Vazir Buxoroda: ta‘lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Buxoroda bo‘lib turibdi.
Dastlab vazir viloyatning eng chekka manzillaridan biri — Qorako‘l tumanida joylashgan 4-maktabgacha ta‘lim tashkilotida bo‘lib, ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
🔰 Shuningdek, mazkur bog‘chani kapital ta‘mirlash uchun Davlat dasturiga kiritish yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Vazir mas‘ullar bilan ta'lim sifatini oshirish, iqtidorli o'quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va maktabni kapital ta‘mirlash yuzasidan muloqot qildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, pedagoglar va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi hamda muassasadagi ta’lim jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
🌐 Uchrashuvlar davom etmoqda.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimovaning Buxorodagi uchrashuvlari davom etmoqda.
✅ Bugun vazir E‘zoza Karimova ishtirokida Olot tumanidagi 12-maktabda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nargiza Ne‘matova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar o‘z fikr-mulohaza hamda tashabbuslarini bildirishdi. Vazir ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berib, o‘z tavsiyalari bilan bo'lishdi.
➖ xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun nufuzli xorijiy oliygohlarda hujjat topshirishga ko‘maklashuvchi onlayn platforma yaratish,
➖sun'iy intellekt hamda axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish uchun qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish kabi takliflar bildirildi.
🌐 Shuningdek, tadbir yakunida bir guruh faol o‘quvchilar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM