Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#ijtimoiy_hamkorlik

✅ Bugun poytaxtimizda joylashgan “Renessans” kino uyida HAYOT Foundation ijtimoiy loyihalari platformasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov ishtirok etdi.

➖ Tadbirda loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining olis va chekka manzillarida yashayotgan oʻquvchilarning maktabga qatnovini yaxshilash maqsadida mazkur hududlardagi “Kelajak markazlari”ga 4 dona avtobus topshirildi.

🔹
“Maktabga xavfsiz yoʻl” ijtimoiy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus joriy yilning sentabr oyiga qadar amalga oshiriladi hamda bu kabi yana boshqa 6 ta olis hududga avtobus yetkazib beriladi.

👉
Ochilish marosimidan so‘ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Renessans” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish milliy markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

✅ Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning 19-24-aprel kunlari o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.


Tantanali taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Iminov Zaynobiddin, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ishtirok etdi.


🔰 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rin,
🥈Qozog‘iston jamoasi 2-o‘rin,
🥉Qirg‘iz va Belarus Respublikalari
jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

🌐 Shuningdek, tadbir doirasida "Vatanparvarlar" va "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqalari g‘oliblari ham taqdirlandi.

"Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 41-maktab jamoasi;
II-o‘rin — Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-maktab jamoasi;
III-o‘rin — Toshkent viloyati Angren shahar 28-maktab jamoasi.

"Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi:


I-o‘rin — Toshkent viloyati Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi:
II-o‘rin — Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi:
III-o‘rin — Jizzax viloyati Hamid olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi:

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#мактабгача_таълим

✅ Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur festival maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish hamda pedagoglarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

👉 Yakunda eng faol va innovatsion jamoalar maxsus Diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Sirdaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

Hurmatli maktab direktorlari!

✅ Tahlil.uzedu.uz platformasiga OneID tizimidagi shaxsiy login va parolingiz orqali kirish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz.

➖ Mazkur platformada yangi baholash tizimi va malaka toifasi bo‘yicha statistik tahlillar joylashtirilgan.

🔰 Shuningdek, ushbu tizim sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

🔹 ta’lim jarayoni bo‘yicha dolzarb statistik ma’lumotlarni ko‘rish;
🔹 o‘quvchilar natijalarini tahlil qilish;
🔹 maktab ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatish;
🔹 ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

Tizimga kirish uchun:
1. Ko‘rsatilgan havolaga o‘ting https://tahlil.uzedu.uz
2. OneID orqali kirish usulini tanlang.
3. Shaxsiy login va parolingizni kiriting.
4. Kirishni tasdiqlang.

E’tibor bering, sizning akkauntingiz ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi va hech kimga berilmasligi lozim.

Savollar yoki texnik muammolar yuzaga kelganda, iltimos, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Tizimga ulanish jadvali:
1. 20.04.2026 y. Toshkent shahar
2. 27.04.2026 y Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati
3. 4.05.2026 y Xorazm viloyati, Buxoro viloyati, Namangan viloyati
4. 11.05.2026 y. Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati, Samarqand viloyati
5. 18.05.2026 y. Surxondaryo viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati


🌐 Rus tilida

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM