga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonidan taʻlimga qaratilayotgan eʻtibor, mamlakatimizda taʼlim olish imkoniyatlari sezilarli darajada kengayganini, endilikda asosiy vazifa taʼlim va tarbiya sifatida oʻzgarishlarga erishishdan iborat ekanini taʼkidlab oʻtdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova oʻz nuqtida maktabgacha taʻlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, "Milliy tarbiya" modelining ahamiyati va kelgusi rejalarga toʻxtalib oʻtdi.


🔹 Tadbirda shuningdek, senatorlar, vazirlik mas'ullari, tuman MMTB va poytaxtimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari qatnashishdi.

📚 Seminarda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida milliy meros va xalqaro tajribalar uyg‘unlashtirilgani, uni amaliyotga joriy etish doirasida 265 mingdan ortiq rahbar va pedagog xodim o‘qitilgani ma’lum qilindi. Dasturdagi qadriyatlarni bolalarga o‘yin, ertak tinglash, mehnat va o‘zaro yordam kabi kundalik faoliyatlar orqali singdirish usullari yoritildi.

🔰 Ishtirokchilarga “O‘zbek tilini o‘ynab o‘rganamiz” platformasi hamda bolalarni turli kasblar bilan tanishtiruvchi “Kasblar alifbosi” doirasidagi mashg‘ulotlar namoyish etildi. Shuningdek, har bir guruhdagi beshtadan rivojlanish markazi, milliy-ma’naviy va vatanparvarlik burchaklari, budjet mablag‘lari hisobidan yetkazib berilayotgan o‘quv-metodik va didaktik materiallar bilan tanishildi.

🔷 Tadbirda ota-onalar va mahalla faollari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-ma’rifiy ishlar, oilalar bilan muntazam muloqot tajribasi ham taqdim etildi. Milliy tarbiyani ta’lim tashkilotlari, oila, mahalla, tegishli vazirlik va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari hamkorligida tizimli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.

O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.

Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.

Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur  — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu.

—

Ознакомилась с работой специализированной
школы-интерната с углублённым изучением иностранных языков. Здесь начали обучение более 260 талантливых детей.

Особое внимание будет уделяться STEM-направлению: математике, физике, химии, биологии и IT. Ребята смогут изучать их углублённо, работать над проектами, учиться применять знания на практике, а также проводить самостоятельные исследования. Серьёзная языковая подготовка включает английский и китайский.

При этом значительная часть учебной программы посвящена родному языку, истории, литературе и культуре Узбекистана.

Мне близок такой подход — дать детям современное образование и возможности для будущего, сохраняя прочную связь со своей страной и её культурой.