#Мактабгача_таълим
“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi bo‘yicha qisqa muddatli treninglarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF, Islom taraqqiyot banki va qator hamkorlar bilan birgalikda “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini keng joriy etishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining 2-bosqichi tashkil etildi.
Unda tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari hamda ilg‘or pedagoglar ishtirok etishmoqda.
🔰 Ma’lumot uchun: ushbu seminar-treninglar aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.
May oyida esa trening jarayonlari Andijon, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida davom etishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir Buxoroda: ta‘lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Buxoroda bo‘lib turibdi.
Dastlab vazir viloyatning eng chekka manzillaridan biri — Qorako‘l tumanida joylashgan 4-maktabgacha ta‘lim tashkilotida bo‘lib, ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
🔰 Shuningdek, mazkur bog‘chani kapital ta‘mirlash uchun Davlat dasturiga kiritish yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Vazir mas‘ullar bilan ta'lim sifatini oshirish, iqtidorli o'quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va maktabni kapital ta‘mirlash yuzasidan muloqot qildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, pedagoglar va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi hamda muassasadagi ta’lim jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
🌐 Uchrashuvlar davom etmoqda.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimovaning Buxorodagi uchrashuvlari davom etmoqda.
✅ Bugun vazir E‘zoza Karimova ishtirokida Olot tumanidagi 12-maktabda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nargiza Ne‘matova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar o‘z fikr-mulohaza hamda tashabbuslarini bildirishdi. Vazir ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berib, o‘z tavsiyalari bilan bo'lishdi.
➖ xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun nufuzli xorijiy oliygohlarda hujjat topshirishga ko‘maklashuvchi onlayn platforma yaratish,
➖sun'iy intellekt hamda axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish uchun qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish kabi takliflar bildirildi.
🌐 Shuningdek, tadbir yakunida bir guruh faol o‘quvchilar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM