Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqand jahon sammiti: ikki kun, beshta ustuvor yo‘nalish va bolalar kelajagi uchun muhim qarorlar

21–22-oktabr kunlari Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammit davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlarni bolalar farovonligi bilan bog‘liq beshta ustuvor yo‘nalish atrofida birlashtiradi:
✅ Bolalarga investitsiya — ularning farovon kelajagi uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
✅ Ijtimoiy himoya — bolalar manfaatlarini hisobga oluvchi yangi avlod ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish.
✅ Bolalarni himoya qilish — integratsiyalashgan himoya tizimlarini mustahkamlash.
✅ Sog‘liqni saqlash — bolalar salomatligini ta’minlovchi adolatli va barqaror tizimlarga investitsiya kiritish.
✅ Ta’lim va erta rivojlanish — sifatli, inklyuziv ta’lim hamda teng imkoniyatlarni kengaytirish.

❗️ 21-oktabr — sammitning birinchi kuni.

Rasmiy ochilish marosimi, yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishlar, bolalarga keng ko‘lamli investitsiyalar, ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkaziladi.

❗️ 22-oktabr — sammitning ikkinchi kuni.

Bolalar salomatligi, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilinadi. Yakuniy yalpi yig‘ilishda bolalar farovonligiga investitsiyalar to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi, mavzuli muhokamalar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi.

Samarqand ikki kun davomida bolalar kelajagiga investitsiya kiritish, xalqaro tajriba almashish va amaliy yechimlarni ilgari surish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylanadi.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Sammit doirasida: UNICЕF mintaqaviy direktori Samarqanddagi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi

✅ Xabaringiz bor, Samarqand shahri 21-22-oktabr kunlari “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammitiga mezbonlik qiladi.

Mazkur sammitda qatnashayotgan xorijiy delegatsiyalar vakillari, xususan UNICEFning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder hamda tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari Samarqand shahridagi 67-sonli DMTTda bo‘lishdi.


➖ Jarayonlar davomida mehmonlar tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishishdi.

🔹 Shuningdek, SmartED loyihasi doirasida joriy etilayotgan yangi maktabgacha ta’lim o‘quv dasturi, jumladan, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshirilayotgan zamonaviy va inklyuziv ta’lim yondashuvlari mehmonlarga taqdim etildi.

🌐 Ma‘lumot o‘rnida: bugungi kunda 67-sonli MTTda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Shundan 3 nafari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular inklyuziv guruhlarda tarbiyalanmoqda.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

❓Pedagog kadrlar malaka toifasini olish uchun necha ball to‘plashi zarur?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorining 1-bob 44-bandida quyidagicha belgilab qo‘yilgan:

Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;
➡️80 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);


Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilgan;
➡️70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;
➡️70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);


Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➡️70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilgan;
➡️60 balldan 69 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;
➡️60 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);


Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➡️60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan;
➡️55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan;
➡️55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.
 


🔰Eslatma:Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 “Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuksak baho berdi

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

✅Taqdimotda 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarida yana 500 mingta ish o‘rni yaratish, 5,5 million nafar yoshni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitishga qaratilgan yondashuvlar koʻrib chiqildi.

🔺Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun “Al-Xorazmiy vorislari” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihalarini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari hamda xususiy oʻquv markazlari imkoniyatlarini birlashtirish nazarda tutilmoqda.

📊 Davlatimiz rahbari robototexnika, kompyuter oʻyinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni oʻqitish vazifasini qoʻydi.

🌐 Taqdimotda oliy taʼlimda tayyorlanayotgan kadrlar malakasini texnologiyalar va mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

🔹 Shuningdek, informatika oʻqituvchilarining sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlarini oshirish va ularni sertifikatlash, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun xalqaro raqamli taʼlim kurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni taʼlim bilan bogʻlashga ham eʼtibor qaratildi.

Raqamli taʼlimga global texnologik kompaniyalarni keng jalb qilish zarurligi qayd etildi.

⏰ Oʻtgan yili ushbu yoʻnalishda 22 million dollar grant jalb qilingan. Tizimli hamkorlik orqali mazkur koʻrsatkichni shu yil yakunigacha 60 million dollarga, 2030-yilga borib esa yiliga 100 million dollarga yetkazish topshirildi.

🔰 Prezidentimiz raqamli taʼlimda qamrov bilan birga oʻqitish sifati va uning bandlikka taʼsiri ham asosiy mezon boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi

Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉1
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🎉6👏2
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3🤨1
Ta’lim va ilm-fan vaziri o'rinbosarlari jamoaga tanishtirildi

✅ Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov rahbarligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq vazirlik rahbariyatida kadrlar tayinlovlari amalga oshirilgani ma‘lum qilindi.


🔺 Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mas’uliyatni oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏1