Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Ta’lim tizimida “yashil” islohotlar: tejamkorlik va ekologik barqarorlik

Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “RES 2026” Mintaqaviy ekologik sammitida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Sarvarxon Buzrukxonov tizimda amalga oshirilayotgan strategik islohotlar yuzasidan ma’ruza qildi. Unda ta’lim infratuzilmasini “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha erishilgan asosiy natijalar qayd etildi.

Ekologik ta’limni rivojlantirishda “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda ushbu harakatga 500 ta maktab jalb etilib, 100 ming nafardan ortiq o‘quvchi iqlim kun tartibi bilan tanishtirildi, ulardan 10 tasi nufuzli xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, “Yangi daraxt — yangi nafas” eko-chempionati doirasida 1 milliondan ortiq o‘quvchi tomonidan 660 mingdan ziyod ko‘chat ekilgani yoshlarning atrof-muhitni asrashga bo‘lgan daxldorligini oshirishda amaliy qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida “Yashil maktablar” mintaqaviy platformasini yaratish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, ushbu jarayonda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_hamkorlik

✅ Bugun poytaxtimizda joylashgan “Renessans” kino uyida HAYOT Foundation ijtimoiy loyihalari platformasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.

➖ Tadbirda loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining olis va chekka manzillarida yashayotgan oʻquvchilarning maktabga qatnovini yaxshilash maqsadida mazkur hududlardagi “Kelajak markazlari”ga 4 dona avtobus topshirildi.

🔹
“Maktabga xavfsiz yoʻl” ijtimoiy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus joriy yilning sentabr oyiga qadar amalga oshiriladi hamda bu kabi yana boshqa 6 ta olis hududga avtobus yetkazib beriladi.

👉
Ochilish marosimidan so‘ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Renessans” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish milliy markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

✅ Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning 19-24-aprel kunlari o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.


Tantanali taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Iminov Zaynobiddin, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ishtirok etdi.


🔰 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rin,
🥈Qozog‘iston jamoasi 2-o‘rin,
🥉Qirg‘iz va Belarus Respublikalari
jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

🌐 Shuningdek, tadbir doirasida "Vatanparvarlar" va "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqalari g‘oliblari ham taqdirlandi.

"Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 41-maktab jamoasi;
II-o‘rin — Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-maktab jamoasi;
III-o‘rin — Toshkent viloyati Angren shahar 28-maktab jamoasi.

"Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Toshkent viloyati Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi:
II-o‘rin — Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi:
III-o‘rin — Jizzax viloyati Hamid olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM