Ta’lim24.uz
104K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Онлайн олимпиаданинг илк ғолиблари аниқланди

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 6 январь куни 4-11-синф ўқувчилари ўртасида математика, физика, кимё ва биология фанларидан онлайн олимпиадага старт берилган эди.

4-5-6-синф ўқувчилари учун математика фанидан ўтказилган онлайн олимпиадада жами 56 626 нафар ўқувчи қатнашди.

Тест натижаларига кўра ҳар бир синф ва фан кесимида энг кам вақт сарфлаган ҳолда рейтингда энг юқори бўлган бир нафардан қуйидаги иштирокчилар ғолиб деб топилди.

Асила Рўзиева - Қашқадарё вилояти, Ғузор туманидаги 1-мактабнинг 4-синф ўқувчиси;

Моҳинисо Эгамбоева - Хоразм вилояти, Хива туманидаги 16-мактабнинг 5-синф ўқувчиси;

Жасур Олимов - Бухоро вилояти, Ғиждувон туманидаги 32-мактабнинг 6-синф ўқувчиси;

Ғолиб деб топилган ўқувчилар Халқ таълими вазирлиги томонидан замонавий планшетлар билан тақдирланади.

Бугун онлайн олимпиада 7-синф ўқувчилари ўртасида математика, физика, кимё, биология фанларидан давом этмоқда.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONALIK O‘QUVCHI YUQORI NATIJA BILAN IELTS SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

Buvayda tumanidagi 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabida isteʼdodli va iqtidorli o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ulardan biri maktabning 10-«B» sinf o‘quvchisi Malohat Nabiyevadir. Barcha fanlardan aʼlo baholar bilan o‘qiyotgan isteʼdodli o‘quvchi yoshligidan ingliz tiliga juda qiziqib keladi. Yaqinda u xalqaro imtihon tizimi IELTS dan 8,5 ball olishga erishdi.

Malohatning bu yutug‘i siri nimada?

— 4-sinfda o‘qiyotganimda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan qo‘shnimizdan bu tilni o‘rganishni boshladim, — deydi biz bilan suhbatda Malohat Nabiyeva. — Unda oddiy so‘zlar, sanash, ranglar va kasblar nomi kabi ingliz tilidagi so‘zlarni o‘rganardim. Keyinchalik maktabda darslarda faol ishtirok etdim. Bilimlarimni yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnadim...

Iqtidorli o‘quvchi kelajakda ingliz tili fani o‘qituvchisi bo‘lish niyatidagiligini aytdi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
.
#Diqqat_tanlov

Qishki ta’til davrida o‘quvchilar o‘rtasida “Men eshitgan ertaklar” va “99-sahifa” respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilmoqda

✅Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘quvchilarning qishki ta'til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 3-10-yanvar kunlari “Qishki mutolaa zavqi” mavzusida kitobxonlik haftaligi e’lon qilingan.

Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarning qishki ta'til davrida mutolaa qiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirilib, hududiy bolalar kutubxonalariga yuborildi.

Kitobxonlik haftaligida o‘quvchilar uchun qiziqarli kitobxonlik tanlovlari, viktorina hamda vebinarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning 5-yanvar kunidan boshlab Respublika bolalar kutubxonasining Facebookdagi sahifasida “99-sahifa” adabiy tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov haqida batafsil

Bundan tashqari kutubxona tomonidan o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” telegram kanalida “Men eshitgan ertaklar” mavzusida Respublika tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov Respublika bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan yosh avlodning xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishini shakllantirish, ularda og‘zaki va yozma ijodni yuksaltirishga ko‘maklashish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Men eshitgan ertaklar

❗️Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram| You tube| Facebook|Instagram |Web site
Forwarded from OLTIN KITOB AKADEMIYASI
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

#Tanlov
#Vatanimiz_fidokorlari

📄Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning qishki ta'til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Vatanimiz fidokorlari" shiori ostida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan online tanlov e'lon qiladi.

📌Tanlov tasviriy san'at yo‘nalishda quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi
:

🖼 “Vatan himoyachilari” mavzusiga oid rasm (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan, vatan himoyasi madhini ifoda etishga, shuningdek, Vatan himoyachilarini hurmat qilishga targ‘ib etishi zarur).

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 8-yanvar kunidan boshlab, 13-yanvar kuniga qadar material muallifining FISh, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.

✔️Tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan Respublikamizning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

✅ Tanlov shartlari asosida yuborilgan barcha ijodiy ishlar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining INSTAGRAM rasmiy sahifalarida yoritiladi.

☝️G'oliblar Instagram rasmiy sahifada joylangan ijodiy ishlar ovoz berish (like) orqali aniqlanib, tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadilar.

⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi loyihalar va tanlovlar bizda!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🔗Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Халқчил_ёндашув

Қорақалпоғистон Республикасида бунёд этилган янги мактаблар “Ўзбекистон 24” телеканалининг “Халқчил ёндашув” лойиҳасининг илк сони диққат марказида бўлди.

Унда Чимбой туманида янгидан қурилган 38-сонли умумтаълим мактабида яратилган шароитлар ҳақида сўз боради.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Мактабларда касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик хизматда инновацион ёндашув масалалари муҳокама этилди

Жорий йилнинг 8 январь куни Тошкент шаҳрида умумтаълим мактаби психологлари учун ўқув-семинар ташкил этилди. Унда Халқ таълими вазирлиги, Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик-педагогик республика ташхис маркази, Тошкент шаҳар муҳандислик таълими ассоциацияси мутасаддилари ҳамда мактаб психологлари иштирок этди.

“Умумтаълим мактабларида касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик хизматда инновацион ёндашув” мавзусига оид тақдимотлар тингланди ҳамда ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш, ўқувчи ва педагогларнинг ҳаётий ҳамда психологик билим-кўникмаларини, интеллектуал салоҳиятини ошириш бўйича зарур маълумотлар берилди.

Шунингдек, халқаро тоифадаги спикерлар томонидан ўқувчиларни касб танлашида аниқ мақсадни белгилаш мавзусида маҳорат дарслари ўтказилди.

Семинар якунида йил давомида фаолиятини намунали йўлга қўйган 10 нафар психолог вазирлик томонидан ташаккурнома билан тақдирланди.

@Uzedu
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlimdagi duv-duv gap - yangi yilga yangi loyiha!

Biz shu vaqtga qadar o'qitib kelingan ta'lim tizimi xatomidi?
Endi oʻqituvchilar nima qiladi?!
Bolalarni savodsiz qilmoqchimiz...mi?

Tez kunda You Tube kanali orqali namoyish etiladi!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
Taʼlimning maqsadi — insondagi oʻziga xoslikni kashf qilish

Orzulari olamga sigʻmas bolakay maktabga chiqdi. U dunyoni begʻubor idrokida koʻrar, uning tasavvuri boshqalarnikiga o'xshamas edi. Bir kuni o'qituvchisi rasm chizishlari haqida eʼlon qildi. “Zoʻr-ku!” — deb o'yladi bolakay. Turli-tuman rasmlarni chizish uning jon-u dili edi. Gohida daraxt, gohida daryolar va tog'lar, mashina va kemalar chizib, o'zini shu manzillarda tasavvur qilardi. Hozir ham dengizda viqor bilan suzayotgan ulkan kema chizishni o'yladi, xursandligidan shosha-pisha qalamdonni qo'liga oldi, endigina chizishga chog'langan ham ediki, o'qituvchisi uni to'xtatib qoldi.

“Kutib turing! Hali men ruxsat bermadim, nima chizishni ham aytmadim”— dedi o'qituvchi buyruqomuz qarashda.
Bolakay noiloj hamma tayyor bo'lguncha kutdi. “Endi boshlashingiz mumkin. Bugun hammamiz gulning rasmini chizamiz,“ — dedi oʻqituvchi.

“Yaxshi!”— deb oʻyladi bolakay va rang-barang gullarni chizish uchun pushti, toʻq sariq va koʻk rangli qalamlarni qoʻliga oldi. Ammo oʻqituvchi uni toʻxtatdi. “Kutib turing! Men sizga qaysi gulni chizishni aytaman va uni qaysi rangga boʻyashni ham koʻrsataman.” Shunday deb oʻqituvchi gulbargi qizilga, poyasi yashilga boʻyalgan rasmni doskaga ildi. “Endi boshlashingiz mumkin.”

Bolakay ustozining guliga qaradi. U hamma gullar kabi bir xil edi, ammo u oʻylagan gulchalik jozibador emas. Tasavvuridagi gulni chizgisi kelsa ham, indamasdan oʻqituvchisi buyurgan gulbargi qizil, poyasi yashil gulni chizdi. Boshqa darsda ularga plastilindan narsa yasaydigan boʻlishdi. “Zoʻr-ku!”— deb oʻyladi bolakay. Plastilindan uyda fil, sichqoncha, ilon va hattoki qor odamni ham yasab koʻrgan edi. Hozir esa haqiqiysidan qolishmaydigan yuk mashinasini yasash uchun plastilindan chimdimlab yula boshladi.

“Kutib turing! Hammamiz birgalikda boshlaymiz,”— dedi oʻqituvchi. Bolakay besabrlik hammaning tayyor boʻlishini kutdi. “Bugun biz non tayyorlaymiz,“ —dedi oʻqituvchi. “Yaxshi!”— dedi bolakay. U oʻzi yaxshi koʻrgan kulchani tayyorlashni boshlaganida o'qituvchi uni to'xtatdi. “Kutib turing! Men sizga qanday qilishni koʻrsataman. Keyin boshlashingiz mumkin.” Va u hammaga plastilindan nonni qanday yasashni koʻrsatdi. Keyin hamma xuddi shunday non shaklini tayyorladi. Bolakay ham oʻzi boshlab qoʻygan kulchani dumaloqqa aylantirdi-da, hammaniki kabi non yasadi.

Shu taxlit bolakay oʻqituvchisiga taqlid qilishni oʻrgandi va borliqni oʻziga xos tasavvur qilishni unutdi. Oradan vaqt oʻtib u oilasi bilan boshqa shaharga koʻchib ketdi, yangi maktabga chiqdi. Maktabdagi yangi oʻqituvchi rasm chizishlarini eʼlon qildi. “Yaxshi!” — dedi bolakay. U qachon boshlashi mumkin, nima chizishi kerakligini bilish uchun oʻqituvchisini kutib turdi. Lekin oʻqituvchi hech narsa demadi. U shunchaki xonani aylanib yurar edi. Oʻqituvchi bolakayning oldiga keldi. Boshlashga ikkilanib turgan oʻquvchining holatidan hayron qoldi. “Rasm chizishni xohlamaysanmi?”, - so'radi.

“Xohlayman, lekin nima chizishim kerakligini bilmayapman,“— dedi kichkina bola. “Oʻzing xohlagan, tasavvuringdagi narsani chizishing mumkin.” “Bu sizga yoqmasa-chi?” — ikkilanib soʻradi bolakay. “Gap menga yoqish-yoqmasligida emas, muhimi uning oʻziga xosligi, boshqalarnikiga oʻxshamasligida,“ dedi oʻqituvchi.
Bolakay shundan soʻng qalamdonni ochdi, bir fursat oʻtib oppoq qogʻozga gulbargi qizil va poyasi yashil gul suratini chizdi.

©️Shuhrat Sattorov, Respublika taʼlim markazi direktori

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
O'qituvchiga murojaat: "Ta'limdagi kishanlarni yechaylik!"

Qadrli ustozlar!

Dunyoga kelgan har bir inson oʻziga xos xususiyatlar bilan tugʻiladi. Afsuski bugungi “fabrikacha taʼlim” hammani bir xil fikrlashga, bir xil ishni qilishga oʻrgatadi. Bugun maktab taʼlimi mazmunidagi islohotlar “markazda -- oʻquvchi”, “oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlash”, “oʻquvchi qiziqishlariga yoʻnaltirilgan taʼlim” yondashuvlariga asoslangan. Natijada biz taʼlim orqali oʻquvchilarga oʻzlaridagi oʻziga xoslikni, nostandart va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini asrab qolishga yordam beramiz. Taʼlimning maqsadi universal odam yaratish emas, insondagi oʻziga xoslikni kashf qilishdir. Shuni har biringiz yodda tutishingizni soʻragan boʻlar edim.

©️Shuhrat Sattorov, Respublika taʼlim markazi direktori

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Хабарнома

ҚИШКИ ТАЪТИЛ УЗАЙТИРИЛАДИ

Ҳурматли ота-оналар!

Халқ таълими тизимидаги директор, директорнинг ўқув ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари ҳамда педагог-ўқитувчиларнинг халқаро стандартлар асосида ишлаб чиқарилган Миллий ўқув дастурлари асосида малакаларини ошириш курсларини ташкил этиш, шунингдек, ўқувчи - ёшлар ўртасида мавсумий грипп касаллигининг кескин кўпайишининг олдини олиш мақсадида халқ таълими вазирлиги қишки таътил кунларини 2022 йил 24 январга қадар узайтирилганини маълум қилади.

Таътил кунлари давомида, ўқувчиларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш мақсадида улар учун онлайн фан олимпиадалар, интеллектуал ўйинлар, китобхонлик маданиятини ривожлантиришга қаратилган беллашувлар ва турли танловлар ташкил этилади.

Бундан ташқари халқ таълимининг ижтимоий тармоқлари ҳамда Миллий телерадиокомпаниянинг телеканаллари орқали турли тўгараклар фаолияти йўлга қўйилади.

****

ЗИМНИЕ КАНИКУЛЫ ПРОДЛЕВАЮТСЯ

Уважаемые родители!

Министерство народного образования сообщает, что в целях организации курсов повышения квалификации для руководителей общеобразовательных учебных заведений и педагогов по новой Национальной учебной программе, а также предотвращения распространения сезонного гриппа среди учащихся зимние каникулы продлеваются до 24 января 2022 года.

В эти дни для эффективного использования времени учащихся будут организованы различные онлайн олимпиады, интеллектуальные игры, а также мероприятия, направленные на развитие культуры чтения книг.

Кроме того, в социальных сетях министерства и по телеканалам Национальной телерадиокомпании планируется трансляция различных кружков для школьников.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз

Қишки таътил узайтирилгани ўқитувчиларнинг маошига таъсир қилмайдими?

Куни кеча Халқ таълими вазирлиги томонидан қишки таътил кунлари узайтирилганлиги ҳақидаги хабардан сўнг ўқитувчи ва ота-оналардан кўплаб саволлар йўлланди. Бугун кун давомида ана шу саволларга жавоб бериб борамиз.

САВОЛ: Қишки таътил кунларини 24 январга қадар узайтирилгани ўқитувчиларнинг ойлик маошига таъсир қилмайдими?

ЖАВОБ:
Умумтаълим муассасалари ўқувчилари учун бериладиган қўшимча таътил кунлари давомида халқ таълими тизимида фаолият юритаётган педагог ва бошқа ходимларга амалдаги иш ҳақи тўловлари сақланган ҳолда тўлаб борилади, яъни ойлик маошга таъсир қилмайди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз

Савол: Қишки таътил хусусий мактабларга ҳам тааллуқлими?

Жавоб:
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси нодавлат таълим ташкилотларида ҳам қишки таътил муддатини 2022 йил 24 январга қадар узайтириш мақсадга мувофиқлигини билдирди.

Шунингдек, қишки таътил кунларида хусусий мактаб ўқувчиларига озиқ-овқат берилмаслиги ҳамда бошқа сарф-харажатлар қилинмаслиги инобатга олиниб, уларнинг ота-оналаридан шу муддатлар учун тўлов ундирилмаслиги тавсия этилди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз

Қишки таътил вақтида мактабларда тўгараклар фаолиятига рухсат бериладими?

САВОЛ: Ўқувчиларнинг қишки таътили узайтирилганига қарамай айрим “ташаббускор” раҳбарлар ўқувчиларни мактабга чақириб ёппасига фан тўгаракаларига ёки тадбирлар уюштириб, унга жалб қилиши тўғрими?

ЖАВОБ:
Таътил кунлари тугагунга қадар ўқувчиларни бевосита мактабларда ташкил этадиган тўгараклар, шунингдек, “Баркамол авлод” болалар мактабларининг тармоқ тўгараклари ва ҳар қандай тадбирларга жалб этиш тақиқланади.

Ушбу вақт давомида ўқитувчилар мактабда халқаро стандартлар асосида ишлаб чиқарилган Миллий ўқув дастурлари асосида малакаларини ошириш курсларида қатнашишлари талаб этилади ҳамда онлайн равишда турли тўгараклар ва танловлар ташкил этиш тавсия этилади.

Шунингдек, бугундан бошлаб Республика миқёсида ўтказилаётган “Умид ниҳоллари-2022” спорт мусобақаларининг туман ва шаҳар босқичларини ўтказиш тўхтатилганини маълум қиламиз.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook |
#Сўраган_эдингиз

Cавол: Қисқарган дарслар журналга қандай қайд этилади?

Жавоб:
Ўқувчиларнинг қишки таътил кунлари икки ҳафтага узайтирилганлиги сабабли 3-чорак ўқув кунлари 1-4-синфларда 9 кун, 5-11-синфларда 11 кунга қисқарди. Шу муносабат билан, синф журналларига 24 январдан бошлаб тақвим-мавзу режа асосида тегишли мавзулар қайд этилади, шунингдек, фан ўқитувчилари томонидан тақвим-мавзу режада жорий йилнинг 11-22-январь кунларига тўғри келган мавзулар ўқув йилининг 3-чораги давомида тиғизлаштириб ўтилади ва тиғизлаштирилган мавзулар синф журналларида қайд этилади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз

Ёзги таътил кечикмайдими?

Савол: Қишки таътилни узайтирилиши ёзги таътил вақтини кечикишига сабаб бўлмайдими?

Жавоб:
Қўшимча таътил давридаги дарслар (мавзулар) чорак бошланганидан сўнг дарсларга қўшиб, тиғизлаштирилган холда ўтилади, шу боис ушбу қўшимча таътил кунлари бошқа таътилларга таъсири бўлмайди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз

Cавол: Қисқарган дарслар kundalik.com'да қандай қайд этилади?


Жавоб:
Ўқувчиларнинг қишки таътил кунлари икки ҳафтага узайтирилганлиги сабабли 3-чорак ўқув кунлари 1-4-синфларда 9 кун, 5-11-синфларда 11 кунга қисқарди.

Шу муносабат билан:

✅синф журналларига жорий йил 24 январдан бошлаб тақвим-мавзу режа асосида тегишли мавзулар қайд этилади;

✅фан ўқитувчилари томонидан тақвим-мавзу режада жорий йилнинг 11-22 январь кунларига тўғри келган мавзулар тиғизлаштирилади;

✅ўқув йилининг III чорак тақвим-мавзу режалари тиғизлаштирилган ҳолда ўтилади ва ушбу тиғизлаштирилган мавзулар синф журналларида қайд этилади.

Kundalik.com'да ҳам қисқарган дарс мавзулари худди шундай тартибда киритилади.

Фан ўқитувчилари томонидан III чорак тақвим-мавзу режалар kundalik.com га киритилгандан сўнг, 2021-2022 ўқув йилининг III чорак дарслари бошланган кундан эътиборан тиғизлаштирилган ҳолда ўтилган дарс мавзулари (тиғизлаштирилган 2 та мавзулар 1 кунга ёзилади) kundalik.com га киритилади.

@Uzedu
#Савол_жавоб

ҚИШКИ ТАЪТИЛ УЗАЙТИРИЛГАНЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ЎҚИТУВЧИ ВА ОТА-ОНАЛАР ТОМОНИДАН КУН ДАВОМИДА КЕЛИБ ТУШГАН САВОЛЛАРГА БЕРИЛГАН ЖАВОБЛАР

❓Қишки таътил узайтирилгани ўқитувчиларнинг маошига таъсир қилмайдими?
✅👉 ЖАВОБ

❓Қишки таътил вақтида мактабларда тўгараклар фаолиятига рухсат бериладими?
✅👉 ЖАВОБ

❓Қисқарган дарслар журналга қандай қайд этилади?
✅👉 ЖАВОБ

❓Қишки таътилни узайтирилиши ёзги таътил вақтини кечикишига сабаб бўлмайдими?
✅👉 ЖАВОБ

❓ Қисқарган дарслар kundalik.com'да қандай қайд этилади?
✅👉 ЖАВОБ


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram