Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АНДИЖОНЛИК 11-СИНФ ЎҚУВЧИСИ ЧУВАЛЧАНГ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ОЙИГА 8 МИЛЛИОН ДАРОМАД ТОПИБ, ОПАСИНИНГ ШАРТНОМА ПУЛИНИ ТЎЛАМОҚДА

Избоскан туманидаги 32-мактабнинг ўқувчиси Самандар Мансурбеков ўз бизнесини мактаб директоридан 6 миллион сўм қарз олиб бошлаган.

Қаҳрамонимиз ҳақида Кун.уз мухбири Абдували Қурбонов репортаж тайёрлади. Ҳозирда ўқувчи олган маблағини тўлиқ қайтариш баробарида, олий таълим муассасасида ўқийдиган опасининг тўлов шартнома пулларини тўлаган.

Сизда ҳам шундай ишбилармон, интилувчан ўқувчилар ҳақида маълумотлар бўлса бизга ёзиб юборинг @Laylo_xtvpress. Биз уларни тенгдошларига намуна қилиб кўрсатамиз.
Xalq ta’limi vaziri maxsus maktabning o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajribasini yuqori baholadi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahrida joylashgan 8-turdagi 1-sonli korreksion maktabda bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi, iqtidorini rivojlantirish hamda kasb-hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazir ushbu maxsus maktabda boshqa sog‘lom bolalardan ko‘ra imkoniyati cheklanganligiga qaramasdan o‘quvchilarning kulolchilik, duradgorlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, pazandalik yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal hunar egallayotgani, ular chiqarayotgan mahsulotlar orqali daromad olinayotganini yuqori baholadi. Boshqa maktablarning texnologiya fani o‘qituvchilari mana shu yerdan tajriba olishi mumkinligini ta’kidladi.

Maktabga 10 ta zamonaviy tikuv mashinalari sovg‘a qilindi. Ushbu muassasada hunarmandchilik yo‘nalishini keng yo‘lga qo‘yish uchun sharoit yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.

👉 Telegram | Facebook | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
#Ustozlar_uchun
Motivatsiya tomon yo'l

O'qituvchilar darsning kirish qismini o'quvchilarga motivatsiya berishdan boshlashi kerak. Ayniqsa hayotiy misollar, qisqa hikoyalarni keltirish o'quvchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Quyida vaziyatga qarab foydalanish mumkin bo'lgan hikoyalar, misollardan bir nechtasini keltirdik.

Batafsil: https://telegra.ph/Motivatsiya-tomon-yol-04-14

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Vazir intellektual salohiyati bilan IT orqali mustaqil daromad topayotgan o‘quvchilarni doim qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Prezidentimiz qarori asosida Samarqand shahrida yangi tashkil qilingan Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 9-tayanch maktabida sinov imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilingan 60 nafar o‘quvchi IT sohasi bo‘yicha bilim olmoqda. Ularning ushbu yo‘nalishda mukammal bilim olishi, iqtidorini rivojlantirish hamda mustaqil izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilgan.

Shu kunlarda Samarqandda bo‘lib turgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu maktab faoliyati, informatika, rоbototexnika, dasturlash va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim berish bo‘yicha erishilayotgan natijalar, o‘quvchilarning ilg‘or loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

BATAFSIL: telegra.ph/sam-04-15

📌
Bizning rasmiy kanallarimizga a’zo bo‘ling va kuzating!
Telegram | Facebook | You Tube
Халқ таълими вазирлиги делегацияси Москвада россиялик ҳамкасблари билан бир қатор келишувларга эришди

Музокаралар давомида “Зўр!” лойиҳаси доирасида амалга оширилаётган ишлар ва жорий йил режалари муҳокама қилинди.

Учрашув давомида Ўзбекистон ва Россия таълим соҳаси мутасаддилари томонидан 2021 йилнинг сентябрь ойида Россиянинг 100 нафар рус тили ҳамда бошқа фан ўқитувчиларини мактаб ва малака ошириш марказларига юбориш ҳамда янги ўқув йилига қадар икки мамлакат мутахассисларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан 2-синф ўқувчилари учун янги "Рус тили" дарслигини яратишга келишиб олдилар.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/2PYZ6Ii

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram