Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun biz Xorazmdamiz.

Prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini o‘rganyapmiz.

Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topdi. Biroq obyektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, jamoamiz ularning barchasini bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o‘rganib chiqadi.

Xonqa tumanida mukammal ta’mirga juda muhtoj bo‘lgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qo‘yilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdik. Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘ldik. Hozirda o‘quv auditoriyalari hamda akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan. Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa o‘zining alohida, to‘laqonli sharoitiga ega bo‘ladi.

—

Сегодня мы в Хорезме.
Проверяем ход реализации решений Президента, направленных на социальное развитие области.

Более ста проблемных вопросов уже решено. Но независимо от количества и масштаба объектов наша команда проверит всё — внимательно, предметно и до конца.

Осмотрели школу № 2, остро нуждающуюся в капитальном ремонте, а также дошкольное учреждение № 49 в Ханкинском районе, которое заброшено и находится в аварийном состоянии. Посетили Ургенчский филиал Государственной академии хореографии. Сейчас учебные аудитории и школа-интернат для будущих воспитанников академии делят одно здание. В будущем будет построен дополнительный корпус, и у каждого учреждения будет своё полноценное пространство.
✅✅✅✅

🔴 Respublikamiz bo'ylab ta'lim muassasalari jamoalari voleybol bo‘yicha "Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqalarida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.


🔹 Videolavhalarda Namangan, Buxoro va Andijon viloyatlari jamoalari.


Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shu_kunlarda
#OAVda_biz

🔴 Shu kunlarda yurtimizdagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetgan qator ta’lim muassasalari, xususan:


🔹Navoiy viloyati, Nurota tumanining olis manzillaridan biri — "Istiqlol" mahallasida yangi bolalar bog‘chasi;

🌐 Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

➖ Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumanidagi 556-sonli MTT

✅ Toshkent shahri, Uchtepa tumani “Zargarlik” mahallasida joylashgan 334-sonli DMTT foydalanishga topshirildi.

🔰 Videolavhalarda shu haqida.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahrida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Unda taʼkidlanganidek, soʻnggi oʻn yilda Fargʻonada 74 ming oʻrinli maktab, 145 ming oʻrinli bogʻcha hamda 3 ming koykali shifoxonalar ishga tushirildi. Shu bilan birga, 167 ta xususiy maktab paydo boʻldi, ularda 40 mingdan ortiq oʻquvchi taʻlim olyapti.

Taʻlim sifati keskin oshgani uchun yoshlarning oliygohga kirish koʻrsatkichi boʻyicha viloyat respublikada 3-oʻringa koʻtarildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

➖ Unda joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarida krossfit toʻgaraklarini tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

👉 Shuningdek, tajriba sifatida Toshkent shahrida krossfit toʻgaraklarini tashkil qilish, zarur oʻquv qoʻllanma va yoʻriqnomalarni tayyorlash, maktablardagi krossfit toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli musobaqalar tashkil etish boʻyicha oʻzaro kelishib olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PIRLS_2026

🔴 Bugun PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Farg‘onada bo'lib o'tmoqda.

📊 Unda 17 ta maktabdan jami 646 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

PIRLS NIMANI BAHOLAYDI?


PIRLS tadqiqotida to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatini baholashdan tashqari, maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi va uy so‘rovnomalari orqali o‘qishni o‘rgatish va o‘rganish bilan bog‘liq uy va maktabdagi kontekstual omillar tahlil qilinadi.

PIRLS shuningdek, har bir mamlakatning o‘qish orqali o‘rganish uchun ta’limdagi konteksti haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ensiklopediya taqdim etadi.


A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM