Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Harbiy_sport_musobaqasi

🔴 Ayni damda Markaziy Osiyo va turkiy davlatlar bitiruvchi sinflari o‘quvchilari hamda “Vatan tayanchi” harakati a’zolari ishtirokida “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan va unda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va O‘zbekistondan jami 7 ta jamoa ishtirok etadi.


🔰 Musobaqalar 10 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda. Jarayonlar doirasida sayohat va madaniy hordiq tadbirlari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Tadbir joriy yilning 25-aprel kuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHELSEA FUTBOL AKADEMIYASIGA QABUL QILINGAN ANDIJONLIK O'QUVCHI

✅”Andijon farzandlari" loyihasining qahramoni, Londonning Chelsi klubi akademiyasiga qabul qilingan Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabi 9-"A" sinfi o'quvchisi Zufarxo'ja Akramxo'jayev


🔰 U erishgan natijalari, kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdi.

🌐Batafsil videolavhada.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Attestatsiya

🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun test sinovlari davom etmoqda.


🌐 Bugun Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) va O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

YUQORI NATIJA QAYD ETGAN USTOZLAR:


🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔰
Xorazm viloyati
🔰Farg‘ona viloyati

🔰Buxoro viloyati
🔰
Navoiy viloyati
🔰Toshkent viloyati
🔰Jizzax viloyati
🔰Sirdaryo viloyati
🔰Toshkent shahri
________

📍 Videolavhada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 61-sonli maktabning o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Sadaqat Hamrayeva — 100 ball.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ислоҳотлар_сўнгги_10_йилда

✅ Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida soʻngi yillarda barcha sohalarda boʻlgani kabi maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish borasida ham qator amaliy ishlar olib borildi.

➖ Xususan, pedagoglarning maqomi va ularning jamiyatdagi o‘rni oshirildi, sohadagi qonunchilik normalari bugungi kun talablari asosida mustahkamlandi, ta’lim tashkilotlarida sifat darajasi hamda infratuzilma koʻrsatkichlari yanada yaxshilandi.


👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodovning bu boradagi fikrlari
bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlar

✅ Markaziy Osiyo va turkiy davlatlar bitiruvchi sinflari o‘quvchilari hamda “Vatan tayanchi” harakati a’zolari ishtirokida “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Mudofaa vaziri, general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov hamda qator hamkor tashkilotlar vakillari qatnashib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.


📊 Ma’lumot o’rnida: mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu musobaqa Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan.

🌐 Unda 7 ta davlatdan 100 nafardan ortiq yoshlar o‘zaro kuch sinashmoqda.

⏰ Eslatib o‘tamiz, musobaqa jarayonlari 25-aprelga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men katta boʻlganimda...

Jajji bolajonlar bilan kasblar olamiga sayohat qilamiz.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: video bogʻcha bolalari uchun tayyorlandi.

Kelajak soati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 6 yoshli bolalar uchun maktabga tayyorlov: kelajak sari ilk va muhim qadam!

Farzandingiz 6 yoshdami? Demak, u hayotidagi eng hayajonli davr — maktab ostonasiga yaqinlashmoqda. Ko‘pchilik ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Tayyorlov guruhlari qayerda bo‘ladi? Uning bolam uchun qanday foydasi bor?”

🔰 Tizimdagi yangiliklar nimalardan iborat?

Bugungi kunda mamlakatimizda 6 yoshli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan. Bu shunchaki dars mashg‘uloti emas, balki boshlang‘ich ta’limga o‘tishning muhim bo‘g‘inidir.

Nima uchun bu farzandingiz uchun juda muhim?

🎓 Xalqaro standart: Bu tizim orqali O‘zbekiston ta’limi amalda 12 yillik modelga o‘tmoqda. Bu nima beradi? Farzandingiz kelajakda xorijiy OTMlarga hujjat topshirsa, qo‘shimcha “Foundation” yiliga vaqt va pul sarflashi shart bo‘lmaydi!
📜 Elektron sertifikat: Bir yillik tayyorlov kursini bitirgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bu ma’lumot keyinchalik maktab shahodatnomasida (attestatda) ham muhrlanadi.
👨‍🏫 Professional ustozlar: 2027-yildan boshlab bu guruhlarda faqat oliy ma’lumotli pedagoglar va eng sara bitiruvchi talabalar dars berishi kafolatlanadi.


📍Qayerga murojaat qilish kerak?
Tayyorlov guruhlari to‘liq yoki qisqa muddatli shaklda faoliyat yuritadi. O‘zingizga yaqin bo‘lgan ta’lim maskanidan hoziroq ma’lumot olishingiz mumkin.

❗️Eng muhim yangilik!
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har bir bolaning shaxsiy rivojlanish xaritasi yuritiladi. Bu bolaning qobiliyatlari va o‘zlashtirish darajasini kuzatib borish imkonini beradi.

Siz farzandingizni maktabga tayyorlov guruhiga berishga ulgurdingizmi? Bu borada sizni yana qanday savollar qiziqtiradi?


Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live
#matbuot_anjumani

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Maktabgacha va maktab taʼlimi: natijalar va rejalar” mavzusida oʻtkazilayotgan matbuot anjumani boshlandi.


➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

📍 Tadbir Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilmoqda.

👉 JONLI EFIR

🔰 PRESS RELIZ O'ZBEK TILIDA
🔰
PRESS RELIZ RUS TILIDA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova soʻz oldi hamda soʻnggi yillarda sohada amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar xususida maʼlumot bermoqda.


Unda taʼkidlanganidek, soʻnggi 10 yilda maktabgacha va maktab taʼlimida amalga oshirilgan transformatsiya sohani butunlay yangi qiyofa va yangi bosqichga olib chiqdi.

➖ Xususan, 2016-yildan buyon 304 ta yangi maktab, 625 ta yangi bogʻcha qurildi, 3 598 ta maktab, 2 522 ta bogʻcha rekonstruksiya qilindi, 1 955 ta maktab, 759 ta bogʻcha mukammal taʼmirdan chiqarildi.

2017-yilda maktablar soni 9 680 ta, oʻquvchi oʻrni 4,8 mingta boʻlgan boʻlsa, 2026-yilda maktablar soni 10 193 ta, oʻquvchi oʻrni 5,5 mingtani tashkil etmoqda.

➖ Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 2017-yilda 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 7,5 barobarga ortib, 39 200 taga yetkazildi.

Buning natijasida maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 2016-yilda 27,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 78 foiz, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi esa 98 foizga yetkazildi.

✅ Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish shuningdek, alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida 50 ta tuman (shahar)da Ilk rivojlanish markazlari tashkil etildi.

Mazkur markazlarga 4596 nafar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oilalar farzandlari va bogʻcha bilan qamrab olinmagan bolalar qabul qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM