Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Jasorat_uchqunlari

🔴 "Jasorat maktablari" o‘quvchilari o‘rtasidagi “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasiga davom etmoqda.

🔰 Bugun musobaqa jarayonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi.


✈️ Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoaning 8 nafar o‘quvchisi, 1 nafar murabbiyi va maktab direktori ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Bugungi kunda yurtimizdagi ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga katta e‘tibor qaratilmoqda.


➖ Videolavhalarda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida joylashgan 34-sonli maktab, 8-sonli DMTT va Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 414-DMTTda yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulot jarayonlari aks etgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

📣 Yakuniy davlat attestatsiya imtihon kunlari belgilandi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 14-apreldagi tegishli koʻrsatma xatiga asosan, 9- va 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar hamda imtihonlarni boʻlib oʻtish sanalari belgilandi. Unga koʻra:

📍 9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:

➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari— 1-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Matematika fani — 4-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 8-iyun kuni (yozma va ogʻzaki shaklda);
➖Jismoniy tarbiya fani — 1-6-may kunlari (amaliy shaklda);

📍 11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:

➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari — 2-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Matematika (asosiy), Matematika (chuqurlashtirilgan) fanlari — 5-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 9-iyun kuni (yozma shaklda);

📍 11-sinf oʻquvchilari uchun tanlov fanlari (barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy)

➖Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti), Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari fanlari (yozma shaklda), Chet tili fani (yozma va ogʻzaki shaklda) — 12-iyun va 15-iyun kunlari

👉 Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi va spetsifikatsiyasi

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Zamin Foundation
"Yashil zamin" loyihasi doirasida Toshkent shahrining Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ekofaollar hamda mahalla ahli bilan birgalikda "Bo‘rjar" kanali bo‘yida bunyod etilayotgan qirg‘oqqa Qrim qarag‘ayi, zarang, shumtol, qayrag‘och va tol ko‘chatlarini o‘tqazdik.

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida, "Bo‘ston" va "Guliston" mahallalarida ham ko‘chat ekish ishlari davom ettirildi. Yaqin atrofdagi uylar aholisi va "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari ham yashil kelajak uchun o’z hissalarini qo‘shdilar.

Bahorgi ko‘chat ekish davrida 4,5 gektar maydonni ko‘kalamzorlashtirib, 5 ming tupdan ortiq daraxt va buta ekdik. Loyiha boshlanganidan beri esa jami 30,1 gektar maydonga 24129 tup daraxt va buta ekildi.

Birga yashil zamin yaratamiz!

—

В рамках проекта Yashil zamin в Чиланзарском и Яккасарайском районах города Ташкента, мы вместе с экоактивистами и жителями махаллей посадили крымские сосны, клёны, ясени, вязы, ивы вдоль строящейся набережной канала «Бурджар».

Устойчивые посадки продолжили в городе Ахангаране Ташкентской области, в махаллях «Бустон» и «Гулистон». Общий вклад в зелёное будущее внесли и жители близлежащих домов, и участники проекта Eco-schools Uzbekistan.

За время весенних посадок мы озеленили 4,5 гектара, высадив более 5000 деревьев и кустарников, а с начала проекта общая площадь посадок составляет 24129 деревьев и кустарников на площади 30,1 гектар.

Вместе мы создадим зелёный край!

#birgayashilzaminyaratamiz #yashilzamin

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
✅✅✅✅

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo'lib, ta'lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirmoqda.

Uchrashuvlar davomida dastlab Nukus shahridagi 55-sonli, 29-sonli maktablar va 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar va loyihalar bilan yaqindan tanishib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.


🔰 Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarning loyihalari bilan tanishdi va ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

🌐 Hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi MMTV Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Sayyor_qabul

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Farg‘ona viloyatida joylashgan ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahridagi 46- va 47-sonli maktablar, Quvasoy shahridagi 5- va 23-sonli maktablar hamda Farg‘ona shahridagi 66- va 67-sonli MTTda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.


🌐 Shuningdek, Quva tumanidagi 5-maktabda vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

➖ Unda bildirilgan murojaatlarni joyida hal etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM