This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi
❓Pedagog kadrlar malaka toifasini olish uchun necha ball to‘plashi zarur?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorining 1-bob 44-bandida quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
🔰Eslatma:Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.
🌍 🌍 🌍 🌍 🌍 🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:➡️ 80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;➡️ 80 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:➡️ 80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilgan;➡️ 70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;➡️ 70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:➡️ 70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilgan;➡️ 60 balldan 69 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlangan;➡️ 60 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:➡️ 60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan;➡️ 55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan;➡️ 55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.
🔰Eslatma:Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi
✅Taqdimotda 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarida yana 500 mingta ish o‘rni yaratish, 5,5 million nafar yoshni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitishga qaratilgan yondashuvlar koʻrib chiqildi.
🔺 Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun “Al-Xorazmiy vorislari” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihalarini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari hamda xususiy oʻquv markazlari imkoniyatlarini birlashtirish nazarda tutilmoqda.
📊 Davlatimiz rahbari robototexnika, kompyuter oʻyinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni oʻqitish vazifasini qoʻydi.
🌐 Taqdimotda oliy taʼlimda tayyorlanayotgan kadrlar malakasini texnologiyalar va mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
🔹 Shuningdek, informatika oʻqituvchilarining sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlarini oshirish va ularni sertifikatlash, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun xalqaro raqamli taʼlim kurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni taʼlim bilan bogʻlashga ham eʼtibor qaratildi.
Raqamli taʼlimga global texnologik kompaniyalarni keng jalb qilish zarurligi qayd etildi.
⏰ Oʻtgan yili ushbu yoʻnalishda 22 million dollar grant jalb qilingan. Tizimli hamkorlik orqali mazkur koʻrsatkichni shu yil yakunigacha 60 million dollarga, 2030-yilga borib esa yiliga 100 million dollarga yetkazish topshirildi.
🔰 Prezidentimiz raqamli taʼlimda qamrov bilan birga oʻqitish sifati va uning bandlikka taʼsiri ham asosiy mezon boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅Taqdimotda 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarida yana 500 mingta ish o‘rni yaratish, 5,5 million nafar yoshni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitishga qaratilgan yondashuvlar koʻrib chiqildi.
📊 Davlatimiz rahbari robototexnika, kompyuter oʻyinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni oʻqitish vazifasini qoʻydi.
🌐 Taqdimotda oliy taʼlimda tayyorlanayotgan kadrlar malakasini texnologiyalar va mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
🔹 Shuningdek, informatika oʻqituvchilarining sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlarini oshirish va ularni sertifikatlash, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun xalqaro raqamli taʼlim kurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni taʼlim bilan bogʻlashga ham eʼtibor qaratildi.
Raqamli taʼlimga global texnologik kompaniyalarni keng jalb qilish zarurligi qayd etildi.
🔰 Prezidentimiz raqamli taʼlimda qamrov bilan birga oʻqitish sifati va uning bandlikka taʼsiri ham asosiy mezon boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉1
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🎉6👏2
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3🤨1
Ta’lim va ilm-fan vaziri o'rinbosarlari jamoaga tanishtirildi
✅ Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov rahbarligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔺 Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mas’uliyatni oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov rahbarligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq vazirlik rahbariyatida kadrlar tayinlovlari amalga oshirilgani ma‘lum qilindi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏1
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning bebaho timsolidir.
Asrlar davomida xalqimizning orzu-intilishlari, tafakkuri va hayot tajribasini o‘zida mujassam etgan o‘zbek tili bugun ham milliy birligimiz va ma’naviy yuksalishimizning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har birimiz uchun sharafli burchdir.
Zero, ona tiliga e’tibor — milliy qadriyatlarimizga e’tibor, uning ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlar esa ma’naviy taraqqiyotimiz va kelajagimizga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

👍4