Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Халк таьлими вазири ўринбосари Сурхондарёда бўлди

Халк таьлими вазири ўринбосари Темур Комилов ҳамда Музработ тумани прокурори Хуршид Эркинов тумандаги 8-9-32-41-сонли мактаблар ҳолатини ўрганди.

Яроқсиз деб топилган ва таъмирталаб мактаб биноларининг ҳолати кўздан кечирилиб, улардан самарали фойдаланиш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш тавсиялари берилди.

Шунингдек, Темур Комилов Термиз туманида жойлашган 3-сонли мактабида Сурхондарё вилояти халқ таълими бошқармаси бошлиғи, Термиз туман халқ таълими бўлими мутасаддилари, мактаб ходимлари ҳамда маҳалла фаоллари ва фуқаролари иштирокида таълим жараёнидаги муаммолар, таълим сифатини яхшилаш юзасидан суҳбатлашди.
Forwarded from "TA'LIM" TVTIFB🇺🇿
✅Халқ таълими вазири ўринбосари Тошкент вилоятидаги мактаблар ҳолатини ўрганди ва ўз тавсияларини берди

Халқ таълими вазири ўринбосари Иброҳим Жўраев Тошкент вилоятининг Қибрай тумани 29-сонли умумтаълим мактаби, Янгийўл тумани 27-сонли умумтаълим мактаби, Тошкент тумани 7-,4-сонли умумтаълим мактаблари ва Зангиота туманидаги 43-сонли мактабларига борди.

Хизмат сафари давомида таълим муассасаларининг ер майдонлари ва дахлсизлиги, бўш ер майдонларидан ҳамда бўш бино иншоотларидан унумли фойдаланиш, мактаб биноларини соз ҳолатда сақлаш, 2021 йилда таъмирланиши кўзда тутилган умумтаълим мактабларини таъмирланиш жараёнида унинг сифати ва ўқувчиларга қулай шарт-шароит яратиш учун эътибор қаратиш лозим бўлган жиҳатлар юзасидан ўзининг таклиф ва тавсияларини берди.

➖➖➖➖➖
📱 "Тошкент вилояти ХТБ" - каналига обуна бўлинг!👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Central Asian University
🏆 AKFA University is pleased to announce a call for submissions for the Motivational Letter (in English) Contest in 2021 to provide a new type of scholarship for successful applicants.

🏆 AKFA Universiteti yangi turdagi stipendiyalarni iqtidorli abituriyentlarga taqdim etishni ko‘zda tutuvchi 2021-yilda o‘tkaziladigan "Motivatsion xatlar" (ingliz tilida) tanlovi uchun arizalarni qabul qilish jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.

🏆 Университет AKFA (AU) рад объявить о приеме заявок на участие в конкурсе мотивационных писем (на английским) в 2021 году, чтобы предоставить новый тип стипендий для успешных абитуриентов.

https://akfauniversity.org/akfa-university-announces-motivational-letter-contest/


Website | Facebook | Telegram | Instagram
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat #kuntesti qaytmoqda🤩

KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi yangilik🆕

Endi yanada qulay va yangi imkoniyatlarga boy
mobil ilova:

📈Har bir fandan natijalaringizning muntazam statistikasi;

👩🏻‍🏫 Testlar aynan maktab dasturidagi mavzular ketma-ketligida boʻlishi;

📊 Respublika, viloyat, tuman va maktabingiz boʻyicha reytingizni bilib borish imkoniyati;

📝 Har bir testlarning yechimlarini oʻrganish;

Ilovani Playmarketdan hoziroq yuklab oling:

📲 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kunTesti

❓Kuntesti ilovasi boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar:

https://sites.google.com/view/kuntesti-f-a-q/asosiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йил 5 март куни Бош прокуратура ташаббуси билан мутасадди идоралар ҳамкорлигида Қибрай туманидаги 12 та умумтаълим мактабларида якка тартибда таълим оладиган 20 нафар ўқувчиларга “Бош прокурор совғалари”, 3 нафар ўқувчиларга ногиронлик аравачалари топширилди.

Шунингдек, 4 нафар ижтимоий ёрдамга муҳтож бўлган оила фарзандларига турар жой шароитларини яхшилашда амалий ёрдам кўрсатилди.

Бундан ташқари, 48 та умумтаълим мактабларга зарур бўлган
9 турдаги спорт инвентарлари ва 6 турдаги мусиқа асбоблари етказиб берилиши таъминланди.

Миллий кураш бўйича спорт тўгаракларига ўқувчиларни кенгроқ жалб қилиш учун тавсиялар берилди.

Бу борадаги тадбирлар давом этмоқда.

👉 @uzbprokuratura
Forwarded from IT taʼlim
​​"Tarbiya" fani uchun maxsus sayt ishga tushdi

2020-2021- oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "Tarbiya" fani joriy qilingan edi.

Ushbu fan oʻquvchilarni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlashi, faol fuqarolik pozitsiyasi, masʼuliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sogʻlom eʼtiqod, maʼrifatparvarlik, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishi bilan avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi.

Yangi yondashuvlar oʻqituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida o'tishni taqozo etadi. Shuni hisobga olib, yangi fanni o'tishda o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash, fan maqsad-vazifalarini va g'oyasini ommalashtirish maqsadida www.tarbiyam.uz sayti joriy etildi.

Saytda "Tarbiya" fanini oʻqitish dasturlari, taqvim-mavzu reja va darslikning elektron variantlarini qolaversa, darsni tashkil etishga doir barcha metodik yordam, qo'shimcha manba va materiallar mavjud.

Saytda shuningdek, darsliklarning elektron variantlari, ibratli hikoyalar, muvaffaqiyatga erishgan zamondoshlar haqida ma'lumotlar o'rin olgan.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
28-fevral kuni 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasi(IBO) ga saralashning 1-bosqichi natijalari bilan tanishing.

Natijalar bilan tanishish uchun bu yerga bosing:
👉 NATIJA 👈

Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) saralashni 1-bosqichi bo‘yicha e'tirozlaringizni elektron pochta manzilimiz olimpiadaga@gmail.com ga yuborishingiz mumkin.

E'tirozlarni quyidagi ko'rinishda yuborishingizni so'raymiz.
1)
F.I.O (o'quvchining)
2) Qaysi savoldagi natijangizdan e'tirozingiz bor?
3) E'tirozingizni batafsil bayon qiling.
4) Telefon raqamingiz (aloqaga chiqishimiz uchun)

❗️❗️❗️8-mart 18:00 dan keyingi arizalar ko‘rib chiqilmaydi!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
28-fevral kuni 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) ga saralashning 1-bosqichi natijalari bilan tanishing.

Natijalar bilan tanishish uchun bu yerga bosing:
👉 NATIJA 👈

Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) saralashni 1-bosqichi bo‘yicha e'tirozlaringizni quyidagi havola orqali kirib yuborishingiz mumkin.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSepL-rr0vaCByMsqdxNi4Q3lTjdO3axIDzbGBvXpPngBDTviA/viewform?usp=sf_link

❗️❗️❗️8-mart 18:00 dan keyingi arizalar ko‘rib chiqilmaydi!


🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Forwarded from IT taʼlim
Qimmatbaho kasb yoki qimmatbaho kadr?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra “o‘z-o‘ziniki” bo‘lgan kasb bilan shug‘ullanish insonning baxtlilik darajasini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri. Bolalarga qiziqarli, mehnat bozorida talabga ega, o‘zidan qoniqish imkoniyatini bera oladigan kasbni tanlashga ko‘maklashish ota-onalar, ustoz va murabbiylarning eng asosiy vazifalaridan biri.

Xo'sh, kelajak kasblari qaysilar-u, kelajak kadrlari kimlar?

Batafsil: https://telegra.ph/Qimmatbaho-kasb-yoki-qimmatbaho-kadr-03-02

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube