Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan mentor trenerlar uchun trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔹 Uch kun davom etgan mazkur mahorat darslari davomida YUNESKO ekspertlari — Katarina Popovich, Anita Borkar va Valentina Sidorkina ishtirokida nazariy va amaliy darslar bo‘lib o‘tdi.

Unda dars jarayonlarida yangi metodikalarni qo‘llash, zamonaviy yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish haqida so‘z yuritildi.

👉 Ishonch jamg‘armasi hamkorligidagi ushbu o‘quv trenening darslari barcha ishtirokchi pedagoglarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_MUHIM

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi

✅Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga kiritish talab etiladi.

❗️Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.


🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti bilan integratsiya qilingan.

❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 472 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 15 108 nafari (3,2%) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.


Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

⚡️Farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Irqiy kamsitishni tugatish qo‘mitasining 117-sessiyasida ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro tadbir doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarga O‘zbekiston tomonidan Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etdi.


➖ U o‘z nutqida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida tenglikni ta’minlash, barcha bolalar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2026
#Ishtirokchi_fikri

✅ Toshkent viloyati, Piskent tumani 40-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi Vazira Almatova malaka toifa sinovlari haqida o‘z fiklari bilan bo‘lishdi.

➖ U attestatsiyada qatnashib, 68 ballik natija ko‘rsatdi hamda ikkinchi toifani qo‘lga kiritdi.


🌐 Jarayonlar haqida ustozning fikr-mulohazalari batafsil videolavhada.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Турон_йўлбарслари

✅ Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internat o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi boshlandi.

🇺🇿 Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova kirish so‘zi bilan ochdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Shundan so‘ng musobaqaning respublika bosqichiga rasman start berildi.


🌐 Ma’lumot o‘rnida: hududiy bosqichda 212 ta jamoa (1484 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi. Unda o'quvchilar 9 ta shart bo'yicha kuch sinashishdi.

⏰ Respublika bosqichi jarayonlari 22–25-aprel kunlari davom etadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM