Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🇹🇷 Istanbulda O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va turkiy davlatlardan eko-faol yoshlarni birlashtirgan "Yoshlar parlamentlari va yoshlar yetakchiligi: innovatsiyalar va ekologik barqarorlik" mavzusidagi muhim xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

📝 Eco-Schools Uzbekistan ishtirokchilari o‘z loyihalarini taqdim etdilar, ekologik ta’lim sohasidagi yutuqlar haqida so‘zlab berdilar va ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Shuningdek, yashil startaplarni moliyalashtirish mavzusi tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

📈 Xalqaro yoshlar eko-qo‘mitasi a’zolari bir yilga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashdi, qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishni muhokama qildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi "Bilisim Vadisi" texnoparki hamda yoshlar markazida bo‘ldi. Bu yerda ular ilg‘or texnologiyalar, innovatsion laboratoriyalar va yoshlar uchun ta’lim dasturlari bilan tanishdilar.

~~~

🇹🇷 В Стамбуле состоялось значимое международное мероприятие «Молодёжные парламенты и молодёжное лидерство: инновации и экологическая устойчивость», собравшее активную экомолодёжь из Узбекистана, Центральной Азии и тюркских государств.

📝 Участники Eco-Schools Uzbekistan представили свои проекты, рассказали о достижениях в области экологического образования и ответили на вопросы участников. Особый интерес вызвала тема финансирования зелёных стартапов.

📈 Члены Международного молодёжного экокомитета поделились своими планами на год, обсудили развитие совместных проектов. В рамках программы делегация Узбекистана посетила молодёжный центр и технопарк Bilisim Vadisi. Здесь участники познакомились с передовыми технологиями, инновационными лабораториями и образовательными программами для молодёжи.

#EcoSchoolsUzbekistan #climateaction #YouthCAN #youthclimateactionsnetwork #Youth4Action

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sohaga_doir_hujjatlar

📣 Pedagoglar uchun qator davlat xizmatlari narxini toʻlashda imtiyoz belgilandi


✅ Vazirlar Mahkamasining Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:

➖ koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;

➖ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari;

➖ rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar.

👉 Shuningdek:

➖ ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor oʻrinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitilishi;

➖ ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, boshqa yoʻnalishga oʻtkazish va oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi.


Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_markazlari

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Respublika “Kelajak” markazi va hududiy markazlar direktorlari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida “Kelajak” markazlari faoliyatining bugungi holati, ularning oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


➖ Shuningdek, o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, STEM, AT, ijodiy va amaliy kasblarga oid mashg‘ulotlarni ko‘paytirish haqida so'z yuritildi.

🔰 Uchrashuv yakunida hududlar kesimida aniq natijalarga erishish hamda yoshlarning intellektual va kasbiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

“Soliq bilimlari — yosh avlodga» tanlovi gʻoliblari aniqlandi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Soliq bilimlari — yosh avlodga» ijodiy ishlar koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi.

➖ Tanlovning asosiy maqsadi, oʻquvchilar oʻrtasida soliq madaniyatini shakllantirish va ularning bu boradagi ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha tashkil etildi:

➖ “Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” — eng yaxshi rasm (5-7-sinflar uchun);
➖ “Soliq: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi eng yaxshi insho (8-9-sinflar uchun);
➖ “Soliqlar nimaga toʻlanadi va nimalarga sarflanadi?” mavzusidagi eng yaxshi videorolik yoki reels (10-11-sinf oʻquvchilari uchun).

🔹 Toshkent shahrida oʻtkazilgan tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

👉 “Eng yaxshi rasm” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Xorazm viloyati, Xiva tumani, 39-maktab oʻquvchisi Dilnura Kamolovaga;
2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani, 23-maktab oʻquvchisi Adana Ikmetovaga;
3-oʻrin — Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, 1-maktab oʻquvchisi Asilbek Safarovga;

👉 “Eng yaxshi insho” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Fargʻona viloyati, Beshariq tumani, 54-IDUM oʻquvchisi Diyoraxon Sharifovaga;
2-oʻrin — Namangan viloyati, Namangan tumani, 25-maktab oʻquvchisi Ziynatxon Ibrohimjonovaga;
3-oʻrin — Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, 32-maktab oʻquvchisi Shahzoda Holiddinovaga;

👉 “Eng yaxshi viderolik” yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin — Jizzax viloyati, Jizzax shahri, 22-maktab oʻquvchisi Boʻron Silliyevga;
2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahar, 27-maktab oʻquvchisi Miyirbek Bekbergenovga;
3-oʻrin — Andijon viloyati, Izboskan tumani, 5-maktab oʻquvchisi Hosyatxon Ibrohimovaga nasib etdi.

➖ Gʻoliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Attestatsiya_2026

🔴 Xabaringiz bor, ayni damda yurtimiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun testlar davom etmoqda. Shu kunlarda Boshlang‘ich ta‘lim fani pedagoglari o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.


Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova poytaxtimizda tashkil etilgan attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.


🔰 Ustozlar bilan pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar xususida ham suhbatlashdi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

🌐 Shuningdek, vazir jarayonlar tahlili taqdimoti bilan tanishib, mas‘ullar bilan kutilayotgan natijalar haqida fikr almashdi va o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

📊Ma‘lumot o‘rnida: joriy yilda attestatsiya sinovlarida 214 ming nafardan ortiq pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM