Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yashil zamin" loyihasi doirasida Toshkent shahrining Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ekofaollar hamda mahalla ahli bilan birgalikda "Bo‘rjar" kanali bo‘yida bunyod etilayotgan qirg‘oqqa Qrim qarag‘ayi, zarang, shumtol, qayrag‘och va tol ko‘chatlarini o‘tqazdik.

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida, "Bo‘ston" va "Guliston" mahallalarida ham ko‘chat ekish ishlari davom ettirildi. Yaqin atrofdagi uylar aholisi va "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari ham yashil kelajak uchun o’z hissalarini qo‘shdilar.

Bahorgi ko‘chat ekish davrida 4,5 gektar maydonni ko‘kalamzorlashtirib, 5 ming tupdan ortiq daraxt va buta ekdik. Loyiha boshlanganidan beri esa jami 30,1 gektar maydonga 24129 tup daraxt va buta ekildi.

Birga yashil zamin yaratamiz!

—

В рамках проекта Yashil zamin в Чиланзарском и Яккасарайском районах города Ташкента, мы вместе с экоактивистами и жителями махаллей посадили крымские сосны, клёны, ясени, вязы, ивы вдоль строящейся набережной канала «Бурджар».

Устойчивые посадки продолжили в городе Ахангаране Ташкентской области, в махаллях «Бустон» и «Гулистон». Общий вклад в зелёное будущее внесли и жители близлежащих домов, и участники проекта Eco-schools Uzbekistan.

За время весенних посадок мы озеленили 4,5 гектара, высадив более 5000 деревьев и кустарников, а с начала проекта общая площадь посадок составляет 24129 деревьев и кустарников на площади 30,1 гектар.

Вместе мы создадим зелёный край!

#birgayashilzaminyaratamiz #yashilzamin

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
✅✅✅✅

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo'lib, ta'lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirmoqda.

Uchrashuvlar davomida dastlab Nukus shahridagi 55-sonli, 29-sonli maktablar va 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar va loyihalar bilan yaqindan tanishib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.


🔰 Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarning loyihalari bilan tanishdi va ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

🌐 Hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi MMTV Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Sayyor_qabul

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Farg‘ona viloyatida joylashgan ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahridagi 46- va 47-sonli maktablar, Quvasoy shahridagi 5- va 23-sonli maktablar hamda Farg‘ona shahridagi 66- va 67-sonli MTTda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.


🌐 Shuningdek, Quva tumanidagi 5-maktabda vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

➖ Unda bildirilgan murojaatlarni joyida hal etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

⚽️ "Maktabda futbol", o‘quvchi qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika musobaqalari hamda futbolni ommalashtirish — yangi loyihalarga start berilmoqda

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova, O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi 300-maktabda tashkil etilgan tadbir avvalida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalar va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritildi.


➖ Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida futbol sport turini ommalashtirish, xususan “Maktabda futbol” loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi ishlar belgilab olindi.

🔰 Shuningdek, kelgusi 3 yil davomida o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri” kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqalarini yuqori darajada tashkil etib borish yuzasidan kelishib olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ipoteka_subsidiya

📣 Hurmatli pedagoglar!

✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi tegishli qaroriga asosan, joriy yildan boshlab kamida 15 yil pedagogik ish stajiga va oliy malaka toifasiga ega boʻlgan pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizini qoplab berilishi belgilangan.

👉 Pedagoglar mazkur imtiyozdan foydalanishlari uchun:

➖ 2026-yil 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (onlayn) yoki bevosita Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda ariza berishlari mumkin.

📍 Mazkur davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.

👉 Eslatma: Qarorga asosan:

➖ ushbu arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omilisiz koʻrib chiqiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali avtomatik tarzda toʻlab beriladi;

➖ subsidiya ariza beruvchining roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi;

👉 Maʼlumot uchun: “Agrobank”, “Aloqabank”, “Asakabank”, “Asia Alliance Bank”, Biznesni rivojlantirish banki”, “Hamkorbank”, “Ipak yoʻli” AITB, “Ipotekabank”, “Mikrokreditbank”, “Oriyent Finans” XATB, “Trastbank”, “Turonbank”, Xalq banki”, “Oʻzmilliybank”, Oʻzsanoatqurilishbank” tijorat banklari subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM