Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_fikri
#Xalqaro_olimpiada

✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining ikkinchi — nazariy qismidan so‘ng ishtirokchilar fikriga quloq tutdik:

➖ Yahya Mehmet — olimpiada ishtirokchisi (Turkiya):

➖ Olimpiada juda yaxshi o‘tdi, savollar ham menga ma’qul bo‘ldi. Nazarimda, ularning ayrim jihatlari Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) formatiga yaqin ekan. Savollar darajasi va sifati ham yuqori.

Ko‘plab savollarga to‘g‘ri javob berganman, deb o‘ylayman. Aytganimdek, savollarning darajasi IBO uslubiga o‘xshash edi. Umuman olganda, sinov jarayonlari yaxshi o‘tdi.

Topshiriqlar boshlangan paytda ancha hayajonlandim, ammo testni yechishni boshlaganimdan so‘ng bu hayajonni ma’lum darajada yengdim. Nazariy qismga o‘tganda ulgurarmikanman, degan o‘y ham bo‘ldi, lekin, shukrki, hech qanday muammo yuzaga kelmadi. Qo‘limdan kelganicha harakat qildim, deb o‘ylayman.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Ekologik diplomatiya amalda!

2026-yilgi Mintaqaviy Ekologik Sammit doirasida Markaziy Osiyo yoshlari o‘zlarining yaxlit ekologik ustuvorliklarini taqdim etgan holda Bayonot berdilar.

🇺🇿 Shahnoza Rahmonova:
Biz vazirliklar huzurida yoshlar maslahat kengashlar koʻlamini kengaytirishni, shuningdek, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan xalqaro va mahalliy yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni taklif qilamiz.


🇰🇿 Alimxan Abulxan:
Bayonot mintaqaning barcha mamlakatlaridagi yoshlarni qamrab olgan keng koʻlamli va inklyuziv maslahatlashuv jarayoni natijasidir. Hujjat yoshlarning barqaror rivojlanishga intilishi va taklif etilgan yechimlarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini aks ettiradi.


🇰🇬 Ayana Ulanova:
Ta’lim yoshlarni iqlim muammolariga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Biz yoshlarning iqlim siyosatini shakllantirishga qo‘shayotgan haqiqiy hissasini ko‘rsatib berayotgan iqlim ta’limi dasturlari va yoshlar muloqotlari kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.


🇹🇯 Samir Shorahmatulloyev:
Iqlim ta’limining yosh avlodda barqarorlik va moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi rolini hisobga olgan holda, uni milliy o‘quv dasturlariga tizimli ravishda integratsiya qilish zarur.


🇹🇲 Chinor Garliyeva:
Mintaqada iqlim ta’limining amaliy mexanizmi sifatida "yashil maktablar" tashabbuslarini yanada rivojlantirish va kengaytirishni ko‘rib chiqishni taklif etamiz.


😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim tizimida “yashil” islohotlar: tejamkorlik va ekologik barqarorlik

Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “RES 2026” Mintaqaviy ekologik sammitida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Sarvarxon Buzrukxonov tizimda amalga oshirilayotgan strategik islohotlar yuzasidan ma’ruza qildi. Unda ta’lim infratuzilmasini “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha erishilgan asosiy natijalar qayd etildi.

Ekologik ta’limni rivojlantirishda “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda ushbu harakatga 500 ta maktab jalb etilib, 100 ming nafardan ortiq o‘quvchi iqlim kun tartibi bilan tanishtirildi, ulardan 10 tasi nufuzli xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, “Yangi daraxt — yangi nafas” eko-chempionati doirasida 1 milliondan ortiq o‘quvchi tomonidan 660 mingdan ziyod ko‘chat ekilgani yoshlarning atrof-muhitni asrashga bo‘lgan daxldorligini oshirishda amaliy qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida “Yashil maktablar” mintaqaviy platformasini yaratish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, ushbu jarayonda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_hamkorlik

✅ Bugun poytaxtimizda joylashgan “Renessans” kino uyida HAYOT Foundation ijtimoiy loyihalari platformasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.

➖ Tadbirda loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining olis va chekka manzillarida yashayotgan oʻquvchilarning maktabga qatnovini yaxshilash maqsadida mazkur hududlardagi “Kelajak markazlari”ga 4 dona avtobus topshirildi.

🔹
“Maktabga xavfsiz yoʻl” ijtimoiy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus joriy yilning sentabr oyiga qadar amalga oshiriladi hamda bu kabi yana boshqa 6 ta olis hududga avtobus yetkazib beriladi.

👉
Ochilish marosimidan so‘ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Renessans” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish milliy markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

✅ Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning 19-24-aprel kunlari o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.


Tantanali taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Iminov Zaynobiddin, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ishtirok etdi.


🔰 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rin,
🥈Qozog‘iston jamoasi 2-o‘rin,
🥉Qirg‘iz va Belarus Respublikalari
jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

🌐 Shuningdek, tadbir doirasida "Vatanparvarlar" va "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqalari g‘oliblari ham taqdirlandi.

"Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 41-maktab jamoasi;
II-o‘rin — Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-maktab jamoasi;
III-o‘rin — Toshkent viloyati Angren shahar 28-maktab jamoasi.

"Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Toshkent viloyati Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi:
II-o‘rin — Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi:
III-o‘rin — Jizzax viloyati Hamid olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM