Халқ таълими вазирлиги ишчи гуруҳи Навоий вилоятидаги мактаблар фаолиятини ўрганмоқда
Ўрганиш ишлари Кармана тумани ва Навоий шаҳарлари мактабларида давом этди. Унда олий таълим муассасасига кириш кўрсаткичи энг юқори ва паст бўлган мактаблардаги таълим сифати ўрганилди. Мактабларни ахборотлаштириш, ўқишга кириш бўйича қўшимча тўгараклар ташкил этиш ҳамда таълим бериш самарадорлигини ошириш бўйича тавсиялар берилди.
Шунингдек, вазирлик томонидан вилоятдаги иккита мактабга компьютер синфи совға қилинди ва информатика ўқитувчилари билан семинар ўтказилиб, улар билан олдиларига қўйилган вазифалар муҳокама қилинди.
Батафсил: https://bit.ly/3p40F4o
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Forwarded from O'qituvchilar Assotsiatsiyasi | Teachers’ Association
👩🏻🏫Saibova Iroda- Xalq ta'limi a'lochisi, mamlakatimizdagi eng tajribali, ilg'or o'qituvchilardan biri.
U koreyalik mutaxasislardan maslahatlar olib, ta'lim tizimini takomillashtirishda hamda o'quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishda tinmay mehnat qilmoqda.
✍🏼Shu bilan birga Iroda opa matematik masalalarga oid o'nlab maqolalar muallifidir.
Hozirda u UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkillangan loyihalarda ,zamonaviy darslik va nazorat sinovlarining yangi shakllarini yaratish ustida tinimsiz ishlab kelmoqda.
Batafsil
Telegram| Facebook| Instagram

Халқ таълими вазирлиги ишчи гуруҳи Навоийдаги юқори кўрсаткичли мактаблар тажрибаси билан танишди
Халқ таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифходжаев бошчилигидаги ишчи гуруҳ айни дамда Навоийда бўлиб тургани ҳақида аввалроқ хабар бергандик.
Вазирлик вакиллари Навоий - Қоракўл мактаб-интернатида бўлиб, у ерда яратилган шарт-шароитлар билан танишди. Қоракўл тажрибаси асосида ташкил этилган мактаб вилоят ҳокимининг қўллаб-қувватлаши билан бугун вилоятдаги замонавий мактаб сифатида фаолият юритиб, мактабда қоракўллик ўқитувчи ва педагоглар дарс бериб келмоқда.
Ишчи гуруҳ томонидан вилоятда Президент фармони билан ташкил этилган информатикага ихтисослаштирилган мактаб фаолияти ўрганилди, уларнинг олдида турган вазифалар бўйича кўрсатмалар берилди.
Шунингдек, олий таълим муассасасига кириш кўрсаткичи юқори бўлган 17-мактабдаги ишлар билан танишилди. У ердаги мактаб жамоаси билан фикр алмашилиб, тажрибани бошқа мактабларда ҳам оммалаштириш зарур эканлиги белгиланди.

Yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumanida mintaqaviy matematika olimpiadasi oʻtkazildi
Mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida fan olimpiadalari tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 27-avgustida tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazilib, xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.
Bu kabi ijobiy ishlar oʻquvchilarning fan olimpiadada ishtirok etishga qiziqishini yanada oshirib, iqtidorli oʻquvchilar safini kengaytirmoqda.
Shunday tashabbuslarni davom ettirgan holda Xalq taʼlimi vazirligi navbatdagi fan olimpiadasini Xorazm viloyatining shu yili tashkil etilgan yangi Tuproqqal'a tumanida oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi.
Bugun Tuproqqal'a tumanida matematika va dasturlash fanlaridan mintaqaviy olimpiada boʻlib oʻtmoqda. Ushbu olimpiada Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi qarorida belgilangan vazifalar doirasida oʻtkazilmoqda.
Ushbu olimpiadada umumtaʼlim maktablarining 100 nafarga yaqin 7-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Matematika fanidan 11 ta va dasturlash boʻyicha 15 ta ishtirokchi gʻolib deb topildi. Matematika boʻyicha 1-oʻrin, 2-oʻrin va 3-oʻrin sohiblari mos ravishda 1875000, 1250000, 625 000 soʻm, dasturlash boʻyicha esa 1500000, 1000000, 500000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Ushbu oʻquvchilar bilan tizimli ishlash ta’kidlandi.

Forwarded from IT taʼlim
Siz suratda koʻrib turgan yigit 27 yil avval Stenford universitetida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritgan. Hindistondan u yerga uchib borish uchun mablagʻ kerak edi. Shu bois uning otasi bankdan qariyb bir yillik maoshiga teng pul olib, chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSH ga uchib ketadi.
Oʻsha yigit — Sundar Pichay 2015-yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019-yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng boʻlgan. Kelajakka tikilgan eng yaxshi sarmoya — farzand taʼlimi uchun sarf qilingan sarmoyadir.
©️Shuhrat Sattorov
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM