Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#shanba_sport_kuni

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanishi hamda davlat tashkilotlarida sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi
belgilangan edi.

➖ Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida haftaning har shanba kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida “sport kuni” sifatida belgilandi.

➖ Bugun Respublika "Kelajak markazi”ning sport kompleksida mazkur sana munosabati bilan “Sport festivali” tadbirlari tashkil etildi.

🔹 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari qatnashdi.

➖ Tadbir doirasida vazirlik va soha xodimlari ishtirokida voleybol, mini futbol, suzish, shaxmat, yengil atletika, stol tennisi kabi 8 ta sport turi boʻyicha musobaqa va mahorat mashgʻulotlari tashkil etildi.


👉 Yakuniy natijalar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ishtirokchilar vazirlik tomonidan turli esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

#press_tur

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi
#Мактабгача_таълим

✅ Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 146-sonli DMTTda "Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar va sahna ko’rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 12-19-APREL, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

✅ 2026-yil 20-21-aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta'minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum bo'lib o'tadi.

Tadbirda 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.


🌐 Batafsil

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiylik 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Navoiy shahridagi 4-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Muhammadali Yusupov ingliz tilidan B2 sertifikatni qo‘lga kiritdi.


➖ E’tiborlisi, u ushbu natijaga ilk urinishidayoq erishdi.

🔰 Muhammadalining onasi — Shohsanam Hasanova uy bekasi, otasi Alisher Ro‘ziyev esa Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimida faoliyat yuritadi.

🔹 Yosh iste’dod egasining bu muvaffaqiyati oiladagi qo‘llab-quvvatlash, maktabdagi sifatli ta’lim hamda o‘quvchining intilish va izlanishlari natijasidir.

Muhammadalini ushbu natija bilan samimiy tabriklab, kelgusida ham muvaffaqiyat yor bo’lishini tilaymiz!

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!


📣 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Maktabgacha va maktab ta’limi: natijalar va rejalar" mavzusida MATBUOT ANJUMANI tashkil etilmoqda.


🔰 Unda so‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan ishlar, xususan:

➖maktabgacha va maktab ta‘limi,
➖pedagoglar nufuzini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish,
➖ta’lim muassasalarida qurilish-ta‘mirlash jarayonlari,
➖fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar,
➖xorijiy hamkorlik loyihalari va investitsiyalar yo‘nalishlarida erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar haqida batafsil ma‘lumot beriladi.

⏰ VAQTI: 21-APREL kuni soat 14:00 da
📍 MANZIL: A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_hujjatlari
#eslatma

📣 Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish uchun koʻrsatiladigan davlat xizmati yigʻim miqdori 50 foizga arzonlashdi


✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Mazkur qaror bilan:

➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga tegishli oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra:

➖ pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undirilishi belgilandi (oldin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdori edi).

👉 Shuningdek, qaror bilan:

➖ koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
➖ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;
➖ umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;
➖ traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari;
➖ rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqa qator davlat xizmatlari boʻyicha imtiyozlar belgilandi.

👉 Qarorning toʻliq matni

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Davlatimiz rahbari murojaat yo‘lladi: global narkotahdidlarga qarshi qat’iy choralar taklif etildi

Samarqand shahrida o‘tayotgan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” xalqaro forumi ishtirokchilariga davlatimiz rahbari murojaat yo‘lladi.


⚡️ Murojaatda bugungi kunda narkotiklar savdosi tobora murakkablashib, transchegaraviy va virtual tus olayotgani, bu esa global xavfsizlik va inson salomatligiga jiddiy tahdid solayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, dunyoda 300 milliondan ortiq inson giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgani, har yili qariyb 600 ming kishi ushbu illat qurboniga aylanayotgani qayd etildi.

✅ Murojaatda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt asosida ishlovchi yagona raqamli platforma yaratish, noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi global mexanizmlarni joriy etish hamda yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslar ilgari surildi.


Shuningdek, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, milliy strategiya, profilaktika tizimi va xalqaro hamkorlik natijalari alohida qayd etildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#мактабгача_таълим

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari uchun "Sayyor qabul" tashkil etildi.

Unda sohaga oid mavjud muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.


➖ Shuningdek, murojaatlarni o‘rganish hamda joyida hal qilish yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM